6-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari Reja


Tadbirkorlik tushunchasi va tadbirkorlik faoliyatining mohiyati



Download 41,08 Kb.
bet2/11
Sana29.12.2021
Hajmi41,08 Kb.
#77941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari

Tadbirkorlik tushunchasi va tadbirkorlik faoliyatining mohiyati

Barcha yangi mustakil davlatlarda isloxotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik kilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mexnatkashlar umumiy sonining 4/5 kismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan kupi kolxozlarda), xususiy sektorda 3%ga yakini band bo‘lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarimida xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga xarakat Qilingan. Bu xarakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining xukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga karamligi, xo‘jalik Qonunlarining noanikligi va bir kator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan.

Korxonalarni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish iqtisodiy isloxotlarning etakchi buginidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil kiluvchi xususiy mulkchilik katlami shakllanib bordi.

Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadkikotlar XVIII asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Birok xozirga kadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining kup ma’noliligi saklanib kolmokda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida kupincha bu favkulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruxiy tavsiflari (turli-tuman karashlar) tuplashidan iborat xar xil tasavvurlar mavjud.

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini kup turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jixatdan doimo biznes bilan boglik bo‘lgan.

Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muxim alomati biron bir shaxs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniklik omili xisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy - iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat urnatishga doir takkomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.

Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Tadbirkor”tushunchalari bir-biridan farklana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, kupayib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablaglarni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga uz goyalari, bilimi va kunikmalarini tatbik qilib, kup foyda olish maqsadida usha mablaglarni tavakkali ishlarga sarflaydi.

O‘zbekistonda va MDXda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning urtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa usha davrda bizning mafko‘ramiz uchun butunlay yod narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida urganish fakatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin utish bilan boshlanadi.

“Biznes” - so‘zi inglizcha suz bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati eki boshkacha suz bilan aytganda kishilarni foyda olishga karatilgan tadbirkorlik faoliyatidir.

Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini kup turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jixatdan doimo biznes bilan boglik bo‘lgan.

Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iktisodietida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun Qandaydir tijorat goyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni uzi, uz ishini rejalashtiradi, ishlab chikarishni tashkil etadi, maxsulotni sotadi va olgan daromadiga uzi xujayinlik kiladi.

Biznes- bu avvalo ishlab chikarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, xayotni uzi sungra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy suzdir. U butun dunyo buyicha tarkalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanidilar. O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha suz xorijiy suzga tugri keladi, lekin unga Qo‘shimcha ma’no xam beradi. Bu suzlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shugullanish eki korxona tashkil kilish etadi. SHunday qilib, biznes - bu korxona tashkil kilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo dukoni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.). Demak, biz bu yo‘q narsadan pul kilish emas, balki murakkab ishlab chikarishni eki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo uz ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun ukish kerak, nafakat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir ukishi, izlanishda bo‘lishi kerak.

Tadbirkor nimalarni bilishi va kilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini Qanday amalga oshirishni, Qanday sharoitda amaliy xarakat kilishni, tadbirkor oldida uchraydigan tusiklarni xal kilish yullarini va Qanday yutuklarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chikarishni tashkil etishni, xamda maxsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan anik sharoitlarni baxolashni va tugri yul tanlashni bilishi kerak. Xech kim, xech kachon tadbirkorga nima kilishni urgatmay va ogir paytdlarda yordamga kelmaydi. Xar bir tadbirkor fakat uz kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.

Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida xam, jamoa mulki shaklida xam, xususiy (yakka) mulk shaklida xam amalga oshirish mumkin. Birok aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, Qarorlar Qabul kilish va uz faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari kanchalik darajada berilishiga boglik ravishda amalga oshirish mumkin.

Savdo, maishiy xizmat, maxalliy sanoat, ijtimoiy soxalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jaraeni ancha kiyin utdi. Bu erda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chikarish bulimlari buyicha bajarildi, ularning zaminida ochik turdagi xissadorlik jamiyatlari tuzildi.

Ammo xaet bu jamiyatlarni kichiklashtirishni takazo kiladi, shu maqsadda unga kiruvchi ayrim tarkibiy birgaliklarga katta mustakillik berildi. Natijada O‘zbeksavdo, O‘zmaishiyittifoQ, O‘zbekbirlashuv kabi tarmoklar buyicha 13 mingga yakin xususiy korxonalar tashkil etildi.

1995 yildan to hozirgi davrgacha kichik va xususiy korxonalar tashkil kilishga eng katta axamiyat berildi. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodietiga utish davriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab utganidek, “...Qishloq joylarida ixcham ishlab chikarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragbatlantirish xisobiga aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz”.1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Bozor islohatlarini chuQurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya Qilish tizimini yanada takomillshtirish to‘g‘risida”gi Farmonlari davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi Qonunchilikni takomillashtirish, xususiy tarmoQni jadal rivojlantirishni kuzda tutadi.

Farmonlar mamlakatimiz Prezidenti Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senati Qushma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalarning mantiQiy davomi hisoblanadi. Ma’ruzada asosiy strategik vazifamiz- demokratik Qurilish va fuQarolik jamiyatini shakllantirish, bozor islohatlarini chuQurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘lida samarali, bosqichma-bosqich va izchil borish ekanligi ta’kidlangan edi. SHuningdek, ushbu ma’ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning eng muhim ustivor vazifalari etib Quyidagilar ko‘rsatilgan:

-asosiy ustivor masala – avvalgidek, bozor islohatlarini chuQurlashtirish va yanada erkinlashtirishdan iborat;

-ikkinchi ustivor masala- xususiy tarmoQning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi kupayishini ta’minlash;

-uchinchi ustivor masala – kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuQurlashtiri sh va kulamini kengaytirishdan iborat;

-to‘rtinchi ustivor masala- bank va moliya tizimlaridagi islohatlarni chuQurlashtirish;

-prinsipial muhim masala- soliq siyosatini yanada takomillashtirish.2

Demak tadbirkorlikni rivojlantirishni eng asosiy bug‘uni bo‘lib kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo‘yicha investitsiya muhiti alohida qiziqish tug‘diradi. Kichik biznes uchun o‘ziga xos ba’zi ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

- kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi va infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko‘rsatkichi;

- egallab turgan bozor sektorlari bo‘yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi;

- mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar.

Kichik korxonalar o‘zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini jalb etish uchun xizmat qiladigan ko‘p sonli manbalarning ayrimlaridangina foydalana oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki moliyalash manbalari tadbirkor o‘zini o‘zi investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik firmalarning imkoniyatlari darajasida emas. SHunga qaramay, bu manbalardan kichik tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir bo‘lib, jalb etish samaradorligi jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. SHunday qilib, investitsiya resurslarini shakllantirishning qulay manbalari sonini ko‘paytirish hamda mavjud manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi navbatda, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tuzilmalarining muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda.

Kichik korxonaning muhim xususiyati shuki, u moddiy shaklda oladigan resurslardan yirik firmalarga qaraganda ancha samarali va moliyaviy resurslarga qaraganda nisbatan samaraliroq foydalanish xususiyatiga ega. Ushbu xususiyatga sabab shuki, eng avvalo, kichik korxonani boshqarish tuzilmasi, odatda unchalik konservativ bo‘lmaydi. Bu esa moliyaviy mablag‘lardan foydalanish uchun salbiy omil, buyum holidagi investitsiyalar uchun esa ijobiy omildir. Moliyaviy investitsiyalarni qidirib topish, jalb etish va ishlab chiqarishga kiritish jarayoni hamma vaqt ancha rasmiylashgan va me’yoriy hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Qoida tariqasida yuqori darajali professional moliyachilarga ega bo‘lmagan kichik korxona uchun esa bu operatsiya qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi. SHu sababli kichik korxonalar moddiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishdan manfaatdor. Intellektual resurslar (texnologiyalar, "nou-xau", savdo markalari va boshqalar) bundan mustasno, lekin bu sohada ham kichik korxona nazarida tayyor mahsulotni sotib olishi uchun mablag‘ etarli emas, balki investitsiyalar sifatida shu tayyor mahsulotning o‘zini olish ma’qulroq.

Bozor islohotlarini amalga oshirayotgan bir qator mamlakatlarda moddiy investitsiyalarni jalb etishning turli shakllari orasida lizing, franchayzing va tolingdan juda faol foydalanilmoqda. Buning ustiga, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash organlarining mavjud va ishlab chiqilayotgan dasturiy hamda me’yoriy hujjatlarida mazkur shakllarga katta o‘rin berilmoqda. Moddiy investitsiyalashning turli shakllaridan foydalanish samarasi ko‘p jihatdan bunday operatsiyalarda vujudga keladigan munosabatni tartibga soladigan maxsus me’yoriy bazaning rivojlanish darajasi, tegishli bozor infratuzilmasining rivojlanganligi bilan belgilanadi.

Xususiy tadbirkorlikni va bu sohaga investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatini amalga oshirish institutsiyaviy va huquqiy tizimni doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Bu tizimning samarali ishlashi uning barcha unsurlari bir-birining vazifasini juda kam takrorlagan holda doimiy ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishini hamda faoliyatlari muvofiqlashtirilishini taqozo etadi. 2000 yilda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun kichik biznesni tartibga solishning huquqiy asoslarini rivojlantirish sohasida davlat faoliyati takomillashuviga olib keldi. SHu bilan birga, aytish kerakki, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash rag‘batlantiradigan, tanlab qo‘llaniladigan bozor mexanizmlarida muvozanat buzilishiga olib kelmaydigan bo‘lishi kerak.


Download 41,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish