6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv Reja



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.01.2021
Hajmi0,5 Mb.
#56277
1   2   3   4
Bog'liq
leksiya

Jahon  

iqtisodiyoti  

globallashuvining  

harakatlantiruvchi  

kuchlari  va  

omillari.Globallashuv tahlilining keyingi logistik bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta'sir 

ko‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi 

kuchlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi lozim. Oxirigisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch 

to‘playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo‘jalik hayotining 

transmilliylashtirilishi – yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o‘sishi va 

rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, 

shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag‘batlantiradigan bozor 

raqobati kabi baquvvat kuch katta ta'sir ko‘rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi – xarajatlarni 

kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish 

globallashtirishning motori hisoblanadi.  

Globallashtirishning bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning,  



texnologik  innovatsiyalar  taraqqiyotining  rivojlanishi  bo‘lib, u transport  va aloqani, axborot va 

telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, tovar 

va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegarviy  transport 

vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. 

Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez xarakatlanuvchi 

kompyuter texnikasi, signal uzatishning optik to‘lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon 

aloqasi, kibernetika, tarmoq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, Internet 

global tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ldi. 

Butunlay yangi imkoniyatlar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari doirasida 

yangiliklarning kashf qilinishi globallashtirish jarayonlari rivojlanishini rag‘batlantiruvchi 

inqilob bilimlariga (knowledge-based) asoslangan haqiqiy axborot innovatsiyalari haqida 

gapirish imkonini beradi. Mavjud hisob-kitoblar va baholarga muvofiq, keyingi 5-10 yil ichida 

dunyodagi mavjud axborotlarning umumiy hajmi har yarim yilda ikki barobarga oshdi: bu Mur 

qonuni nomini oldi (bu tendentsiyani ilk bor topgan kishi nomi sharafiga).   

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning amerika tadqiqotchisi Dj. Garret jahon iqtisodiyoti  

globallashuvining uch asosiy mexanizmini ajratib ko‘rsatadi, ularga quyidagilar kiradi: 1) jahon 

savdosida o‘sib borayotgan raqobat; 2) ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlarini 

boshqa mamlakatlarga joylashtirish hisobiga shaxsiy daromadlarini oshirishga intilishlari 

natijasida ishlab chiqarishning ko‘p millatli xarakterini o‘rnatish; 3) moliyaviy bozorlarning 

xalqaro integratsiyasi.  

Jahon iqtisodiyotida transmilliylashtirish jarayonlari real va moliyaviy tarmoqlarda  

transmilliy korporatsiyalar yaratilishi va ularning faoliyati jarayonlarida mujassamlanadi. g‘arb 

iqtisodchilarining ishlarida iqtisodiy faoliyatning bunga o‘xshash sub'ektlari transmilliy, 

xalqaro, multimilliy, supermilliy, global va boshqa kompaniyalar deb nomlanishi mumkin. 

Shunga muvofiq ravishda transmilliy korporatsiya deganda, yirik moliyaviy, ishlab chiqarish, 

ilmiy-texnikaviy, savdo-servis uyushmalari tushuniladi, ular o‘z operatsiyalarini o‘zlari tashkil 

etadilar va boshqa xorijiy mamlakatlarda ham birdek amalga oshiradilar. Ularni shaxsiy ishlab 

chiqarish, bank, investitsiya, savdo-reklama faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, 

kadrlarni tayyorlashni o‘z ichiga oluvchi murakkab tashkiliy tuzilma bir-biridan ajratib turadi.  

•  TMKlarning zamonaviy ajralib turadigan jihatlari quyidagilar hisoblanadi:  

•  Bozorlarni  reja  asosida  yuritish  va  jahon  miqyosida  raqobatni  amalga  oshirish  (ayrim 

xorijiy  ekspertlar  global  raqobatning  zamonaviy  atamasi  uchun  yangi  so‘z  – 

―giperraqobat‖ so‘zini ishlatadilar);  

•  Jahon bozorlarini shunday global korporatsiyalar bilan ajratish;  

•  Yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘z bo‘limlari faoliyatini kuzatish; 

korporatsiyalar tuzilmasining moslashuvchanligi; o‘z bo‘limlari, zavodlari va qo‘shma  

korxonalarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog‘iga birlashtirish;  

•  TMK faoliyat yuritayotgan davlatga iqtisodiy va siyosiy ta'sir ko‘rsatish.  

Har qanday mamlakat uchun ilk asosiy rivojlanish, tabiiyki, ichki bozor bo‘lib qoladi  

(yirik mamlakatlar bunda g‘ayritabiiy afzalliklarga ega), modomiki, transmilliylashtirish 

jarayonlarining avj olishi bilan siyosiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy kriteriyasi jahon 

bozoriga zamonaviy mahsulotlar bilan chiqish va u erda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdan iborat bo‘lib 

qoladi.   

TMK lar jahon to‘g‘ri xorijiy investitsiyalari (TXI) ning asosiy qismini amalga  

oshiradigan xo‘jalik sub'ektlari hisoblanadilar. Oxirigi dinamika hayratda qoldiradi: 2002 

yildagi Xalqaro investitsiyalar haqidagi Ma'ruza ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda TXI ning 

o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati 90- yillarning birinchi yarmida 20 % ni, ikkinchi yarmida esa 40,1 

% ni tashkil qilgan.  

Xalqaro investitsiyalar umumiy hajmidagi to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushida asosiy kapital 

1980 yildagi 2,0-2,4 % dan 1990 yilning oxirlarida 6-8 % gacha o‘sdi.  




Globallashtirish  va regionalizatsiya,  hududiy iqtisodiy  integratsiya  jarayonlarining   

o‘zaro munosabati har doim ham bir xil ma'noga ega bo‘lavermaydi. Sir emaski, 

globallashayotgan jahon iqtisodiyotining bugungi holatining xarakterli belgilaridan biri ko‘p 

miqdorli hududiy iqtisodiy guruhlarni shakllantirish bo‘lib qolmoqda. Regionalizatsiya 

(hududiy iqtisodiy integratsiya) va globallashtirishning o‘zaro faoliyati haqidagi sodda 

tasavvurlar biri ikkinchisini inkor qiladigan pozitsiyaga mos keladi. Masalan, shunday fikrlar 

ham uchraydiki, bunda ―xalqaro regionalizatsiya globallashtirishning dialektik inkori 

hisoblanadi, modomiki, hududiy ittifoqlar mamlakatlarning cheklangan miqdorinigina o‘z 

ichiga oladi‖

1

.  



Mashhur rus tadqiqotchisi prof. Yu.V. Shishkov fikriga ko‘ra, globallashtirish keng  

xo‘jalik hayotining baynalminallashtirish jarayonlarining  rivojlanishi, shu bilan bir vaqtda 

hududiy integratsiya sifatida bir hudud doirasida ichki xo‘jalik hayotini baynalminallashtirish 

jarayonlari rivojlanishining eng yuqori darajasi imkon qadar mumkin bo‘ladi

2

. Shu ma'noda 



aytish mumkinki, hududiy integratsiya oldindan his qilishdir va bir vaqtda bir hudud doirasida 

globallashtirish ma'nosini tashkil etuvchi jarayonlar rivojlanishining chuqur va intensiv 

darajasidir.  

 

Hududiy   iqtisodiy   integratsiya   jahon   xo‘jaligi   globallashuvi 



 

jarayonlarini  

chuqurlashtirish uchun dastlabki shart-sharoitlarni shakllantiradi.   

Globallashtirishning harakatlantiruvchi kuchlari globallashtirish jarayonlarining aniq  

omillarida mujassamlashadi. Jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlarining yuzaga kelishi 

va evolyutsiyasiga ta'sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ichidan quyidagilarni keltirish mumkin:  

  mamlakatlararo  o‘zaro  iqtisodiy  bog‘liqlikning  qat'iy  kuchayishi;  hozirgi  kunda  hech  bir 

mamlakat  o‘z  rivojlanishida  jahon  xamjamiyati  va  regressidan  butunlay  uzoq  bo‘lgan 

vaziyatda  qolishni  istamagan holda jahon  iqtisodiyotidan  tashqarida qolishi mumkin  emas; 

keyingi  vaqtlarda  dunyoning  deyarli  barcha  mamlakatlarining iqtisodiy  oshkoralik darajasi 

tez sur'atda oshib borishi; xalqaro savdo

77

 va kapitalning mamlakatlararo harakatining o‘sishi 



tufayli xalqaro iqtisodiy makonda yuz berayotgan milliy iqtisodiy jarayonlarga intensiv ta'sir 

ko‘rsatishi;  

  tayyor  mahsulotlarni  mamlakatlararo  almashtirish  ulushi  oshayotgan,  agrar  xom  ashyo 

tovarlarini  almashtirish  esa  xalqaro  savdoni  yanada  ko‘paytirayotgan  bir  vaqtda  xalqaro 

mehnat  taqsimotining  yangi  sifatining  shakllanishi;  ichki  tarmoq  savdosining  solishtirma 

og‘irligining o‘sishi;  

  xalqaro  moliyaviy  bozor  milliy  sigmentlararo  aloqalarning  va  yanada  integratsiyalashgan 

global moliyaviy bozor shakllanishining kuchayishi;  

  xo‘jalik  hayotining  xususiy  va  umumiy  sub'ektlariga  ega  bo‘lgan  turli  mamlakatlardagi 

hududiy  tarmoq  xo‘jalik  sub'ektlari  o‘rtasida  doimiy  aloqalarni  qo‘llab-quvvatlash  uchun 

sharoit yaratadigan axborot va telekommunikatsiya inqilobi;  

  kuchli texnologik va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan, butun dunyoda ishlab chiqarish va 

boshqa  bo‘linma  hamda  bo‘limlarni  joylashtirish,  va  shu  tufayli  mahalliy  raqobatdosh 

                                                   

1

 Цит. По: Marshall D. Understanding Late-twentieth Century Capitalism: Reassessing the Globalizion    Theme // Government 



and Opposition. Vol.31. № 2. P. 213.  

2

 Шишков Ю.В. Интеграционные процессы на пороге XXI века. Почему не интегрируется страны СНГ? М., 2001. с. 



17. 

77

 1986 йилдан 1995 йилгача халқаро товар айланмаси ҳажми  йилига ўртача 6,5 % га ўсди, бунда ўн йилликда 1,9 



баробарга ошди, халқаро хизматлар савдоси эса янада тез суръатларда ўсди ва 2,4 баробарга ошди. Бу вақтда  халқаро 

ЯИМда халқаро савдо улуши олдинги ўн йилликларга қараганда уч баробар тез ўсди. 1990 йилларда халқаро савдо 

айланмасининг йиллик ўсиш суръати ўртача 8% ни ташкил қилди ва халқаро ишлаб чиқариш хажмининг ўсиши икки 

баробарга ошди (Қаранг. Черковец О. Глобализация сотрудничества или конкуренция? // экономист 2002. № 10. с. 5).  




afzalliklardan  foydalanish  samaradorligiga 

erishish 

imkonini  beruvchi  transmilliy 

korporatsiyalar faoliyat doirasini global ravishda kengaytirish;  

  rivojlanayotgan  va  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tayotgan  mamlakatlarni  xalqaro  savdoga  jalb 

qilinishining, 

xalqaro 

kreditlashtirish 

va 

investrlashtirishning, 



xalqaro 

mehnat 


migratsiyasining o‘sib borishi;  

  jahon  iqtisodiyoti  sub'ektlari  tuzilmasining  asosiy  murakkabligi  –  jahon  arenasida  milliy 

davlatlar  va  o‘z  faoliyati  doirasida  milliy  afzallikka  ega  bo‘lgan  kompaniyalar  bilan  bir 

qatorda TMK lar va TMBlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, hududiy tashkilotlar, jumladan, 

integrallashgan  uyushmalar,  shuningdek,  nodavlat  tashkilotlari,  yirik  shaharlar  va  xatto, 

alohida individlar (olimlar,  madaniyat  xodimlari, Dj. Sorosga o‘xshagan  ishbilarmonlar va 

boshqalar) ham faol ishtirok etishlari mumkin.  

  Globallashtirishning asosiy belgilari qanday? Ularga xalqaro mehnat taqsimoti xarakteridagi 

sifat  o‘zgarishlarini,  TMK  kabi  jahon  iqtisodiyoti  sub'ektlarining  ta'mir  doirasi  va  faoliyat 

qamrovining  o‘sishini,  global  iqtisodiy  jarayonlarga  moslashtirish  maqsadida  milliy  va 

xalqaro darajada iqtisodiyotni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlarni, davlatlararo va nodavlat 

xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizimidagi vazifalarning o‘zgarishini kiritish mumkin. Xalqaro 

iqtisodiy  aloqalar  xalqaro  xo‘jalik    mavjud  barcha  tarkibiy  qismlarining  muhim  shakliga 

aylanadi:  hech  bir,  xatto  eng  kuchli  davlatlar  ham  tashqi  muhit  bilan  chambarchas 

bog‘lanmagan, mutlaq etarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi.  


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish