Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy
jarayonlar alohida ajratib ko’rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil
psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o’sha
faoliyat bilan belgilanadi.
Xotira mexanizmlarini o’rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan
boshqalaridan ustunroq bo’lib, fanda turli yo’nalishlar va nazariyalarning ilgari
surilganligi bilan ma‘lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining
shakllantirilishida subektning faolligi qanday rol o’ynashiga va faollikning
mohiyatiga qanday yondashuviga bog’liq holda tasniflash va baholash mumkin.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga
tushirish jarayonlari sodir
bo’ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog’liqligi xotiraning har xil turlarini
ajratish uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari
uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo’linadi:
1)
faoliyatda ko’proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga
qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so’z-mantiqli turlarga bo’linadi;
2)
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko’ra
ixtiyorsiz va ixtiyoriy
turlarga bo’linadi;
3)
materialni gancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra
(uning faoliyatdagi roli va tutgan o’rniga bog’liq ravishda) xotira qisqa muddatli,
uzoq muddatli va operativ turlarga bo’linadi.
Shu o’rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab
bolish tavsiya etiladi:
Anglanganlik qonuni.
Oddiy, lekin murakkab qonun, ya‘ni berilgan
materialni
qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan
bo’lamiz.
Qiziqish qonuni.
Anatol Frans «Bilimlarni
yaxshi hazm qilish uchun uni
ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli
qiziqish
bilan
munosabatda bo’lishimiz va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Ilgarigi bilimlar qonuni.
Ma‘lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p
bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari
o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, siz
ilgarigi tajribangizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar tajribaga
aylangandagina yangilariga zamin bo’la oladi.
Eslab qolishga tayyorgarlik qonuni.
Biror materialni eslab qolishdan avval,
bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab
qolasiz. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak deb, muhimligini
anglasangiz, u narsa xotirada muhim saqlanadi.
Assotsiatsiyalar qonuni.
Bu qonun haqida
eramizdan avval Arastu ham
yozgan. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada
ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, muayyan xona o’sha erda ro’y bergan hodisani
ham eslatadi.
Ketma-ketlik qonuni.
Harflarni alifbodagi tartibida yoddan aytish oson, uni
teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum tartibda
joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga
muvofiqdir.
Kuchli taassurotlar qonuni.
Eslab qilinadigan narsa to’g’risidagi birinchi
taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador
obraz ham shunchalik yorqin
bo’ladi va siz uchun ahamiyatli ma‘lumotlar oqimida eslanayotgan material ham
yaxshi esga tushadi.
Tormozlanish qonuni.
Har qanday yangi ma‘lumot o’zidan oldingi
ma‘lumotni tormozlaydi. Oldingi ma‘lumotning o’chib ketmasligi uchun, yangini
esda saqlashdan avval, uni mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak
3
.
Kasb xodimlari faoliyatida «kasbiy xotira -
xodimning ilgari idrok etib
amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor xizmat faoliyatiga aloqador va uni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma‘lumotlarni
eslab qolish,
esda saqlash va keyinchalik yana xotirada qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi
xislat»
4
.
Kasb xodimlaridan faoliyatini tashkil etishda xotiraning muvaffaqiyatga
erishtiruvchi asosiy jarayonlarini bilish talab etiladi. Xotirada axborotni eslab
qolish, keyin esga tushirish jarayoni subekt faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi va
bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq.Faoliyatning maqsadi bilan
bevosita bog’liq material ko’proq
esda qoladi, u hatto astoydil esda saqlash
jarayonidan ham kuchli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: