Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam ber adi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (rasional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalg`ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma`lumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |