Tarjimayi hol
Men, Jumayev Alimardov Aktamovich, 1984-yilning 22-mayida Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam - Jumayev Aktam, Samarqand davlat universitetida o‘qituvchi, onam - Karimova Salima savdo tizimida sotuvchl bo‘lib ishlaydilar. Opam - Jumayeva Gulnora maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Akam Jumayev Shavkat - Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2-kurs talabasi. Ukam – Jumayev Firdavs 5-sinf, ukam – Jumayev Jahongir 2 sinf o‘qivchisi.
1991-yildan 2001-yilgacha Samarqand shahridagi 45-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Kimyo va biologiya fanlariga juda qiziqaman. Biologiya fani bo‘yicha viloyat olimpiadasida g‘olib shiqib, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
O‘rta maktabni tamomlagach, 2001-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdim. Hozirda universitetning ikkinchi kurs talabasiman. Fakultet va universitet jamoat ishlarida faol qatnashaman. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati a’zosiman.
Uylanmaganman.
Mening turar joyim: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 15-uy
2003-yil 20-sentabr (imzo) A.Jumayev
TAVSIFNOMA
Tavsifnoma muayyan shaxsning o‘qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o‘ziga xos xislatlari, fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa, o‘quv yurti rahbariyati tomonidan o‘z xodimi, talabasi, o‘quvchisi o‘qishga yoki ishga kirayotganda, chet elga o‘qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan muvaffaqiyatlari uchun rag‘batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o‘z ifodasini topadi. Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma", "Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish qog‘ozlari yuritishda qo‘llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar uchun umumiy bo‘lgan zaruriy qismlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
· Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar:
- tavsiflanayotgan shaxsning o‘qish yoki ish joyi nomi;
- lavozimi;
- tug‘ilgan yili;
- millati;
- ma’lumoti;
- familiyasi, ismi, otasining ismi.
· Hujjat nomi - tavsifnoma.
· Matn (o‘quvchi, talaba yoki xodimning o‘qish, ish faoliyati, muhim sanalari, alohida yutuqlari, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, jonkuyarligi, g‘amxo‘rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari, rag‘batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).
· Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi.
· Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari.
· Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.
Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shartli ravishda uch qismga bo‘lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi, lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi, jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So‘nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko‘zda tutilgan maqsad yoritiladi.
NAMUNA
Samarqand davlat universiteti devonxonasi ish yurituvchisi,
1980-yilda tug‘ilgan,o‘zbek, oliy ma’lumotli
Oxunova Zulfiya Boboxonovnaga
Do'stlaringiz bilan baham: |