6-MA’RUZA.
Meva va uzumni yig’ishtirish jarayonlarini
mexanizatsiyalash.
Reja:
1.Meva yig’gich mashinalarining asosiy qismlari.
2.Ildizmevalar yig’ishtirish mashinasining ishlash jarayoni.
3.Meva va uzumlarni yig’ishtirib olish usullari.
Meva va uzumlar asosan ikki usulda: 1) uzoq muddatga saqlanadigan mevalarqo’lda
maxsus jihozlar yoki meva yig’adigan platformalardan foydalanilgan holda; 2) texnik qayta
ishlov berishga mo’ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan mevalar esa maxsus yig’ish
kombaynlari bilan yig’ib olinadi.
Qo’lda ishlatiladigan bog’ jihozlariga meva yig’ish sumkalari, shotilar,
pnevmatik
kesgich yoki tebranuvchi qurilmalar kiradi.
Erga to’kilgan mevalar pnevmatik, mexaniq va kombinatsiyalashgan
mashinalar bilan
terib olinadi.
Pnevmatik terib olgichlar
mevalarni havo oqimi yoki vakuum so’rg’ichlar yordamida
surib oladi. Bunday mashinalar ko’p energiya talab etadi va mevalarni turli xildagi
chiqindilar bilan birga terib oladi.
Mexaniq terib olgichlar
ninali barabanlar, barmoqli
transportyerlar va boshqa
qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, ular kam energiya sarflaydi, lekin mevalarni zaxalaydi
va ko’plab chiqindilar bilan terib oladi.
Kombinatsiyalashgan terib olgichlar
barmoqli baraban
hamda havo oqimi yordamida
mevalarni terib oladi. Bular nisbatan murakkab bo’lib, mevalarni kam zaxalaydi va
chiqindilardan tozalaydi, ammo ko’p energiya sarflaydi.
Uzoq muddatga saqlanadigan mevalar qo’lda terib olinadi
va maxsus konteynyerlarga
solinadi. Mevalar bilan to’ldirilgan konteynyerlarni maxsus konteyner tashuvchi
tirkamalaryordamida tozalash va saralash punktlariga olib boriladi.
Maxsus tirkamalar
turli qurilmalar bilan jihozlangan bo’lib, quyidagi ko’rinishdagi: a –
past bo’yli; b- o’rta bo’yli va v-baland bo’yli mevazor bog’larda ishlatishga mo’ljallangan.
Bunday tirkamalar (2.28-rasm) ostki 1 va yuqorigi 3 platformalar bilan jihozlangan.
Yuqorigi platformani ikkita silindrlar 6 bilan gorizontal holatda ko’tarish
yoki tushirish
mumkin. Pastki platformaga gidrotizimli zanjirli konveyer o’rnatilgan bo’lib,u platformani
uzunligi bo’yicha ko’chib yurishini ta’minlaydi.
Yuqori platformaga konteynyerlarni yuklash uchun u gidrosilindr yordamida tushiriladi
va ortgich 5 bilan beshta konteyner o’rnatiladi. So’ngra platforma 3 ko’tariladi va ostki
platformaga oltita konteynyerlar joylashtiriladi.
Meva to’ldirilgan konteynyerlar saqlash omborlariga tashiladi
va ular teskari tartibda
tushirib olinadi hamda bo’sh konteynyerlar qayta joylashtiriladi. So’ngra ular dalaga olib
boriladi va mevazor bog’lar qatorlari orasiga qo’yib chiqiladi.
KPU-2 meva yig’ish mashinasiqator oralari kengligi 6 m gacha va shoxlarining diametri
7 m gacha bo’lgan bog’zorlardagi danakli va urug’li mevalarni yig’ib
olish uchun
mo’ljallangan.