6-mavzu. Iqtisodiy jarayonlarning
globallashuvi. Globallashuv va lokallashuv
Reja:
1.
Xalqaro mehnat taqsimoti. Insoniyat ehtiyojlarining o‗sib borishi.
2.
Transmilliy korporatsiyalar.
3.
Global mehnat bozori.
4.
Glokalizatsiyaning ikki yoqlama xarakteri.
5.
Globallashuv va lokallashuvning o‗zaro ta‘siri.
Bu, birinchidan milliy xo‗jaliklarning o‗z mamlakatlari chegaralariga sig‗may
boshqa mamlakatlar xo‗jaligi bilan integratsiyaga kirishgani natijasida tovarlar oqimi
tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‗lib, mamlakat rivojlanishi uchun
qo‗shimcha yo‗l ochiladi. Ikkinchidan, savdo ehtiyoji bu jarayonni tezlashtirishga turtki
bo‗ladiki, bu maqsadda hatto Jahon savdo tashkiloti ham ta‘sis etilgan. Uchinchidan,
tabiiy resurslarning notekis joylashganidan zarur xomashyoga ega bo‗lishga undaydi.
To‗rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan, milliy iqtisodiyotlarni o‗zaro bog‗liqligidan
foydalanib oldinga o‗tib olish mumkin. Beshinchidan, harbiy va boshqa sohalar ehtiyojlari
global aloqaga ega bo‗lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek, kommunikatsiyaning
boshqa vositalarini jiddiy rivojlantirishni talab etadi. Oltinchidan, aholi migratsiyasi
jarayonlarini boshqarish zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‗yadi va h.k.
Globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida konkret davlat nazoratidan
xoli faoliyat ko‗rsatadigan transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‗lganligini alohida qayd
etmoq lozim. Bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret hudud, millat
yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan. Jahon miqyosida faoliyat ko‗rsatadigan xalqaro
valuta jamg‗armasi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar ishlab
chiqarishni moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini yo‗naltirishga doir siyosatni
belgilaydi. ular moliyaviy davlat sifatida bir qancha mayda va o‗rtacha mamlakatlar
budjetlaridan ortiq imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‗lgan istagan
mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
Transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‗armasi va boshqa xalqaro
tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi. Bu menejerlarning faoliyati
natijasida tegishli tarzda global miqyosda turli qarorlar, shu jumladan, kambag‗al
mamlakatlardan ishchi kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning qaysisiga qancha jalb
qilishigacha bo‗lgan qarorlar qabul qilindi.
Iqtisodiy globallashuvda g‗arbdan tashqari qator mintaqalarga kiritilayotgan sarmoya va
texnologiya uchun davlat suverenitetining bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‗linadi.
buning oqibatlari esa ko‗pdan ko‗p salbiy jihatlarni keltirib chiqarmasligi mumkin emas.