Nikoh va oila.
Nikoh tushunchasi erkak va ayol kishi o`rtasidagi munosabatlarning
jamiyat tomonidan saktsiyalanadigan va tartibga solinadigan, ularning bir-biriga va
farzandlariga nisbatan huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan shaklini anglatadi.
Oila – nikohga yoki qon-qorindoshlik munosabatlarga negizlangan kichik guruh bo`lib,
uning a`zolari maishiy hayotining umumiyligi, o`z-aro axloqiy mas`uliyat va o`z-aro
yordam bilan bog`langan. Oilaning yuridik asosi erkak va ayol o`rtasidagi nikoh
munosabatlarning
jamiyatda
mavjud
bo`lgan
qonunlarga
mos
ravishda
rasmiylashtirilishidir. oilaning axloqiy-diniy negizlari cherkov obro`siga tayanadi.
Oila
– jamiyatning birlamchi, elementar bo`g`ini, u er va xotin, ota-ona va farzandlar
o`rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi, oila barqaror ijtimoiy jamoa sifatida namoyon
bo`ladi. oila bir qator funktsiyalarni bajaradi:
- reproduktiv (odamni dunyoga keltirish, farzandning tug`ilishi, odamzod naslini
davom ettirish);
- tarbiyaviy (farzandlarni tarbiyalash, ularning ijtimoiylashuvi, ularga an`analarni,
mehnat ko`nikmalarini etkazib berish);
- xo`jalik-maishiy (uy mehnatining turlari, uni tashkillashtirish va oila a`zolari
o`rtasida taqsimlash);
- rekreativ (bo`sh vaqti va dam olishni tashkillashtirish);
- psixologik himoya (o`z-aro hurmat, er-xotinlik va ota-onalik bo`rch, o`z-aro
yordam).
Oila – murakkab hodisa, u o`z ichiga nafaqat jinslar o`rtasidagi tabiiy munosabatlarni,
balki er va xotini, ota-ona va farzandlar o`rtasidagi iqtisodiy va axloqiy aloqalarni ham
qamrab oladi. Har bir insonning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini echishda yordam
beradigan o`z qarashlarini va tuyg`ularini ifodalashga, qo`llab-quvvatlash topishga,
kengashishga, qiziqish bildirishga, qayg`udash bo`lishga imkoniyat beradigan dilkosh
muloqatga ehtiyoji mavjuddir. Muhabbatga asoslangan nikohda, oilada samimiylik,
ishonch, o`z-aro hurmatga to`la alohida atmosfera yaratiladi.
Erkak va ayolning o`rtasidagi munosabatlarning ixtiyoriyligi va teng huquqliligi
barcha joyda, ayniqsa oilada bo`lishi kerak. Nikoh iqtisodiy muhtojlikning ham, ota-
onaning majburlashining ham natijasi bo`lmasligi kerak. Idealda nikoh muhabbatga
asoslanishi zarur.
Muhabbat o`z yo`liga, lekin oilaviy munosabatlar omillarining biri maishiy hayotdir.
Maishat deganda keng ma`noda hayotning ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan
sohalari tushuniladi, ya`ni kishi ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatdan tashqarida
bo`ladigan sharoitlar. Maishat faqat uydagi fayz, qo`layliklardangina iborat emas va
oilaviy munosabatlar bilan cheklanib qolmaydi. Maishat – bu kishilarning kundalik
hayotining rang-barang shakllari: ular kaerda va qanday ovqatlanadi, kiyinadi, qanday
hordiq chiqaradi, kun tartibi, urf-odat va an`analari, bir biri bilan muloqati qanday va
h.k.
Nikoh-oila munosabatlari tarixiy jihatdan o`zgarib turadi.
Nikoh-oila munosabatlarining tarixiy shakllari
promiskuitet
Guruhiy nikoh
Poligam oila
Do'stlaringiz bilan baham: |