6-mavzu: Fermentlar, ularning tuzilishi. Fermentlarning ta’sir qilish mexanizmi



Download 285,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi285,35 Kb.
#938488
  1   2
Bog'liq
6-maruza (2)



6-mavzu: Fermentlar, ularning tuzilishi. Fermentlarning ta’sir qilish 
mexanizmi 
Reja 
1.
Fermentlar haqida umumiy tushuncha 
2.
Fermentlarning tuzilishi 
3.
Fermentlarning ta’sir mexanizmi 
Tayanch so’zlar:
enzimlar, aktivatorlar, ingibitorlar, mahsulot, faol 
markaz, allosterik markaz, spetsifiklik, temolabillik, nomenklatura
Bilasizmi organizmdagi barcha reaksiyalr fermentlar yordamida amalga
oshadi. Ular oqsil katalizatorlari hisoblanadi. Shuning bilan birga ular
umimiy jarayonda reaksiya tezligini oshiradi. Biologik reaksiyalar orasida 
fermentlar energiyaga boy hisoblanadi.
Fermentlar
- oqsil tabiatiga ega biologik katalizatorlardir. Fermentlarni 
enzimlar ham deb ataladi. Fermentlar tabiatdagi barcha tirik organizmlarda 
boradigan har xil reaksiyalarni ma`lum haroratda nihoyatda katta tezlikda 
katalizlaydi
1
.
Fermentlar oqsil tabiatiga ega bo’lganligi ba`zi xususiyatlariga ko’ra 
boshqa katalizatorlardan keskin farq qiladi. 
1. Fermentlar nihoyatda samarali ta`sir etish xususiyatiga ega. Optimal 
sharoitda (ya`ni past temperaturada, normal bosim va ma`lum qiymatga ega 
bo’lgan muhitda) anorganik katalizatorlarga nisbatan juda katta tezlik bilan ta`sir 
etadi. Masalan: vodorod peroksidni suv va atom holidagi kislorodgacha 
parchalovchi katalaza fermentining ta`siri Shu reaksiyani katalizlovchi kimyoviy 
katalizator temir ionlariga nisbatan 10
8
-10
11
marta yuqori. 
2. Fermentlar spetsifik ta`sir qilish xususiyatiga ega. Har bir ferment, 
odatda, faqat bitta kimyoviy reaksiyani yoki bir xil tipdagi bir guruh reaksiyalarni 
1
Richard A Harvey., Denise R Ferrier . Biochemistry. Lippincott Wiliams and Wilkins. China. 2011. 53 – 
betdagi mavzu mazmunidan foydalanildi.


katalizlaydi. Masalan: saxaraza fermenti faqat saxarozani parchalaydi. Shunga 
o’xshash disaxaridlarga esa ta`sir qilmaydi. Anorganik katalizatorlar bunday 
xususiyatga ega emas. 
3. Hujayradagi biokimyoviy jarayonlar fermentlar yordamida qa`tiy 
ravishda boshqarib turiladi. Bu fermentlarning eng muhim xususiyati hisoblanadi. 
4. Fermentlar ishtirokida katalizlanadigan reaksiyalar doirasi birmuncha 
keng bo’lib, ular tirik organizmlarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, 
izomerlanishi, turli guruhlarning ko’chishi va Shunga o’xshash bir qator 
reaksiyalarni katalizlaydi. Tirik organizmlarda kechadigan barcha kimyoviy 
reaksiyalar amalda fermentlar ishtirokida boradi. 
Inson amaliy faoliyatida, xom-ashyoni qayta ishlash va oziq-ovqat 
tayyorlashda har xil fermentativ jarayonlardan foydalanib kelgan. Non yopishda, 
achitqi zamburug`lardan, O’rta Osiyoda sumalak pishirishda unayotgan bug`doy 
donidan olingan shiralardan foydalanish kishilarga qadim zamondan ma`lum 
bo’lgan. Ammo fermentativ jarayonlar faqat XVIII asrning ikkinchi yarmidan 
ilmiy asosda o’rganila boshladi. 1836- yilda Shvann tomonidan oshqozon shirasi 
tarkibida go’sht oqsillarini parchalovchi ferment pepsin borligini aniqladi. 1814 
yili K.S.Kirxgof unayotgan arpa donidan ajratib olingan shira kraxmalni 
shakargacha parchalash xususiyatiga ega ekanligini birinchi bo’lib aniqlagan va 
bu kashfiyoti bilan fermentlar haqidagi fanga asos solgan. 1926 yili Samner 
birinchi bo’lib ureaza fermentini kristall holda ajratib olgan va uni oqsil tabiatga 
ega ekanligini aniqladi. 
Hozirgi vaqtda 2500 ga yaqin turli fermentlar aniqlangan va 250 ga yaqini 
kristall holda ajratib olingan. 
Fermentlar ta`sir etayotgan substratga -aza qo’shimchasi qo’shib o’qilishi 
bilan nomlanadi. Masalan: saxarozani parchalovchi ferment saxaraza, lipidni 
parchalovchi ferment lipaza deb nomlanadi. 

Download 285,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish