AKTIV FILTRLAR
Aktiv filtrlarda induktivlik yoki aktiv qarshilig vazifasini transistor bajaradi. Bu hildagi filtrlarda silliqlovchi koeffitsent yuklama tokiga bog‘liq bo‘lmagan holda LC filtrlariga nisbatan hajmi kichik bo‘ladi. Bu yutuqlar bilan bir qatorda aktiv filtrlarni kamchiliklar ham mavjud, haroratni o‘zgarishi tranzistrning parametriga salbiy tasir etadi.
Tranzistorli filtrlarning ishlash prinsipi shundan iboratki, tranzistrni o‘zgaruvchan tokka nisbatan qarshiligi ayrim holatlarda tranzistorning o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligidan ko‘p marta katta bo‘ladi.
Filtrd kuchlanishni siljishi avtomatik yoki muayyan holatga mo‘lja-langan ravishda boshqariladi.
51-a rasmda muayyan va 51-b rasmda avtomatik siljish holatiga mo‘ljallangan kollektorli filtrlar KF keltirilgan.
IK kollektor toki I0 yuklamadan oqayotgan tokka teng bo‘lib, UKE potensialga bog‘liq bo‘lmagan holda IE — emitter tokiga bog‘liqdir.
Agar IE = const bo‘lsa, U KE ning o‘zgarishi ishchi nuqtaning xarakteristikada siljishiga olib keladi. O‘zgarmas tok I0 = IK uchun tranzistorning qarshiligi rmp = UKE/IC — bo‘lib, bu bir necha W ni tashkil qiladi. Agar IE = const bo‘lsa, ishchi nuqtaning chiqish xarakteristikasida surilishi kollektor kuchlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Tokning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi uchun bo‘lib, bir necha kW ni tashkil qiladi. I = const ushlash uchun sxemada katta doimiy vaqtga ega bo‘lgan R1C1 elementlar zanjiri ulangan bo‘lishi kerak. Bunda IE = UC1/R1 bo‘lib, to‘liq bir davrda bu kattalik o‘zgarmaydi. Ammo sxemada R1 ning mavjudligi sxemaning FIK ni 20% ga kamaytiradi.
Muayyan siljish holatiga mo‘ljallangan filtrlarda (51-a rasm) yuklama kuchlanishi Uyuk harorat va yuklamadan oqadigan tok o‘zgarganda o‘zgaradi. Avtomatik siljish holatiga mo‘ljallangan filtrlarda bu o‘zgarish o‘z-o‘zidan bartaraf etiladi, ya’ni chiqishdagi o‘zgarish ta’siri manfiy teskari bog‘lanish orqali amalga oshadi (R2 kirishga ta’sir o‘tkazadi), ammo siliqlash koeffitsiyenti kamayadi.
Sxemadagi C2 sig‘im esa pulsatsiyani yana ham kamaytirish uchun ishlatiladi.
Tranzistorli emitterli filtrlarning (EF) 52-a rasmda bir zvenoligi, 52-b rasmda ikki zvenoligi keltirilgan va ular KF tranzistorli filtrlarga nisbatan
quyidagi yutuqlarga ega: kirish qarshiligi kam (1 W dan kam); avtomatik siljitish holati bazada ishlatilganda muhit haroratining o‘zgarishi sxemaga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi.
Bu filtrlarda KF filtrlarga nisbatan C2 kondensator olib tashlangan, bu esa qsil aytarlik oshirmaydi. R1 qarshilikning FIK ning oshirishga olib keladi.
Yuklamaning tranzistor bilan parallel ulangan turi (53-rasm) kam kuchlanishli va ko‘p tokli sxemalarda filtr sifatida ishlatiladi.
Bu filtrlarda yuklamaga parallel ulangan tranzistor LC filtrlardagi C bilan ketma-ket ulangan. Bu filtrlar chiqishdagi kuchlanish orqali bosh-qariladi. Shuning uchun uning xarakteristikasi tashqi muhit ta’siriga kam beriluvchandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |