Diniy ekstremistik harakatlar va mafkuralarning tarixiy ildizlari
Ekstremizm keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralar tarafdori, ma’nolarni anglatadi. Bunga siyosiy-ijtimoiy hayot tarzi mohiyatan qo‘shilganda juda dahshatli tus oluvchi oqim vujudga kelar ekan. Ekstremizm lug‘aviy ma’nosiga nisbatan juda keng tushuncha bo‘lib, yuqorida keltirilgan ma’naviy talqinlar uni toraytirib qo‘yadi, shuning uchun uning nafaqat mazmuni balki mohiyatiga muayyan tarzda yondashish kerak. Brinchidan, ekstremizm tarafdorlarining dunyoqarashlari, o‘z davri va jamiyati qabul qilgan yashash qoidalariga, qadriyatlariga keskin qarshi chiqishdir. Masalan, bugungi islom ekstremizmi mohiyatan islomiylashishi fundamentalizm asoslariga qaratilgan. Ikkinchidan, ekstremizmning fe’l-atvorida olamga «oq-qora nigoh» bilan qarash, hammani ikkiga bo‘lish, ya’ni «yaxshi va yomon», «ezgulik va razolat», «Kim biz bilan bo‘lmasa, u bizga qarshidir» degan qat’iy xulosalarga itoat etish mavjud. Natijada u jamiyatning past savodli, kambag‘al, qoloq qismiga qattiq ta’sir etadi. Shuningdek, uning yana bir atvoriga e’tibor berish zarurki, bu faol harakat ko‘p jihatdan tajovuzkorlikka asoslanadi.
Yuqoridagi fikrlarni amaliy xolatga ko‘rish uchun Prezident I.A.Karimovning quyidagi so‘zlariga e’tibor berish kifoya deb bilamiz: «Avvalambor, ular yoshlarni o‘z ta’siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-hushuni yo‘qotgan mana shunday odamlarni tayyorlab, keyin qo‘liga qurol beradi. Ularni o‘z Vataniga, o‘zini odam qilib voyaga yetkazgan el-yurtiga qarshi qo‘yadi».
Diniy ekstremizmning bugungi kunda vujudga kelishi va o‘sishining asosiy obektiv va subektiv omillari mavjud. Bular diniy va milliy o‘zlikning keskin o‘sishi, ma’lum qatlamlar va guruhlarning kuch bilan siyosiy hokimiyatni ag‘darib, davlat va jamiyatni islomiylashtirishga intilishiga borib taqaladi. Diniy ekstremizmning eng dahshatli xolati shundaki, u davlat, xalq chegarasini bilmaydi, g‘araz niyatlarga to‘siq bo‘lmaganidek, bular ham o‘rmalab tarqab boradi. «Ming afsuski, - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - biz bunday urinishlarning zararli afsona ekanini tushuntirib berishga ikkinchi darajali masala, deb qaraymiz»1.
Markaziy Osiyo Mintaqasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib ko‘plab: Rossiya, Xitoy, AQSH, Pokiston, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar va BMT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning munosabatlarida, manfaatlar to‘qnashuviga olib keluvchi 55 mln aholi, 4 mln kv. km hududga ega bo‘lgan, 130 dan ortiq turli xalqlar va etnik guruhlar yashovchi hamda dunyodagi 4 ta asosiy dunyo dinlariga e’tiqod qiluvchi aholi yashaydigan yagona mintaqadir.
Ko‘pgina radikal kuchlar Markaziy Osiyo hududida, kelajakda vujudga keladigan arab xalifaligining tarkibiy qismi sifatida «FANO» islom davlatini tashkil etishni maqsad qilib faoliyat yuritmoqdalar. (FANO – Farg‘ona, Andijon, Namangan, Osh viloyatlarini qisqartirilgan nomlari).
Mintaqada faoliyat olib borayotgan asosiy diniy ekstremistik kuchlar – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekistonda faoliyatda yuritayotgan «Turkiston islom xarakati» hamda «Hizbut-Tahrir al-Islomi» (Islom ozodlik partiyasi) hisoblanadi. Shuningdek «Musulmon birodarlar» Qozog‘istonda Osh shahrida «Islom taraqqiyot markazi», Farg‘ona vodiysida «Akromiylar» islom diniy harakati tarafdorlari faoliyat yuritmoqdalar.
Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan barcha diniy ekstremistik va terroristik harakatlar o‘z faoliyatlarida nafaqat g‘oyaviy tajovuz, balki faol amaliy harakat ham olib bormoqdalar.
2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda «Akromiylik» diniy ekstremistik tashkiloti qatnashchilari tashqi kuchlar yordamida Andijon shahrida Xarbiy qismga va ichki ishlar qismiga xujum qildilar. Andijon turmasini egalladilar. Viloyat hokimligi binosini ham egallab oldilar. Jangarilar o‘z harakatlariga qamoqxonadan chiqarilgan ashaddiy jinoyatchilar va Qirg‘iziston hududidan suqilib kirgan 70-80 nafar jangarilar bilan harakat qildilar. Ular oddiy xalqni ham o‘zlarining saflariga qo‘shishga harakat qildilar. Ammo xalqimiz ularning aldovlariga uchmadilar va aksincha ularning harakatlarini qoraladilar.
Andijonda sodir etilgan qonli voqealarning mantiqiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, uning ijrochilari xalqaro diniy ekstremistik oqim «Hizbut-Tahrir» ning Andijondagi ko‘rinishi – «Akromiylar» guruhi vakillari bo‘lsa-da, fojealar ssenariysi aslida mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqilgan. Uning «dirijyorlari» ham, g‘oyaviy ilhomchilari ham, moliyaviy homiylari ham yurtimizdan ancha olisda bo‘lgan siyosiy doiralar, xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlardir. Bu terroristik aktga hozirda xorijda «Turkiston islom harakati» nomi bilan faoliyat yuritayotgan vatangado kimsalar ham o‘z «hissalarini» qo‘shganlari turgan gap.
«Andijon voqeasi» o‘zining miqyosi va xunrezliklariga ko‘ra terrorizm va diniy ekstremizm mintaqa tashqarisidan berilayotgan madadga tayanib mintaqada faollashayotganini ko‘rsatmoqda.
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinib, faoliyatini yanada oshirishga intilmoqdalar.
Hozirgi davrning eng dolzarb muammosi, bizningcha mintaqadagi diniy ekstremistik tashkilotlarning asl mohiyatini hamda maqsadlarini keng aholi ommasiga, ayniqsa, yoshlarga tushuntirib borish va bu boradagi mafkuraviy ishlarni jonlantirish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |