6-ma`ruza: Tojikiston hududi mezolit davri yodgorliklari. Reja: Dara-i-Sho‘rg‘or makoni. Tutqovul manzilgohi



Download 39,46 Kb.
bet4/6
Sana06.07.2022
Hajmi39,46 Kb.
#743714
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma`ruza

5.Oshxona manzilgohi Markan-Suy vohasida Uysu muzligidan 12 km. pastda joylashgan bo‘lib, u terrasaga joylashgan ochiq tipdagi yodgorlik hisoblanadi. V.A.Ranov yodgorlikda 250 kvadrat metrdan ortiqroq maydon sathida madaniy qatlamni o‘rgangan. Qazilma jarayonida yodgorlikda 4 ta madaniy qatlam mavjudligi aniqlangan. Birinchi madaniy qatlamdan 2 ta o‘choq qoldig‘i, uning atrofidagi toshlar bilan birgalikda topilgan. Bu qatlamdan qiziqarli mezolit davriga oid tosh qurollari to‘plami qo‘lga kiritilgan. Ular turli uchirindilardan yasalgan qirg‘ich qurollari, ishlov berilgan paraqalar. disksimon ko‘rinishli yirik tosh o‘zaklari hamda SHarqiy Pomir Markan-Suy madaniyatiga xos bo‘lgan, old yon tomonidan paraqalar uchirilib olingan tosh o‘zaklari, ponasimon qurollardan iborat SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bu madaniy qatlamdan turkum bargsimon yoki suyri shaklida ikki taraflama ishlov berilgan uchirmalardan yasalgan o‘q-yoy uchlari topilgan. Ikkinchi madaniy qatlam 30 santimertli chuqurlikdan topilib, birinchi madaniy qatlamdan 15 sm. Qalinlikdagi oraliq, toza qatlam bilan ajralib turadi. Bu madaniy qatlamning, birinchi madaniy qatlamdan farqi shundaki, birinchidan – bu madaniy qatlamdan juda kam miqdorda ishlov berilgan tosh qurollar topilgan, ikkinchidan -bu qatlamdan bir-biriga nisbatan tartib bilan qalangan toshlar konstruksiyasi topildi. 20 metr kvadrat maydonda tekshiruv, qidiruv transheyasi qazilgan paytida, uchinchi va to‘rtinchi madaniy qatlamlar borligi ham aniqlangan. Lekin, V.A Ranovning ko‘rsatishicha bu madaniy qatlamlarni ajratish juda qiyin. Uchinchi madaniy qatlam ikkinchisiga qaraganda pastroqda joylashgan bo‘lib, er qatlamining biroz qoramtirligi bilan ajralib turadi. 5-6 kontrol chiziqlari bo‘yicha to‘rtinchi madaniy qatlam aniqlanganki, bu qatlam ham qoramtir rang bilan ajralib turadi. Bu qatlamlardan ham ishlov berilgan yirik otsheplar, mikroparaqalar, turli tosh o‘zaklari topilganki, ular o‘z ishlov berilishi uslublari va tipologiyasi bilan o‘zidan oldingi qatlamlar tosh qurollaridan farqqilmaydi. SHuning uchun ham V.A.Ranov bu madaniy qatlamlardan topilgan tosh qurollarni tipologik jihatdan tahlil qilib, ularning bir-birlariga o‘xshashligiga asoslanib, mazkur madaniy qatlamlar bir tarixiy davrga mansub degan dastlabki xulosaga kelgan va bu makon ovchilar makoni bo‘lib, ular makonga qayta-qayta kelishib yashashgan deb hisoblagan. Lekin, 1960 yilgi yodgorlikning tadqiqoti natijasida birinchidan ko‘p sonli tosh qurollar topilishi, ikkinchidan tosh qurollarining tipologik tahlili bir tomondan tosh qurollarda so‘nggi paleolit davri tosh qurollarining yasalishi texnikasi kuzatilishi, ikkinchi tomondan «mikrolitli» tosh qurollari industriyasining uchratilishi V.A.Ranovning yodgorlik to‘g‘risida xulosasini o‘zgarishiga asos bo‘lgan. V.A. Ranovning fikricha, Oshxona yodgorligi mikrolit qurollari O‘rta Osiyoning Kaspiybo‘yi hududi qurollariga o‘xshamaydi. SHu asosda, tdqiqotchi SHarkiy Pomir hududida o‘ziga xos xususiyatni namoyon etgan Oshxona materiallari asosida Markan-Suy mezolit madaniyatini alohida mustaqil madaniyat sifatida ajratgan. Markansuy madaniyati xususiyatlari A.P.Okladnikov, F.Debelya, I.Maringer, CHen Te, K. Kunlar tomonidan SHarqiy Pamirga tutash joylardan topilgan yodgorliklar tosh industriyasida kuzatiladi. Masalan, Tibetdagi tosh davri yodgorliklar tosh qurollari to‘plamidagi mikrolitli komplekslarda uchraydi.
Oshxona, Istiq yodgorliklari V.A.Ranov tomonidan 1958, 1960-1964 yillari, V.A.Jukov tomonidan 1975-1976 yillar mobaynida o‘rganilagan (Tojikiston FA instituti, Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi, Pomir otryadi). SHarqiy Pomir hududida Istiq g‘or makoni 1975 yili V.A.Jukov tomonidan topilgan va u yodgorlikni 1975-1978 yillarda tadqiq etgan.

Download 39,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish