6.2. Bir davrli model va Ko‘p davrli model Iqtisodiyot rivojlangan sari jamg’armalarning klassik nazariyadan kelib chiqadigan ahamiyati ortib boradi. Iqtisodiy sub’ektlar iste’mol qilinmagan daromadlarning to’planishidan joriy vaqtda va kelajakda qo’shimcha daromad olishni maqsad qilishadi. Bu holatni Robert Lukas (1978) va Duglas Breeden (1979) o’z tadqiqotlarida ko’rib chiqishadi va ushbu kontseptsiyaning asoslarini yaratishgan. Bunda talab qilinayotgan investisiyalarni iste’molga berishdan kutilgan qaytim kapitalni narxlash modeli sifatida ko’rib chiqiladi.
Model - bu umumlashma kapital aktivlarini narxlash modeli (CAPM) deyiladi. CAPM statik (o’zgarmas), bir davrli sozlangan, realistik (haqiqiy holatdan kelib chiqib), ko'p davrli (o’zgaruvchan) sozlamalardan foydalanadi. Modelning asosiy mazmuni shundan iboratki, aktivdan kutilayotgan “foyda” (jamg’arma egasi) va uni "iste'mol qilish xavfi" (investor) bilan bog'liq, ya'ni aktivni ushlab turish natijasida va iste'molga yo’naltirish qanchalik yo’qotishlarni paydo qilishi mumkinligini aniqlashdir. Katta miqdordagi noaniqlikka ega (yo’qotishlarga) olib keladigan aktivlar katta kutilgan daromadlarni keltirib chiqaradi, chunki investorlar iste'mol qilish xavfi uchun kompensatsiya olishni xohlashadi.
Kapital aktivlarini narxlash modeli quyidagi maxsus holatlaridan kelib chiqishi mumkin:
kvadratik foyda keltiradigan ikki davrli model
ikki davrli, eksponensial (o’suvchi) va me’yoriy foydalilik modeli
cheksiz davrli, kvadratik foyda va vaqt bo'yicha stoxastik (taxminiy) mustaqil model
cheksiz davrli va log(vaqt oralig’i) foydaliligi modeli
Kapital aktivlarini narxlash modeli tavakkalchilik sharoitidagi foydalilikni, tavakkalsizlikdagi foydalilikni, tavakkalchilikni kamaytirishdan (ko’payishidan) yo’qotiladigan (qo’shimcha olinadigan) foydani, qaytish davri va qaytish davridagi foyda yoki iste'molini darajasini hisoblashga imkon beradi (ehtimollar nazariyasi asosida).
Iste'molga kiritilganda va kutilgan foydalilik quyidagicha hisoblanadi:
r = rf + B (rm - rf)
Bu yerda:
r = xavfsizlik yoki portfel(investisiya)ning kutilgan foydaliligi
rf = xavfdan xoli stavka
B = iste'mol (alohida kompaniyaning yoki o'rtacha portfel(investisiya)ning o'rtacha qiymati) va rm = bozordan qaytish