6-mavzu: Avtomatik rostlashning vazifalari. Reja Avtomatik rostlov tizimlari tasnifi. Rostlov obektlari xususiyatlari



Download 75,11 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi75,11 Kb.
#825040
  1   2
Bog'liq
6-мавзу


6-mavzu: Avtomatik rostlashning vazifalari.
Reja
1. Avtomatik rostlov tizimlari tasnifi.
2. Rostlov obektlari xususiyatlari.
1. Avtomatik rostlov tizimlari tasnifi.
Avtomatik rostlov tizimlarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin:
1. Rostlanuvchi qiymat turi bo‘yicha –harorat, bosim, chastota, quvvat va boshqalar ;
2.Avtomatik rostlov tizimi turi bo‘yicha –to‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lmagan hamda bilvosita harakatlanuvchi. To‘g‘ri harakatlanuvchida kuchaytirgich bo‘lmaydi. Bunda obektninig rostlovchi organi o‘rnini almashtirishda to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘lchov organni quvvvatidan foydalaniladi. Bunday ART ida rostlovchi organni harakatlantirish uchun sarflanadigan energiya yetarli bo‘lmasligi mumkin. ART ning bilvosita harakatlanuvchi turida kuchaytirgich bo‘lib, u tashqi manbadan taminlanadi va o‘lchov quvvatini kuchaytirish uchun xizmat qiladi va gidravlik, mnavmatik va elektrik tamoyillarda ishlaydi;
3.ARTni rostlashning vazifalari bo‘yicha stabilizatsiyalash tizimi, dasturlash va kuzatish turlariga bo‘linadi. Stabilizatsiyalash tizimi rostlanuvchi qiymatni bir meyorda ushlab turish uchun qo‘llaniladi. Rostlanuvchi qiymatning og‘ishi har xil «g‘alayonlagich» lar tufayli yuz beradi. Bularga yuklama, harorat, bosim, namgarchilik o‘zgarishi kiradi. Bu «g‘alayonlar» kamayishi yoki to‘laligicha yo‘qolishi zarur. Dasturiy rostlov tizimlari rostlov qiymatini oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha rostlash uchun qo‘llaniladi. Ish jarayonida vazifa avtomatik ravishda dastur bo‘yicha o‘zgaradi. Kuzatuv tizimlarida berilgan rostlanuv qiymati keng ko‘lamda malum bo‘lmagan qonuniyat bilan o‘zgaradi, boshqacha aytganda vaqt bo‘yicha istalgan shaklda o‘zgaradi. Ish jarayonida rostlanuvchi qiymat oldindan berilgan qiymat bilan qiyoslanadi va ayni shunga moslanib o‘zgartiriladi, yani uni kuzatadi;
4. rostlanish tamoyili bo‘yicha ART ochiq, yopiq va kombinatsion zanjirli bo‘ladi. Ochiq zanjirli boshqariluvchi ART ga «g‘alayon» bo‘yicha rostlanuvchi tizim misol bo‘ladi. 1a-rasmdagi tizimda rostlov paydo bo‘lgan «g‘alayon» bo‘yicha berilgan va xaqiqiy qiymatlarni solishtirmasdan amalga oshiriladi, yani rostlanuvchi qiymat nazorat qilinmaydi.

1 – rasm. Avtomatik rostlash tizimlari:
a-«g‘alayon» bo‘yicha ochiq holda; b-og‘ish bo‘yicha yopiq holda; v-kombinatsiyalangan holda;
Ushbu tizim «ochiq tizim» deb yuritiladi chunki unda tizim chiqish qismi bilan kirish qismi orasida aloqa yo‘q. Bunday tizimning afzalligi-uning tezkorligida, boshqacha aytganda «g‘alayon» tasirini rostlanuvchi qiymat og‘masdan burun yo‘qotish mumkin. Uning kamchiligi-tizim faqat bosh «g‘alayon» bo‘yicha «xizmat» qiladi, qolgan «g‘alayon»lar va boshqalar)da rostlanuvchi qiymat berilgan qiymatdan og‘adi. ART yopiq zanjirli bo‘lsa (1,b-rasm) qiyoslovchi element TEga berilgan signal dan tashqari teskari aloqa orqali chiqish qismdan signali ham keladi. Shu tufayli bunday tizimlar yana teskari aloqali tizimlar deb ham ataladi yoki, aksariyat og‘ish bo‘yicha rostlanuvchi tizimlar deb yuritiladi. ayirmasi muvofiqlashmagan signal yoki xato deb ataladi. ga ko‘ra regulyator rostlovchi tasir ishlab chiqadi va uni rostlanish obektiga uzatadi. Shu tariqa rostlanuvchi qiymatni berilgan qiymatga to‘g‘rilanadi;
Kombinatsiya (aralash)li ART da yuqoridagi ikkala tamoyil baravar qo‘llanadi, ya’ni “g‘alayon” va og‘ish bo‘yicha (1,v-rasm). Bunday usul bekiq (yopiq) tizimning aniqligini ochiq tizimining tezkorligi bilan birga rostlaydi.
5. ART o‘zining dinamikasi tenglamalari ko‘rinishiga ko‘ra chiziqli va nochiziqli turlarga bo‘linadi. ART da barcha elementlar chiziqli differensial tenglamalar bilan ifodalangan bo‘lsa, bunday ARTi chiziqli deb ataladi. Bu elementlar ichida atigi bittasi nochiziqiy bo‘lsa, u nochiziqiy deb yuritiladi;
6. Rostlovchi parametr va berk zanjirlar soni bo‘yicha ART bir va ko‘p konturli bo‘ladi;
7. Rostlovchi organga tasir etuvchi signal tavsifiga ko‘ra ART uzluksiz va diskret rostlnuvchi tizimlarga bo‘linadi. Uzluksiz tizimda barcha elementlarning chiqish signallari uzluksiz harakatlanib, diskret rostlanuvchida uzilib turadi. Diskret ART impulsli va releli tizimlarga bo‘linadi;
8. Impulsli ART da rostlovchi tasir malum vaqt oralig‘ida poydo bo‘lib turuvchi ketma-ket impulslar orqali olib boriladi. Releli ARTda asosiy funksional element bo‘lib rele xizmat qiladi. Unda malum bir sharoitda chiqish qiymati «sakrash» qobilida harakatlanadi.
ART boshqa ko‘rsatgichlar bo‘yicha ham tasniflanishi mumkin: turg‘un holatga-o‘rnatilish qiymati bo‘yicha, sinxronlash tamoyiliga ko‘ra va boshqalar.

Download 75,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish