6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja


Favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish



Download 37,13 Kb.
bet8/11
Sana05.04.2023
Hajmi37,13 Kb.
#925191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja

7. Favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish
Favqulodda vaziyatlarda aholi muhofazasi biror xavf-xatar tahdidi tug‘ilgan yoki yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabar berish va axborot tarqatishni o‘z vaqtida amalga oshirishdan boshlanadi. Respublika, viloyat, shahar aloqa tizimi asosini boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi tizimida radio, radiorele, simli va signal beruvchi aloqa vositalari ishlatiladi.
Xabar berish tizimi mahalliy va markazlashgan tizimlarga bo‘linadi.
Xabar berishning mahalliy tizimlari halokatli suv bosish ehtimoli mavjud hududlarda, radiaktiv va kimyoviy xavfli ob’ektlar joylashgan hududlarda aholini zudlik bilan xabardor qilish maqsadida tashkil etiladi. Mahalliy tizimlarning asosiy afzalligi - tezkorlikdir.
Xabar berishning markazlashgan tizimi:
- shaharlarda, tumanlarda, ob’ektlarda va qishloq joylarda yirik aholi punktlarida «Diqqat, barchaga!» signalini berish;
- signallarni va axborotni respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralar boshqaruv punktlariga, shahar, tuman ichki ishlar bo‘limlariga yetkazish;
- fuqaro muhofazasi xabar berish signalini iqtisodiyot ob’ektlari ishchi-xizmatchilariga, FVDT tuzilmalariga va O‘zbekiston Respublikasining barcha aholisiga yetkazishni ta’minlashi kerak.
Aloqa va xabar berishni tashkil etish uchun fuqaro muhofazasi boshliqlari mas’uldir. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi to‘g‘risida respublika aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish sohasidagi tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi markaziy organ hisoblanadi.
Xabar berish signallari va ularga binoan aholining harakati. Xabar berish shartlashib olingan, oldindan belgilab qo‘yilgan va aholiga aniq tushunarli bo‘lgan signallar (sirena ovozi, ovoz chiqaruvchi buyumlarni urish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Xavf signalini aholiga yetkazishning asosiy vositasi bo‘lib elektr sirenalari hisoblanadi. Qanday xavf tug‘ilmasin, elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig‘iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo‘r bo‘ladi. Bu fuqaro muhofazasining yagona «Diqqat, barchaga!» signalidir.
Sirena ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriyomnik, radiokarnaylarni ishlatib qo‘yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)larining yuzaga kelgan tahdidning xarakteri, ko‘lami, shuningdek bunday sharoitlarda aholining to‘g‘ri harakatlari to‘g‘risidagi tavsiyalarni tinglash kerak.

Download 37,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish