6-mavzu: Grammatik mavzu: Rasmiy va ilmiy uslublar hamda ularning ichki turlari. Ilmiy uslub - Ilmiy uslub
- Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
- Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub - Rasmiy-idoraviy uslub
- Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
Diplomatik rasmiy xabarlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi va quyidagi hujjatlarda amalga oshiriladi. Diplomatik rasmiy xabarlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi va quyidagi hujjatlarda amalga oshiriladi. Bayonot dalatlararo dilomatik munosabatlar, muzokaralar, xalqaro ahvol va shu kabi masalalar haqida manafaatdor tomonlarning rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini ifodalaydigan hujjat. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. Nota bir davlatning boshqa bir davlatga yozgan rasmiy diplomatik murojaatnomasi. Diplomatik nota. O'zbekistonning AQSh hukumatiga notasi. Bitim taraflar tomonidan rasmiy ravishda tuzuluvchi, qabul qilinuvchi ahdnoma, shartnoma. kontrakt. Bitim tuzmoq. bitimga kelmoq. Konventsiya lotincha convention – shartnoma, bitim. Agreman biror mamlakatga elchi sifatida tavsiya etilgan kishining kelishiga shu mamlakat hukumatining roziligi. O’zbekiston Respublikasida quyidagi diplomatiya martabalari O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplomatiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgilanadi: O’zbekiston Respublikasida quyidagi diplomatiya martabalari O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi vakolatxonalarining diplomatiya xodimlariga beriladigan alohida xizmat unvonlari belgilanadi: 2) birinchi darajali favqulodda va muxtor vakil; 3) ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil; 4) birinchi darajali maslahatchi; 6) birinchi darajali birinchi kotib; 7) ikkinchi darajali birinchi kotib; 9) ikkinchi darajali ikkinchi kotib; 10) uchinchi kotib; 11) attashe. Favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana shu masalalar «O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining qonuni Favqulodda va muxtor elchi, birinchi va ikkinchi darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi. Ana shu masalalar «O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining qonuni VAZIFA: VAZIFA: Topshiriqlarni bajarish E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |