Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan
bog’liq.
Tovar birjasi – tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko’zdan
kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar
bozorining turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar
asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va
ularning xizmatchilari o’z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning
maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali
talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar
birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, neft,
yog’och)ning doimo faoliyat ko’rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga
o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta),
Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari f’yucher
bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha kontraktda ko’rsatilgan tovar uchun
to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
- savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va
savdo mojarolarini hal qiladi;
- narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasi 1994 yili ochiq hissadorlik jamiyati
shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xom
ashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida
brokerlar orqali harid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga
litsenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar-xom ashyo birjasining
bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida tashkil
etilgan.
Tovar-xom ashyo birjasi chet el davlatlari (Angliya, Polsha, Turkiya)
hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkma-niston)ning tovar
xom ashyo birjalari bilan, Kiev, Belarus universal birjalari bilan birjalararo
aloqalarni yo’lga qo’ygan.
«O’zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini
shakllantirishda zarur infratarkibni yaratish maqsadida 1994 yili
O’zbekiston shartnomalar va savdo bo’yicha davlat aktsiyadorlik uyushmasi
negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo’jaligi ta’minotiga respublika moddiytexnika ta’minoti idorasi rahbarlik qilgan. O’zbekistonda o’tkazilayotgan
chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy-texnika ta’minoti tizimini ham tubdan
o’zgartirdi. «O’zulgurjibirjasavdo» xo’jalik mexanizmini rejaviy moddiytexnika ta’minoti tizimidan erkin xo’jalik aloqalariga o’tishini, davlat
ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berishni, ishlab chiqaruvchilar bilan
shartnomalar tuzish yo’li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiytexnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo,
yarmarka, birja va kim oshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |