mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o'sha davrdagi
Fransiya pul birligi) bo'lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf
vakillariga (fermerlarga)
tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital
qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital («boshlang'ich avans») 10 mlrd livrga teng
deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizasiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o'zining
boshlang'ich qiymatiga nisbatan 10 foiz eyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi.
Aylanma kapital («yillik avans») 2 mlrd, «sof mahsulot» qiymati 2 mlrd, «unumsiz
sinf» o'tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd + 2 mlrd).
Undan tashqari fermerlar qo'lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor (5 mlrd + 2 mlrd + 2
mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish boshlanguncha er egalariga
ijara haqi, ya'ni renta to'lab qo'ygan edilar.
Xo'sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizasiya va aylanish jarayoni
qanday amalga oshadi? «Iqtisodiy jadval»ning shartlariga ko'ra bu jarayon besh
aktdan iborat bo'lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir.
1. Mulkdorlar «unumli sinf»dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib
oladilar. Natijada bu operasiyada qishloq xo'jaligi mahsulotining 1/5 qismi
realizasiya
qilinadi, er egalarining mulki muomala sohasidan iste'mol sohasiga
o'tadi.
2. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari sotib oladilar.
«Unumsiz sinf» shu bilan o'z mahsulotining yarmini realizasiya qiladi.
3. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste'mol uchun
kerakli mahsulotni oladi. Shu yo'l bilan qishloq xo'jaligi mahsulotining yana 1/5
qismi realizasiya qilinadi.
4. «Unumli sinf» «unumsiz sinf»dan olgan 1 mlrd livrga uning o'zidan («unumsiz
sinf»dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini oladi. Ular asosiy kapitalning
eyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta tiklash uchun kerak. Bu operasiya
oqibatida («unumsiz sinf»ning) sanoat mahsulotining ikkinchi yarmi realizasiya
qilinadi.
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli
sinf»dan 1 mlrd livrlik qishloq xo'jalik xom ashyosi xarid qiladi.
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko'ra sinflar o'rtasida 3
mlrd livrlik qishloq xo'jalik mahsuloti va 2 mlrd
livrlik sanoat buyumlari
realizasiya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd livrlik mahsulot barcha
sinflar o'rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat shu sinf doirasida aylanadi
(jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo'jaligi
ishlab
chiqarishi jarayonida sarflangan urug' va oziq-ovqat mahsulotlari o'rnini qoplaydi.
«Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning
sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd livrlik muomala
(aylanish) natijasida «unumli sinf» qo'liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana
keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida er egalari qo'liga kelib tushadi. Shunday
qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun
zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy takror ishlab
chiqarish uchun mos keladi.
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni F.Kene qirol
mahkamasidan olgan bo'lishi aniq.
Fermerlar Muldorlar Sanoatchilar
(unumli sinf) (yer egalari) (unumsiz sinf)
5 mlrd 2 mlrd 2 mlrd
Pul Pul
Qishloq
Xo’jalik
mahsulotlari Sanoat mollari
1 mlrd 1 mlrd
Pul Qishloq
Xo’jalik
mahsulotlari
1 mlrd
Pul
Ishlab chiqarih
Vositalari 1 mlrd
Pul
Qishloq
1 mlrd xo’jalik mahsulotlari
Do'stlaringiz bilan baham: