Kasbiy diqqat
yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va
keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima,
qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi
jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va
mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni
to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:
-
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya‘ni ish joyini
saranjomlash, yorug’likka qulay joylashib olish;
-
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko’rish;
-
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish,
aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan
11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi
yuqoriligini kuzatish mumkin).
Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik
xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi
olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham bir so`z
bilan ruhiy, psixik hodisalar deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi
hisoblangan psixik holatlar deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish
xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks
ettirishlari, sog`lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki horg`in,
charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq
qiladi. Psixik xususiyatlar deganda odam – sub'ektning betakror, bir-biridan farq
qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning temperamenti,
qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar
yetakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.
Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va
inson ongining yaxlit
mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida
namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Narsa yoki hodisalarning sezgi a ‘zolariga bevosita ta ‘siri jarayonida kishi
ongida uning aks etishi idrok deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda
narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga birlashuvi yuz beradi.
Qo’zg’atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o’laroq,
idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda
idrok alohida sezgilar yig’indisi tarzida emas, balki hissiy bilishning o’ziga xos
xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Kasb
xodimlari faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan
hodisa, holat, obektlardan predmetli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit
holda ongida aks ettirish, oddiy shaxs ko’ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez
va oson ilg’ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodimda illyuzion
(noto’g’ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish jarayonida
kishi ongida aks etishiga sezgilarning tartibga solishi hamda narsalar va voqea-
hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi.Idrokning sezgidan farqi,
narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks
ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi,
strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok narsalarni
umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok
alohida sezgilar yig'indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o'ziga xos
xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Idrokning ancha muhim xususiyatlari predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik,
barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.
Idrokning predmetliligi ob'ektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada,
ya'ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligida ifoda
etadi. Bu xildagi mansublik bo'lmasa, idrok kishining amaliy faoliyatida o'zining
mo'ljal oldirish va yo'naltirishdan iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning
predmetliligi tug'ma xislatga kirmaydi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-
harakatni boshqarishda alohida rol o'ynaydi. Idrokning yana bir xususiyati uning
yaxlitligidir. Sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks
ettiradigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O'z-
o'zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida
turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib
topadi. Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog'langandir. Idrok ma'lum
darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki
oddiy yig'indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va
birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz.
Agar kishi birorta kuyni tinglayotgan bo'lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi
eshittira boshlangandan keyin ham uning qulog'iga chalinayotganday tuyulaveradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan
ob'ektlarning o'ziga xos xususiyatlarida va, ikkinchi tomondan, insonning aniq
faoliyatida gavdalanadi. I.M.Sechenov ta'kidlaganidek, idrokning yaxlitligi va
strukturaliligi analizatorlarning reflektor faoliyatining natijasidir.
Idroknnig doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari
o`zgarishiga qaramay, narsaga xos bo`lgan kattalik, shaql, rang va boshqa
xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir xilda aks etishidir. Masalan, yoritish
darajasi o`zgarishiga qaramay, biz qorni oq, ko`mirni qora narsa sifatida idrok
qilaveramiz. qizil chiroq ostida kitob sahifasi qizil bo`lib ko`rinsa ham uni oq deb,
samolyotdan qaraganda erdagi odamlar va narsalar kichkina bo`lib ko`rinsa ham
ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. Kitob qanday ko`rinsa ham
uni to`rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko`rinsa ham uni butun deb idrok
qilamiz. Narsalarning shaqli, katta kichikligi, rangini doimo bir xilda idrok qilish
amaliy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Idrokning konstantliligi tevarak
atrofdagi narsalarni aslida qanday bo`lsa shundayligicha ob'ektiv ravishda bilishga
imkon beradi.
Pertseptiv sistemaning faol ta'sir ko`rsatishi idrok konstantliligining haqiqiy
manbaidir. Bir narsaning bir necha ko`rinishda bo`lishi uning invariantliligi deb,
ya'ni obraz invariantliligi, xilma xilligi deb aytiladi.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o`tmish tajribasiga bog`liq bo`lib, bu
xususiyat appertseptsiya deyiladi.
Demak, idrok faqat narsaga emas, idrok etayotgan sub'ektning o`ziga ham
bog`liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok
etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qizikishlari, intilishlari,
istaqlari va his-tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi. (qandaydir shaqllarni
«uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish).
Shunday qilib, idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloqa
mexanizmi mavjud bo`lgan va idrok etilayotgan ob'ektning xususiyatlariga hamda
uning hayot sharoitlariga moslashadigan, o`zini-o`zi tartibga soluvchi o`ziga xos
hodisa ekanligi bilan ham izohlanadi.
Idrokning anglangan bo`lishi. Garchand idrok qo`zg`atuvchisining
retseptorlarga bevosita ta'siri natijasida hosil bo`lsa ham, pertseptiv obrazlar
hamisha muayyan ma'noli ahamiyatga ega bo`ladi. Kishining idroki uning
tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib etishi bilan, uning ko`plab
xossalarini bilishi bilan ham bog`liqdir. Narsani anglab idrok etish - unga fikran
nom berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga
kiritish, uni so`z vositasida umumlashtirish demakdir. Shu nuqtai nazaridan
olganda goh shaql, goh fon navbatma navbat idrok etish, «Ikki mazmunli» deb
ataladigan rasmlar bilan tajribalar o`tkazish diqqatga sazovordir. (Kubiklar
nechtaq, vaza yoki bir biriga qarab turgan odamlarmiq va hokazo rasmlar.)
Shunday qilib, idrok sub'ektning bundan oldingi tajribasiga bog`liq bo`ladi.
Kishining tajribasi qanchalik boy bo`lsa, uning bilimlari qanchalik boy bo`lsa,
uning idroki shunchalik to`liq bo`ladi, buyumda u shunchalik ko`p narsalarni ko`ra
oladi.
Idrokning mazmuni kishi oldiga qo`yilgan vazifa bilan ham uning faoliyati
sabablari bilan ham belgilanadi.Sub'ektning ustanovkasi (yo`l-yo`rig`i) ham, his-
hayajonlari ham idrok mazmuniga ta'sir etadi.
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. I.P.Pavlov idrokning negizini
tevarak-atrofimizdagi narsalar va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida
bosh miyaning katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan shartli reflekslar,
muvaqqat nerv boshlanishlari tashkil etishini ko'rsatib bergan edi. Idrok sezgilarga
qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish-umumlashtirish faoliyati
hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib idrokning anglangan bo'lishi mumkin emas.
Idrokning negizi nerv bog'lanishlarining ikkita turidan-bitta analizator doirasida
hosil bo'ladigan bog'lanishlardan va analizatorlararo bog'lanishlardan tarkib topadi.
Idrok-sezgi a'zolarimizga ta'sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks
etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim
xossalarini esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug'ini esa
sezamiz,
og'zimizdagi
qandni
idrok
qilamiz,
uning
shirinligini
esa
sezamiz.Kishining idroki uning tafakkuri bilan narsaning mohiyatini tushunib
etishi bilan chambarchas bog'liqdir. Narsani ongli idrok etish-unga fikran nom
berish, ya'ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish,
uni so'z vositasida umumlashtirish demakdir. Idrok shunchaki sezgi a'zolariga ta'sir
qiladigan qo'zg'atuvchilarning oddiy yig'indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud
ma'lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo'llarini Idrokda-1) idrok
jarayonini, ya'ni ongimizni bevosita aks ettiruvchi faoliyatni va 2) narsalarni idrok
qilishdan hosil bo'ladigan sub'ektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim. Idrok
murakkab ruhiy jarayondir. Bu murakkablik avvalo shundan iboratki, har bir idrok
tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: dori vositani idrok qilish:
uning shaklini, rangini, sezish-bu ko'rish sezgilaridir. Hidini sezish shirin-
chuchukligini sezish, og'ir-engilligini, qattiq-yumshoqligini sezish va boshqa
sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida shu ayrim sezgilar
idrokning reseptiv tomonini tashkil qiladi.
Idrokning nerv-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari yig'indisining
ta'g'siri bilan hosil bo'ladigan muvaqqat bog'lanishlar tizimidan iboratdir. Har bir
narsadagi xossalarning shu yig'indisiga qarab, biz narsalarni bir-biridan farq
qilamiz. Idrok xotira, hayol, diqqat, tafakkur, nutq kabi ruhiy jarayonlar bilan
chambarchas bog'langandir. Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning
sezgi a'zolarimizga ta'sir qilib turishi natijasidagina emas, balki shu bilan birga
idrok qilayotgan odam o'zining olamni bilishi va amaliy faoliyatida yon -atrofdagi
narsalarga ta'sir qilishi natijasida ham vujudga keladi.
Idrokning tavsif qilinishida ham xuddi sezgilardagi kabi idrok qilishda
ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga asoslanadi. Idrok etishda qaysi
bir analizator ustunroq kelganiga muvofiq tarzda ko'rish, eshitish, paypaslab
ko'rish, hidlash va ta'm bilish yo'li bilan idrok qilinishi farqlanadi.
Idrok qilish jarayoni, odatda o'zaro birgalikda harakat qiladigan bir qancha
analizatorlar vositasida sodir bo'ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada
idrokning barcha turlarida ishtirok etadi. Misol tariqasida teri tuyushi analizatori
ishtirok etadigan paypaslab turib idrok etishni ko'rsatish mumkin. Shunga o'xshab
eshitish va ko'rish orqali idrok etishda harakat analizatorlari ham ishtirok etadi.
Idrokning har xil turlari sof holida kamdan-kam uchraydi, odatda ular bir-birlari
bilan uyg'unlashib ketadi va natijada idrokning murakkab turlari hosil bo'ladi.
Jumladan, o'quvchining dars paytida matnni idrok qilishi ko'rish, eshitish
idroklarni o'z ichiga oladi. Materiyaning mavjud bo'lish shakllari-fazo, vaqt va
harakat idrokni tasniflashga binoan fazoni idrok etish, vaqtni idrok etish va
harakatni idrok etish alohida ajratib ko'rsatiladi.
Idrok jarayoni ikki xil bo'ladi: ixtiyoriy va beixtiyoriy idrok. Oldindan
belgilangan maqsadga qarab muayyan bir oyu'ektni idrok qilish ixtiyoriy deb
ataladi. Bemor holati bilan tanishish, kasallik tarixi varaqasiga kiritilgan vrach
ko'rsatmalarini qarab chiqish, bemor shikoyatlarini tinglash ixtiyoriy idrokka misol
bo'la oladi. Muayyan bir ob'ektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus
tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni beixtiyoriy idrok deb
ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor o'ziga jalb qiladi.
Masalan: uzoqda kelayotgan shoshilinch yordam mashinasi, palatadan to'satdan
chinqirgan ovozni eshitamiz. Fazoni idrok qilinishi kishining o'zini qurshab turgan
muhitni chamalashining muqarrar shartlaridan bo'lib, uning ushbu muhit bilan
o'zaro birgalikdagi harakatida katta rol o'ynaydi. U ob'ektiv ravishda mavjud
bo'lgan fazoning aksini ifoda etadi va ob'ektlarning shakli, hajmi va o'zaro
birgalikda joylashuvi, ular sathi, olisligi va yo'nalishlarining idrok etilishini o'z
ichiga oladi.n Fazoni chamalashda harakat analizatori alohida rol o`ynaydi. Fazoni
chamalashning maxsus qurollari qatoriga analizatorlar faoliyatida har ikkala yarim
sharlar o`rtasidagi nerv bog`lanishlarini: binokulyar ko`rishni, binoural eshitishni,
terining bimanual tuyishini, dirinik hid bilishni va shu kabilarni kiritish lozim.
Ko`zlarning turli olislikdagi narsalarni aniq ravshan ko`rishga moslashuvi 2 ta
mexanizm - akkomodatsiya va konvergentsiya yordamida yuz beradi.
Akkomidatsiya - ko`z gavharining egriligini o`zgartirish yo`li bilan uning
aksini sindirib qaytarish qobiliyatini o`zgartirish demakdir. Akkomodatsiya, odatda
konvergentsiya bilan ya'ni ko`rish o`qlarini qayd qilinayotgan narsaga
yo`naltirilishi bilan bog`liqdir. Konvergentsiya burchagi bevosita masofa indikatori
ya'ni o`ziga xos masofa o`lchagich (dalnomer) sifatida foydalaniladi. Ikkita
qo`zg`otuvchi - narsaning ko`z to`rpardasidagi tasviri akkomodatsiya hamda
konvergentsiya natijasida ko`zdagi mushaqlarning zo`riqishi o`lchamlari bir biriga
moslangan holda birga qo`shilishi idrok etilayotgan narsaning hajmi haqidagi
shartli refleks tarzidagi signal hisoblanadi. (Uzoqlikni va chuqurlikni idrok qilish,
emaqlaydigan bolaning oyna ko`prik ustidagi harakati, zinalar nechta, kubiklar
nechtaq Va boshqa misollar).
Odam ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina
eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi
taassurotlardan o’zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual
tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi
dunyoning miya qobig’ida hosil bo’ladigan obrazlari beiz yo’qolib ketaversa,
tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo’lmay dolar edi. Bu obrazlar bir -biri
bilan o’zaro turli xil aloqalar bog’lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi
hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |