Bu holatlar integrasiyalashgan hisob tizimini joriy etishdan maqsad
korxona rahbariyatining to'liq ishonchli va tezkor axborot olishi, ularni tahlil
qilishi hamda shu asosda to'g'ri boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun
mo'ljallangan bo'lishi zarurligini anglatadi.
Integrasiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to'plash va
qayta ishlash korxonaning quyi bo'linmalari (sexlar)dan boshlanadi. Shundan
so'ng, to'plangan axborotlar korxonaning yuqori bo'ginlarida moliyaviy
hisobot shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. Shu tartibda,
korxonada yagona axborot tizimi shakllanadi.
Korxonalarda integrasiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
- hisobning tezkorligi va ishonchliligini taminlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |