6-mavzu. Mehnat potensiali (4 soat)


Mehnat potensialining shakllanishiga demografik omillarning ta’siri



Download 304,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.10.2022
Hajmi304,86 Kb.
#855040
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu Mehnat potentsiali

6.4.
Mehnat potensialining shakllanishiga demografik omillarning ta’siri. 
Vaziyatni tahlil qilish, odatda, asosiy demografik darajalarni o‘rganishdan 
boshlanib, ular ichida aholi soni ko‘rsatkichi ko‘proq ahamiyatga ega. 
XX asr boshida O‘zbekiston hududida atigi 3,9 mln. kishi yashagan bo‘lsa, 
butungi kunga kelib, ya’ni o‘tgan 100 yildan sal ko‘proq vaqt mobaynida aholi 6,8 
baravar ko‘paydi va ushbu ko‘rsatkich hozirda 33,5 mln. kishini tashkil etmokda. 
Mamlakatimizda demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishiga sabab 
bo‘lgan omillardan biri sifatida aholining respublika hududlari bo‘ylab notekis 
taqsimotini ko‘rsatish mumkin. Kishilarning turli mintaqalarda turlicha miqdor va 
zichlikda joylashuvi o‘ziga xos muammo hisoblanib, bu holat mamlakatning 
tarixiy, jug‘rofiy va tabiiy-iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan. 
Respublikada keyingi yillardagi aholining migratsiya harakatlari ularning 
nisbatan sanoatlashgan shaharlar va yaqin xorijiy mamlakatlarga ish izlab 
borishlari bilan asoslanadi. Chunki bu vaqtga kelib ortiqcha ishchi kuchi mavjud 
va ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlardagi kishilar o‘zlariga munosib ish topish va 
yuqori mehnat daromadini qo‘lga kiritish maqsadida o‘z yashash joylarini tark eta 
boshladilar. Mazkur ko‘rsatkich 2001 yildan boshlab ko‘tarilib borib, 2005 yilda 
107,0 ming kishini tashkil etdi. 
Mamlakatning jami migratsiya qoldig‘i miqdorida Qoraqalpog‘istonning 
ulushi yuqori bo‘lib, mazkur vaziyatni noqulay ekologik muhit natijasida aholi 
sog‘lig‘ining yomonlashuvi, o‘lim sonining oshishi, turmush darajasining 
pasayishi va ishsizlikning yuqori ko‘rsatkichi kabi holatlar keltirib chiqargan. 
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va 
Surxondaryo viloyatlarida ham aholining migratsion harakatlanish sur’ati yuqori 
bo‘lib, ushbu hududlardagi demografik jarayonlarning murakkab ko‘rinishga 
egaligi va unga bog‘liq ravishda mehnat bozorining yuqori bosimli holati, ya’ni 
ishchi kuchi taklifining unga bo‘lgan talab mikdoridan oshib ketishi va ish 
o‘rinlarining yetishmasligi natijasida yuz bermoqda. 
Demografiya va migratsiya harakatlari bevosita aholining soniga ta’sir 
qilibgina qolmay, uning yosh va jins tuzilmasidagi o‘zgarishlariga ham sabab 
bo‘ladi. Kishilar yosh va jins tarkibi mehnat potensialining ham mikdor, ham sifat 


jihatdan shakllanishining bosh omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
o‘zgarishdagi eng muhim natijalardan biri – uning mehnatga yaroqli qismidagi 
o‘zgarishlar hisoblanadi. Ishga layoqatli yoshdagi aholi nisbiy va mutlaq 
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi mehnat resurslari shakllanishi va u orqali mamlakat 
iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki aholi tarkibida 
yoshlar salmog‘ining yuqori ulushi jamiyatning salohiyati demakdir. 

Download 304,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish