Pedagogik o’zaro ta’sir – pedagoglar va bolalarni bir-birlariga ta’sir
ko’rsatishlari sifatida belgilanadi, buning natijasida bolalarni shaxs sifatidagi o’sishi
amalga oshiriladi. Ushbu tushuncha, ilk bora maktabgacha tarbiya kontseptsiyasida
ishlatilgan bo’lib, uni V.A.Petrovskiy rahbarligi ostida mualliflar jamoasi ishlab
chiqqan. Ushbu kontseptsiyada o’quv-intizomiy va shaxsga-orientirlangan modellar
bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan. SHu bilan birga, tan olinadiki, ta’lim tizimida
ko’p vaqt aynan o’quv-intizomiy model ustivor bo’lgan, uni shaxsga-orientirlangan
va pedagogik o’zaro ta’sir modellari bilan almashtirish ishonchli isbotlangan.
SHaxsga-orientirlangan yondashuvda o’zini o’zi anglashning shaxsga
qaratilgan mexanizmlarini qo’llashni muhimligi to’g’risida oxirgi yillarda nashr
qilingan
ko’pchilik
ilmiy
ishlar
dalolat
beradi
(V.A.Petrovskiy,
Ye.V.Bondarevskaya, V.V.Serikov, I.S.Yakimanskaya va b.).
Mashxur psixolog V.A.Petrovskiyni bolaning sub’ektivliligiga bag’ishlangan
ishlarining asosida uchta strategik tamoyil yotadi: ta’lim modelining variativligi;
intellekt, affekt va harakatning sintezi; startning ustivorligi (har bir bola, faoliyatni
oldindan o’zi uchun eng katta qadriyatga ega bo’lgan turlarini tanlash imkoniga ega
bo’lishi kerak).
Mazkur tamoyillar ishning uchta yo’nalishlarida amalga oshiriladi:
1) bilishga intilishlarni rivojlantirish (o’quv jarayonini intellektual hissiyotlar
bilan boyitish);
2) irodaviy intilishlarni rivojlantirish (bolaning erkinligi va har xil
chegaralashlar, man etishlar o’rtasida muvozanatni o’rnatish);
3) hissiy intilishlarni rivojlantirish (shaxsning bilish va irodaviy sohalarini
rivojlantirish uchun asos hisoblangan hissiy muhitni yaratish).
Mazkur tamoyillarni qo’llash bolaning sub’ektivligini shakllanishi uchun
istiqbolli hisoblanadi.
Orientirlangan yondashuv, shaxsning harakat faoliyatiga nisbatan, faollikning
sub’ekti bo’lish imkoniyatini haqiqiy harakat faolligiga o’tish imkoniyati uchun
sharoitni tashkil qilish sifatida ko’rib chiqiladi. Bunday sharoitlar bola tomonidan
harakatlarni (harakatli “kreativ maydon”ni kengaytirishni, jismoniy “Men obrazi”ni
shakllantirishni) amalga oshirishda mustaqillikni namoyon qilishi paytida yuzaga
keladi.
Harakat faoliyati jarayonida sub’ektiv “Men”ni shakllantirish bolaning
diqqatini chiroyli tanaga jalb qilinishi, bola tomonidan atrofidagi katta odamlarning
chiroyli harakat xulq-atvorini vizualizatsiya qilinishi sharoitlarida amalga oshiriladi
(L.E.Simoshina).
Bolalarni
chiroyli
obraz
strukturasidagi
harakatlarni
o’zlashtirishga bo’lgan ishtiyoqini ritmik gimnastika, sport raqslari yordamida
amalga oshirish mumkin. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni, akrobatika
elementlarini, badiiy gimnastika va raqsning ritmik musiqalarini muvaffaqiyatli
uyg’unlashtirilishi xususiy harakat obrazini chiroyli tana obrazi bilan bir vaqtda
modellashtirilishiga ta’sir ko’rsatadi.
V.T.Kudryavtsev bolani harakat faoliyatidagi sub’ektivliligi muammosiga
ko’p e’tibor qaratgan bo’lib, u, aynan shu asosda, bolalarda shaxsiy tanasiga, uning
holatiga va imkoniyatlariga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish mumkin, deb
hisoblaydi. V.T.Kudryavtsev rahbarligi ostida bajarilgan ishlarda, harakat etalonlari
oldindan katta odamlar tomonidan belgilanadi, lekin bola tomonidan tayyor holda
emas,
balki
muammoli
shaklda
o’zlashtirilishi
qayd
qilingan.
Muammolashtirishning instrumenti etalonni inversiya qilish – “qayta burash”
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, mazkur texnologiya nazariy va tajribaviy asoslangan,
uni, sog’lom va salomatligi kuchsizlangan bolalar bilan ishlashda qo’llaniladigan
dasturiy-uslubiy va instrumental-tashhis (monitoringli) ta’minoti yaratilgan.
Pedagogda shaxsga orientirlangan yondashuvning mazmuni, tuzilishi va
strukturasi to’g’risida tasavvurni mavjudligi, mazkur orientatsiyaga mos ravishda
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish ishlarining
konkret shakllarini ancha maqsadga yo’naltirilgan va samarali modellashtirish va
tuzish imkonini beradi.