6-mavzu: miologiya. Tana muskullarining sinflanishi. Mavzu rejasi: Gavdaning orqa muskulari



Download 2,19 Mb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi2,19 Mb.
#844316
  1   2   3

6-MAVZU: MIOLOGIYA. TANA MUSKULLARINING SINFLANISHI.
Mavzu rejasi:

  1. Gavdaning orqa muskulari: trapettsiyasimon muskul, orqaning serbarg muskuli, rombsimon muskuli, kurakni ko’taruvchi muskullar.

  2. Ko’krak muskullari: ko’krakni katta va kichik muskullari. Qorin muskullari: tashqi qiyshiq muskul, ichki qiyshiq muskul, ko’ndalang va to’g’ri muskul.

  3. Bosh muskullari. Mimika va chaynov muskullari xaqida ma’lumot.

  4. Bo’yin muskullarining sinflanishi.

  5. Qo’l muskullari. Yelka kamari muskullari va qo’lning erkin muskullari xaqida ma’lumot.

  6. Oyoq muskullari. CHanoq muskullari va oyoqning erkin muskullari xaqida ma’lumot.



Tayanch so`z va iboralar :myologia ,fassiya, Antogonist va sinergetik muskullar, autoxton, dinamik va statik ishlar, pay,qin,endomezium,peremezeum.
Muskullar albatta yordamchi apparatlar bilan birgalikda ish bajaradi.
Qo’l odam gavdasining eng erkin xarakat qiluvchi qismlaridan biridir. Qo’lning erkin xarakati qo’l muskullari yordamida amalga oshiriladi. Qo’l muskullari 2 qismga bo’linadi:
1) Yelka kamari muskullari.2) Qo’lning erkin muskullari.
Umuman qo’lni quyidagi 5 sohaga bo’lish mumkin. 1. Yelkaning old sohasi. 2.Yelkaning orqa sohasi 3. Tirsakning old va orqa soxalari. 4. Bilakning old va orqa sohalari. 5. Panja sohasi.
Yelka kamari muskullari.
Yelka Kamari muskullarining ko’rinishi shar shaklida bo’lib, yelka bo’g’imi atrofida joylashgan. Bu muskullar qisqarganda yelka bo’g’imining harakatini taminlaydi. Bu muskulga quyidagi muskullar kiradi.
1) Deltasimon muskul. (m. deltoideus)- oldingi tutamlari o’mrov suyagining lateral uchidan, orqa tutamlari kurak suyagining qirrasi va kurak suyagining akromial o’simtasidan boshlanadi. Yelka suyagining tuberositas deltoideus bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: oldingi tutamlari yelkani bukadi, orqa tutamlari yelka bo’g’imida uni yozadi, o’rta gurux tutamlari qo’lni gorizontal sathgacha gavdadan ko’taradi. Bu muskul n. axillaris orqali boshqariladi.
2) Kurakning qirra usti muskuli. (m. supraspinatus)- kurak suyagining fossa supraspinata chuqurchasidan boshlanib, yelka suyagining kattta bo’rtiq sohasiga birikadi. Vazifasi: qo’lni tanadan uzoqlashtiradi, va gorizontal sathgacha ko’taradi hamda tashqi tarafga buradi. Bu muskul n.suprascapularis orqali boshqariladi.
3) Kurakning qirra osti muskuli. (m. infraspinatus)- kurak suyagidagi fossa infraspinata chuqurchasidan boshlanib, yelka suyagidagi katta bo’rtiq sohasiga birikadi. Vazifasi: yelkani tashqariga buradi. Bu muskul n.suprascapularis orqali boshqariladi.
4) Katta yumaloq muskul. (m. teres major)- kurak suyagining pastki burchagidan boshlanib, yelka suyagining kichik bo’rtiq qirrasiga birikadi. Vazifasi: qo’lni orqaga va ichkariga tortadi hamda buradi. Bu muskul n.toracodorsalis orqali boshqariladi.
5) Kichik yumaloq muskul. (m. teres minor)- kurak suyagi tashqi qirrasidan boshlanib, yelka suyagining katta bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: yelkani tashqariga buradi. Bu muskul n. axillaris orqali boshqariladi.
6) Kurak osti muskuli. (m. subscapularis)- kurak suyagining shu nomli chuqurchasida joylashadi, qovurg’a yuzasini to’ldirib, yelka suyagining kichik bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: qo’lni ichkariga buradi. Bu muskul n.subscapularis orqali boshqariladi.
Qo’lning erkin muskuli
Bu muskul 3 guruxga bo’linadi.
Yelka muskuli.
Bilak muskuli.
Qo’l panja muskuli.
Yelka muskuli
Bu muskul 2 guruxga bo’linadi:
Oldingi gurux muskuli.
Orqa gurux muskuli.
Oldingi gurux muskullari
1) Yelkaning ikki boshli muskuli (m. biceps brachii)- ikki boshchadan iborat bo’lib, uzun boshcha kurak suyagining bo’rtig’idan boshlanadi. Kichik boshcha kurak suyagining tumshuqsimon o’simtasidan boshlanadi. Bu ikki bosh qo’shilib, umumiy payni hosil qiladi va bilak suyagining bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi. Bu muskul n. musculocutaneus orqali boshqariladi.
2)Yelka muskuli (m. brachialis)- yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining bo’rtig’iga birikadi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi. Bu muskul n. musculocutaneus orqali boshqariladi.
3)Tumshuqsimon yelka muskuli (m. corocobrachialis)- kurak suyagining tumshuqsimon o’simtasidan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga birikadi. Vazifasi: yelkani bukadi va yaqinlashtiradi.
Orqa gurux muskuli
1)Yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps brachii)- uzun boshchasi kurak suyagining bo’rtig’idan, tashqi boshchasi yelka suyagining orqa yuzasidan, ichki boshchasi yelka suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bu boshchalar umumiy payga aylangan holda tirsak suyagining o’simtasiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo’g’imida yozadi. Bu muskuli n. radialis orqali boshqariladi.
2)Tirsak muskuli (m. anconeus)- yelka suyagining o’simtasidan boshlanib, tirsak suyagining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo’g’imida yozadi. Bu muskul n. radialis orqali boshqariladi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish