6-mavzu: Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish asoslari
Reja:
1. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari
2. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi o’qitish metodlari
3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish texnologiyalari
***
Tayanch tushunchalar
: ta’lim, boshlang’ich, pedagogika, o’qitish, qonuniyat, tur, metod,
bilim, yondashuv, o’zlashtirish, o’rganish, ko’nikma, malaka.
***
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari.
Boshlang’ich ta’lim
pedagogikasida o’qitish qonuniyatlari umumpedagogik qonuniyatlarga asoslanadi. Pedagogik
olimlarning fikricha, o’qitish qonuniyatlari ichki va tashqi qonuniyatlarga bo’linadi.
1
Bunda
qonuniyat
deganda o’quv jarayonining tashkiliy, uzviy, uzluksiz va maqsad- muddaolarining
o’zaro bog’liqligi tushuniladi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasining
ichki qonuniyati
quyidagilardan iborat:
-
bilish va amaliy ko’nikmalar o’rtasidagi muammolarni hal etish, o’quvchilarning
bilim, ko’nikma va malaka asosida aqlini rivojlantirish;
-
o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi hamda u asosda o’qitish samaradorligiga erishish;
-
o’quvchilarning faolligi va u asosda o’qitishning natijaviyligini ta’minlash;
-
o’quvchilarning bilmaslikdan bilishga o’sib borishini tarkib toptirish.
E’tibor berilsa, o’qitishning ichki qonuniyatlari bevosita pedagogik jarayon bilan
bog’liqdir.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning
tashqi qonuniyatlari
quyidagilardan
iborat:
-
o’qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarining ijtimoiy yo’naltirilganligi;
-
ta’lim oluvchini rivojlantirish;
-
o’qitishning hamisha nimanidir o’zlashtirishga yo’naltirilganligi;
-
ta’lim oluvchilarni atrof-muhitga olib kirish.
Mazkur tashqi qonuniyatlar o’qitishning samaradorligiga yo’naltirilganligi bilan
xarakterlanadi.
Boshlang’ich sinf o’qitiuvchisi ta’lim va tarbiya jarayonida ana shu pedagogik
qonuniyatlarga qat’iy amal qilishi kerak. Aks holda o’qitishning maqsad va vazifalarigi erishib
bo’lmaydi. Asosiy e’tibor o’quvchilarning bilim olishi, ko’nikmalarni o’zlashtirish va
tarbiyalanishiga qaratilishi kerak. SHu jihatdan boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitish
qonuniyatlarining asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
-
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar;
-
davlat ta’ldim standartlari;
-
pedagogik ilmiy tadqiqotlarning xulosalari;
-
ilg’or o’qituvchilarning tajribalari.
Butun dunyo miqyosida boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning qonuniyatlari
bola huquqlarining ustuvorligi, tabiiylik va ijtimoiylik tamoyillariga tayanadi. SHu jihatdan
boshlang’ich ta’lim pedagogikasida o’qitishning qonuniyatlarini belgilashda quyidagi
tamoyillarga asoslaniladi:
-
ma’lumotlarni uzatishda qat’iylikka amal qilish;
-
bilim berish va o’qitishda tizimlilik;
-
ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini tarkib toptirish;
-
nazariya va amaliyot uyg’unligi;
-
o’qitishning turli imkoniyatlaridan foydalanish;
-
xalqchillik.
Bu tamoyillar o’qitishning qonuniyatlari negizini tashkil qiladi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |