6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv Reja


Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.01.2021
Hajmi0,5 Mb.
#56277
1   2   3   4
Bog'liq
leksiya

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari. Alohida mamlakatlar va  

jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari 

haqidagi masalaning qo‘yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro 

iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun  bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning 

kuchayishi, moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro 

ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun 

imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Natijada globallashtirish mazkur jarayonda ishtirok 

etadigan mamlakatlarning katta muvaffaqiyati bilan  muvofiqlashadi. Shu bilan bir vaqtda, 

xususan, globallashtirishning neoliberal modelining asosiy mazmuni bo‘lgan xo‘jalik 

hayotining keng qamrovli liberalizatsiyaning globallashtirish bilan birlashishi sharoitlarida 

global tovar va moliyaviy bozorlarda integrallashgan raqobatning kuchayishi raqobat kurashida 

kuchlilarga yon bosuvchi alohida kompaniyalar hamda alohida mamlakatlar uchun ham 

muqarrar risklarni anglatadi. Modomiki, rivojlangan mamlakatlar uchun globallashtirishning 

eng katta foydalari etarli darajada yuqori (aynan shu erlarda kuchli kompaniyalarining shtab-

kvartiralari – jahon bozorlaridagi o‘yinlar, shuningdek, sayyoraning asosiy ilmiy-texnikaviy va 

texnologik salohiyati, asosiy moliyaviy resurslar joylashgan), alohida ishlab chiqarishni 

qisqartirish, daromadlarni qayta taqsimlash, ijtimoiy tengsizlikning kutilayotgan o‘sishi 

ko‘rinishidagi risklar davlatning ijtimoiy siyosati bilan bo‘lib-bo‘lib kompensatsiya qilinadi.   

Unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning eng zaif tomoni ularning bozorlaridan xorijiy  

moliyaviy kapitalning chayqov asosida nazoratsiz oqib kirishi va chiqib ketishidir. Keyingi o‘n 

yillikning jahon tajribasi  (1994-1995 yillardagi Meksikadagi inqiroz, 1997 yildagi xalqaro 

(Osiyo) inqirozi, Rossiya, Braziliya, Argentinadagi ketma-ket yuz bergan  inqirozli 

o‘zgarishlar) global moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakati rivojlanayotgan 

mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar moliyaviy va jamg‘arma bozorlarini qulatib, 

bu mamlakatlarning milliy valyutasi barqarorligini so‘ndiribgina qolmay, shuningdek, mazkur 

mamlakatlar xo‘jaligining real tarmog‘ida juda salbiy tarzda aks etadi.   

Globallashtirish jarayonlari ko‘p hollarda ilg‘or iqtisodiyotning rivojlanishi darajasini  

oshirishga va unchalik rivojlanmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnining 

kuchsizlanishiga olib keladi. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyotidagi 

mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bo‘ladilar: zamonaviy 




texnologiyalarning  murakkablashuvi ularning ishlanmalari  xarajatlarini juda oshirib  yuboradi, 

o‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali 

va o‘qitilgan mutaxassislarning yo‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.   

Globallashtirish jahon iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy qonunchiligini – uning  

tengsizligini bekor qilmaydi, undan, rivojlangan mamlakatlar guruhlari uchun jahon bozoridagi 

etakchilikning o‘ziga xos kurashidan qochib qutilib bo‘lmaydi. D. Marshall (Buyuk Britaniya) 

fikriga ko‘ra, ―shuni to‘la ishonch bilan ta'kidlash mumkinki, mamlakatlararo shafqatsiz 

raqobat kabi tizimning bunday mohiyatli xarakteristikasi, etakchi rivojlangan mamlakatlarning 

jahonda etakchi o‘rinni egallash uchun raqobatlashishi, barcha mamlakatlarning markazlashgan 

yoki pereferiy mamlakatlarga bo‘linishi, zamonaviy kapitalistik tizim yanada integrlashib 

borayotganligiga qaramasdan o‘zgarmay qolmoqda. Jahon kapitalizmi barcha mamlakatlarga 

muvaffaqiyatli rivojlanish uchun teng imkoniyatlarni yaratmagan va bundan keyin ham 

yaratmaydi. Yuqori daromad olish uchun kurash shundayligicha qolmoqda... jahon iqtisodiyoti 

esa xuddi avvalgidek, notekis rivojlanmoqda‖

3

.  


Dunyodagi uch asosiy iqtisodiy kuch – AQSh, g‘arbiy Yevropa (yoki yanada tor  

yondashuv bo‘yicha  Yevropa Ittifoqi) va Yaponiya o‘rtasidagi raqobat birinchi navbatda 

texnologik rivojlanish, yuqori texnologiyalar – mikroelektronika, biotexnologiya, yangi 

materiallarni yaratish va boshqalar doirasida rivojlanadi.  

Jahon banki tomonidan tayyorlangan, 2000-2001 yillardagi xalqaro rivojlanish haqidagi  

ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoning 20 ta eng boy mamlakati aholisining o‘rtacha 

daromadlari 20 ta kambag‘al mamlakatlarning o‘rtacha daromadlarini 37 marta oshirdi. Bunda 

keyingi 40 yilda portlashlar ikki barobarga oshdi. Dunyoning beshta boy va beshta kambag‘al 

mamlakatlari o‘rtasidagi daromadlardagi uzilishlar esa 1990 yilda 60:1 va 1997 yilda  74:1 

tashkil qildi. Fin eksperti  K. Kilyunen fikriga ham qo‘shilish mumkin, uning fikricha, 

―iqtisodiy tizim dunyoning 225 ta boy kishilarining jami boyligi 1 trln. dollardan oshganda 

sog‘lom hisoblanishi mumkin emas, bu 47 % kishini tashkil etuvchi 2,5 mlrd. kambag‘alning 

yillik daromadlariga teng ... sayyoraning uchta boy kishisining umumiy holati 48 ta rivojlangan 

mamlakatning jami YAIM ini oshiradi‖

4

. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar 



o‘rtasida ziddiyat unchalik qat'iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi 

sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga 

kirib qolgan (BMT tasnifi bo‘yicha). AQSh jahon xo‘jaligida o‘z etakchiligini saqlab qolish va 

yanada oshirishga, o‘z milliy masalalarini hal qilish uchun globallashtirishning neoliberal 

variantidan foydalanishga harakat qiladi.  

Globallashtirishning, eng avvalo, moliyaviy foydasi, o‘z hududida ta'sis qilingan 

(19601970 yillardayoq), alohida periferey mamlakatlar, offshor hududlar, xorij kapitalini jalb 

qilish maqsadida soliqdan ozod qilinganligini olishlari mumkin. To‘rt asosiy hududiy guruhni 

birlashtiruvchi offshor hududlarning yaxlit pleyadasi yuzaga keldi. Karib havzasining offshor 

hududlari Nyu-york bilan bir vaqtinchalik mintaqada bo‘lgan Shimoliy va janubiy Amerika 

mamlakatlariga xizmat qiladi. Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi offshor hududlar Yaqin 

Sharqning neft qazib chiqaradigan mamlakatlariga xizmat qiladi. Tinch okeanining Singapur, 

Gongkon, shuningdek, Vanuatu, Nauru va boshqa orol hududlari Tokio bilan bir vaqtinchalik 

mintaqada joylashgan Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining  moliyaviy kapitalidan 

foydalanadilar.  

Globallashuv jarayoni ayniqsa moliyaviy va iqtisodiy sohada jadal sur`atlar bilan  

kechmoqda. U avvalo, tabiiy boyliklar va savdo bozorlari ustidan nazorat o`rnatish borasida 

raqobatning keskinlashuvida namoyon bo`ladi. Bu jarayonda davlatlar bilan bir qatorda 

transmilliy korporatsiyalar (TMK) ham etakchi o`rin tutadi.   


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish