6.3. Ikki belgi o’rtasidagi teskari bog’lanishni o’rganish usuli
Yuqorida faqatgina to’g’ri chiziqli bog’lanishni o’rganib chiqdik. Bu bog’lanishning muhim xususiyati shundan iborat-ki, bir belgining o’zgarishi ikkinchi belgining ham shunga muvofiq ravishda ma’lum darajada bir tekisda o’zgarib turadi.
Lekin, ayrim hollarda bir belgining ma’lum darajada bir tekisda o’zgarishi natijasida ikkinchi belgining shunga muvofiq ravishda bir tekisda bo’lmagan holda (mutanosib ravishda) o’zgarishi (oshib yoki kamayib borishi tartibida) kuzatilishi ham mumkin. Bunday bog’lanishlar ikki belgi o’rtasidagi teskari (egri chiziqli) bog’lanish deb ataladi. Masalan, agarda sug’oriladigan maydon me’yordan ko’p namlikka ega bo’lsa, qishloq xo’jaligi ekin turlari hosildorligining pasayishini kuzatish mumkin. Agarda, chorva mollarning yoshi ma’lum belgilangan chegaradan oshib ketsa, (bir xil bo’lgan sharoitda), u holda chorva mollarning mahsuldorligi pasayishi kuzatiladi.
Demak, bu bog’lanishni o’rganishda teskari bog’lanishli ikkinchi tartibli parabola egri chiziqli tenglamasi qo’llaniladi, ya’ni:
Bundagi a, v1 va v2- parametrlarni aniqlash uchun quyidagi normal tenglama sistemasini yechish orqali amalga oshiriladi:
Bu parametrlarni hisoblashda quyida keltirilayotgan ma’lumotlardan foydalanamiz (80-jadvalga qarang):
80-jadval
Sigirlarning yoshi bilan uning mahsuldorligi o’rtasidagi korrelyasion bog’liqlikni tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar
t/r
|
tug’ish davri-dagi yoshi
x
|
Sut sog’ib olinishi-ning nisbiy o’zgarishi, %
u
|
x2
|
x3
|
x4
|
xu
|
x2u
|
1
|
2,0
|
79
|
4,00
|
8,000
|
16,000
|
158
|
316,0
|
2
|
2,5
|
82
|
6,25
|
15,625
|
39,063
|
205
|
512,5
|
3
|
3,0
|
87
|
9,00
|
27,000
|
81,000
|
261
|
783,0
|
4
|
3,5
|
92
|
12,250
|
42,875
|
150,063
|
322
|
1127,0
|
5
|
4,0
|
94
|
16,00
|
64,000
|
256,000
|
376
|
1504,0
|
6
|
5,0
|
98
|
25,00
|
125,000
|
625,000
|
490
|
2450,0
|
7
|
6,0
|
100
|
36,00
|
216,000
|
1296,000
|
600
|
3600,0
|
8
|
7,0
|
99
|
49,00
|
343,000
|
2401,000
|
693
|
4851,0
|
9
|
8,0
|
99
|
64,00
|
512,000
|
4096,000
|
792
|
6336,0
|
10
|
9,0
|
98
|
81,00
|
729,000
|
6561,000
|
882
|
7938,0
|
11
|
10,0
|
96
|
100,00
|
1000,000
|
10000,000
|
960
|
9600,0
|
12
|
11,0
|
94
|
121,00
|
1331,000
|
14641,000
|
1034
|
11374,0
|
13
|
12,0
|
92
|
144,00
|
1728,000
|
20736,000
|
1104
|
13248,0
|
jami
|
83,0
|
1210
|
667,50
|
6141,500
|
60898,126
|
7877
|
63639,5
|
Ushbu jadvalda hisoblangan natijalarni normal tenglama sistemasiga qo’yib chiqamiz, ya’ni:
Bu tenglamani shu teneglamadagi a- parametrlarning oldidagi koeffisiyentlariga bo’lib chiqamiz:
Ikkinchi tenglikdan birinchi tenglikni ayiramiz:
(94,904-93,077) = a + 8,042 v1 +73,994 v2 – a – 6,3385 v1 – 51346 v2
1,827 = 1,657 v1 + 22,648 v2
Uchinchi tenglikdan ikkinchi tenglikni ayiramiz:
(95,340-94,904) = a + 9,201 v1 +91,233 v2 – a –8,042 v1 – 73,994 v2
0,436 = 1,159 v1 + 17,239 v2
Natijada ikkita noma’lumli ikki normal tenglama sistemasiga ega bo’lamiz:
Bu tenglamani shu tenglamadagi v –parametrlarning oldidagi koeffisiyentlariga bo’lib chiqamiz:
1,103 = v1 + 13,668 v2
0,376 = v1 + 14,874 v2
Endi birinchi tenglikdan ikkinchi tenglikni ayiramiz:
(1,103 – 0,376) = v1 + 13,668 v2 – v1 – 14,874 v2
0,727 = - 1,206 v2
в2 = -0,603
0,376 = v1 + 14,874 v2 tenglikka v2-ning natijalarini qo’yib, v1 – ni hisoblaymiz:
0,376 = v1 + 14874 (-0603)
0,376 = v1 – 8,969
v1 = 0,376 + 8,969
v1 = 9,345
93,077 = a + 6,385 v1 + 51,346 v2 tenglikka v1 va v2 ning natijalarini qo’yib, a- ni hisoblaymiz:
93,077 = a +6,385 (9,345) + 51,346(–0,603)
93,077 = a + 59,668 – 30,962
a = 93,077 – 59,668 + 30,962
a = 64,371
Demak, ikkinchi tartibli parabola egri chiziqli tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega:
v2 – parametrning teskari (manfiy) natijasi shuni ko’rsatib turibdi-ki, sigirlarning tug’ish davridagi yoshi ma’lum chegaraga yetganda (6-yosh tug’ish davrigacha), sut sog’ib olish o’rtacha 9,345 % ga oshadi har bir yangi tug’ish davri bo’yicha, ammo ma’lum bir chegaraga yetgandan so’ng (6-yosh tug’ish davridan to 12-yosh tug’ish davrigacha), sigirlardan sut sog’ib olish esa o’rtacha 0,603 % ga kamayishi boshlanadi.
Muhokama uchun savollar.
O’zaro bog’lanishlar deganda nimani tushunasiz? Ularning qanday turlarini bilasiz?
Funksional bog’lanish korrelyasion bog’lanishdan nimasi bilan farq qiladi?
Belgilarning soniga qarab, korrelyasion bog’liqlikning ikki ko’rinishini tushuntirib bering?
Yo’nalishlarning o’zgarishiga qarab, to’g’ri va egri chiziqli bog’lanishni tushuntirib bering?
Yo’nalishiga qarab, to’g’ri va teskari bog’lanishni tushuntirib bering?
To’la yoki qisman, to’g’ri yoki teskari bog’lanish ekanligini qanday bilish mumkin?
rxu ning qiymatiga qarab, bog’lanish kuchi qanday turlarga bo’linadi?
O’zaro bog’lanishlarni o’rganishning qanday asosiy usullarini bilasiz?
Korrelyasion bog’lanish uslubi qanday vazifalarni bajaradi?
To’g’ri chiziqli bog’lanishli regressiya tenglamasida avav parametrlari qanday aniqlanadi?
Ikki belgi o’rtasidagi teskari bog’lanishli ikkinchi tartibli parabola egri chiziqli tenglamasidagi a, v1, v, v2 parametrlari qanday hisoblanadi?
Korrelyasiya koeffisiyenti formulasi qanday ko’rinishga ega va uning mohiyatini tushuntirib bering?
Determinasiya koeffisiyenti formulasi qanday ko’rinishga ega va uning mohiyatini tushuntirib bering?
Teskari bog’lanishli (egri chiziqli) korrelyasiya formulasi qanday ko’rinishga ega va uning mohiyatini tushuntirib bering?
Ko’p omilli korrelyasiya tenglamasidagi a, v va s parametrlari qanday hisoblanadi.
Ko’p omilli korrelyasiya koeffisiyenti formulasi qanday ko’rinishga ega va uning mohiyatini tushuntirib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |