6-mavzu: jamiyat va inson falsafasi


Inson XIX-XX asrlar falsafasida



Download 270,96 Kb.
bet32/43
Sana14.04.2022
Hajmi270,96 Kb.
#550426
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
6- Mavzu

Inson XIX-XX asrlar falsafasida. XIX asr falsafiy fikrning inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishdagi eng muhim yutuqlaridan biri - bu Lyudvig Feyerbaxning (1804-1872) falsafiy antropologizmidir. U inson mohiyati muammosini falsafasining «birdan-bir, universal va eng oliy» muammosi sifatida qaradi va birinchi planga olib chiqdi. Biroq Feyerbax, aslida, insonga biologik nuqtai nazardan qaraydi, uning ijtimoiy mohiyatini izohlamaydi.
Antropologik tamoyil (ya’ni, ob’ektiv olamni inson mohiyatining hosilasidan iborat bir narsa sifatida qarash) ekzistensializm, hayot falsafasi, falsafiy antropologiya, antroposotsiologiya, freydizm va boshqa ko‘plab falsafiy va ijtimoiy oqimlarning asosida yotadi.
Ekzistensialistlar (J.P.Sartr, A.Kamyu va h.k.) falsafaning asosiy muammosi deb insonning mavjud bo‘lishi masalalarini hisoblaydilar (Ekzistensiya). Inson faqat o‘zini anglashi mumkin. K.YAspers yozganidek: «Mavjud bo‘lish bilish demakdir va men ong sifatida mavjudman». Ekzistensializmning asosiy tamoyili - erkinlik tamoyilidir. Inson «ozod bo‘lishga mahkum etilgan» (J.P.Sartr). Ijtimoiy hayotning tangliklaridan chiqishning yo‘li - shaxsning individualistik borlig‘ida. Insonning o‘z diqqat markaziga qo‘yuvchi yana bir oqim – «falsafiy antropologiya». Bu oqimning asoschisi - Maks SHeler (1874-1928) falsafaning asosiy masalasi «Inson nima?:» degan savoldan iborat deb hisobladi.
Freydizmga avstriyalik psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) asos solgan. U shaxs tuzilmasida uchta asosiy qatlamni ajratib ko‘rsatdi «U» ongosti, «Men» yoki «EGO» (ong), YUksak «Men» (yuksak ong).
Inson muammosi tabiiy va gumanitar fanlarda. Inson ko‘plab fanlar o‘rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens turi sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya ob’ekti, sotsiologiya uchun - turli munosabatlar sub’ekti, kulturologiya uchun - madaniyatning ob’ekti va sub’ekti, iqtisodiy nazariya uchun - asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo.
Tabiiy fanlar orasida an’anaviy (biologiya, antropologiya, meditsina va boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hokazo) paydo bo‘ldi. Ijtimoiy bilim sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida «yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko‘rsatishadi.
XX asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning faol differensiatsiyasi va integratsiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sotsiobiologiya, psixofiziologiya va boshqalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu hol falsafaning inson muammolarini ko‘rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada dolzarb etib qo‘yadi.

Download 270,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish