Bitta kristalli tizim hisoblangan OMAP4430 protsessori 2011 yili ishlab chiqarilgan bo‘lib, u 1 GGs chastotada ishlovchi ikkita ARM A9 yadrosidan tashkil topgan. «qatorining kengligi» esa 45 nanometrga teng. OMAP4430 tizimi tarkibida yana, hisoblash jarayonlarini tezlashtiruvchi uchta protsessorlar mavjud:
1.POWERVR SGX540 - grafik protsessor;
2.ISP (Image signal processor) - tasvirlarni ishlovchi protsessor;
Atmel ATmega168 mikrokontrolleri. Atmel ATmega168 – hozirgi paytda ko‘plab ishlab chiqarilayotgan turli xildagi elektron qurilmalarni boshqarishda qo‘llanilayotgan mikrokontrollerdir.
Uning tarkibida 16 Kbaytli ichki flesh xotira, 1 Kbaytli ichki statik xotira va 1 Kbaytli EEPROM doimiy xotira qurilmalari mavjud.
Atmel ATmega168
Parallel kompyuter arxitekturalari.
Fizika va texnika fanlarida echilishi kerak bo‘lgan masalalarda – matritsalar shaklidagi massivlar yoki turli xil tartiblangan strukturalar ustida amallar bajarish talab etiladi.
Katta-katta ilmiy dasturlarni bajarilishini tezlashtirishning ikki xil sxemasi mavjud:
1.Bitta protsessorni kengaytirish.
2.Hisoblashlarni bajaruvchi ko‘p protsessorlardan foydalanish.
Birinchi sxema asosida qurilgan protsessorlar matritsali va vektorli protsessorlar deb ataladi. Bunday protsessorlar asosida qurilgan kompyuterlar esa matritsali kompyuterlar deb ataladi.
Rejaga asosan bu kompyuter protsessori, har birida 8x8 o‘lchamdagi matritsa shaklida joylashtirilgan 64-tadan protsessori bo‘lgan 4-ta kvadrantdan iborat bo‘lishi kerak edi. Jami 64x4 = 256-ta protsessor mavjud.

ILLIAC IV kompyuterining matritsali protsessori.
Multiprotsessorli kompyuterlar.
Umumiy xotiraga ega bo‘lgan parallel ishlovchi protsessorlar to‘plami – multiprotsessor deb ataladi.
Umumiy xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessorli kompyuterlarning ikki xil varianti mavjud . Ushbu hildagi kompyuterlarda umumiy xotiradan foydalanish hisobiga ham unumdorlikni oshirishga erishish mumkin ekan.
Multiprotsessorli kompyuterlar.
Bitta shinaga va umumiy xotiraga ega bo‘lgan multiprotsessor (a);
xar bir protsessorida ham lokal xotira bo‘lgan multiprotsessor (b).
Fon-neyman arxitekturasidan anchagina farq qiladigan ushbu arxitektura, Flin klassifikatsiyasiga asosan SIMD (Single Instruction-stream Multiple Data-stream) ko‘p ma’lumotlar oqimiga ega bitta buyruqlar oqimi arxitekturasi deb ataladi