O’zgaruvchan tok kollektorli mashinalari asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tkakollektor qurilmasining tez-tez profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy xo'jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi.
O‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida aylanish chastotasi keng kolamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash sistemalarida esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida keng foydalaniladi. Transformator — o‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartiradigan (bu jarayonda chastota f - const) Statik (aylanuvchi qismi bo‘lmagan) elektromagnit o‘zgartgichdir. Lekin transformatoming ishlash prinsipi ham elektr mashinalariniki singari elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi va o‘zgaruvchan tok mashinalaridagi fizik jarayonlar ko‘p jihatdan transformatordagiga o'xshaganligi uchun ushbu kursda transformatorlar nazariyasi asoslarini o ‘rganish o'zgaruvchan tok mashinalari nazariyasini yanada chuqurroq tushunib olishga imkon beradi. Elektr mashinalari quyidagicha tasniflanadi, ya’ni quvvatiga ko‘ra: 1) 500 W gacha — elektr mikromashinalari; 2) 0,5< P
200 kW — katta quwatli; aylanish chastotasiga ko‘ra: a) n = 300 ayl/min. gacha — kam tezlikli; b) n =300 -s- 1500 ayl/min — o‘rta tezlikli; d) 1500 < n < 6000 ayl/min — katta tezlikli; e) n > 6000 ayl/min — o ‘ta katta tezlikli elektr mashinalari. Elektr mashinalarida rotor va stator magnit maydonlarining o'zaro qo‘zg‘almasligi hamda elektr mashinalarining generator va motor rejimlarida ishlash mumkinligi elektr mashinalari nazariyasining asosiy qoidalaridir. Elektr mashinalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablar. Umumiy maqsadli elektr mashinalariga qo‘yiladigan asosiy talablar xalqaro yoki MDH standartlari tomonidan belgilanib, ular quyidagilardan iborat: 1) ishda ishonchliligi yuksak bo'lishi; 2) energetik ko’rsatkichlari yuqori boiishi; 3) gabarit o ‘lchamlari, massasi va narxi imkon qadar minimal bo‘lishi; 4) konstruksiyasi ishlab chiqarishda oddiy va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlatishda o ‘ng‘ay bo‘lishi zarur. Har qaysi elektr mashina ekspluatatsiyaning aniq sharoitlarida (yuklamaning rejimi, ruxsat berilgan o ‘ta yuklama, kuchlanish, o‘zgaruvchan tok chastotasi, aylanish chastotasi, sovitish muhitining temperaturasi, dengiz sathidan balandligi, namlik va boshqalarda) ishlashga hisoblangan bo‘ladi. Bu sharoitlarda mashina belgilangan (davriy ta’mirlashlar orasidagi) vaqt m obaynida avariyasiz va buzuqliklarsiz nominal quwatda ishlay olishi zarur. M ashinaning ishda ishonchliligini ta’minlash maqsadida uni loyihalashda hisobga olish, ishlab chiqarishda yuksak sifatli texnologiyani qo‘llash va ishlatishni to‘g‘ri tashkil qilish (loyihada belgilangan rejimda ishlatish va profilaktik ta’mirlarni o ‘z vaqtida bajarish) zarur bo‘ladi.