6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja


Masalan kimyoviy xavfli ob’ektda avariya sodir bo‘lganda quyidagicha xabar beriladi



Download 37,13 Kb.
bet9/11
Sana05.04.2023
Hajmi37,13 Kb.
#925191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja

Masalan kimyoviy xavfli ob’ektda avariya sodir bo‘lganda quyidagicha xabar beriladi: “Diqqat barchaga!!! Favqulodda vaziyatlar vazirligidan (shahar boshqarmasidan, bo‘limidan) gapiramiz... (manzilda) Kimyo kombinatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda tarqab, avariya sodir bo‘ldi.
Zaharlangan havo buluti ... yo‘nalishida tarqala bormoqda. Quyidagi shahar kvartallari va viloyat aholi punktlari kimyoviy zaharlanish zonasida qoladi…
Zaharlanish zonasiga tushib qolgan fuqarolar uylaridan, korxona, o‘quv muassasasidan darhol chiqsinlar shamol yo‘nalishiga perpendikulyar, eng qisqa yo‘l bilan xavfsiz joylarga o‘tsinlar.
Tashqariga chiqishdan oldin ho‘llangan yoki 2% li ichimlik soda eritmasi shimdirilgan paxtali doka bog‘ichni og‘iz-burunlaringizga taqib olinglar”.
Аholi birinchi navbatda kimyoviy zaharlangan joydan tezroq chiqib ketish harakatini qilishi kerak. Buning uchun maxsus fuqaro muhofazasi xodimlari bergan topshiriq asosida harakat qilishi kerak. Bunday xabar berish imkoni bo’lmagan hollarda shamol yo’nalishiga perpendikulyar ravishda , bir tomon bo’yicha chiqiladi.
Xabar berish - sust muhofaza usuli bo‘lib, uning o‘rni beqiyosdir. Bekorga ogohlantirilgan inson yarim qutqarilgan inson deb aytishmaydi. Fuqaro muhofazasi habar berish signallari va tegishli axborot butun hududga ham, shuningdek hududlarni tanlab olib (viloyat tumanini) ham berilishi mumkin.
Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish va o‘tkazishni ta’minlash.
Evakuatsiya - bu tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat yuz bergan yoki favqulodda vaziyat yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hududlardan aholini tashkiliy tarzda transportda yoki piyoda olib chiqish hamda uni vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Evakuatsiya turlari:
O‘tkazish vaqtiga ko‘ra: oldindan o‘tkaziladigan va shoshilinch.
FV ko‘lami va evakuatsiya qilinadigai aholi soniga ko‘ra: lokal (cheklangan), mahalliy va mintaqaviy.
Aholini qamrab olishiga ko‘ra: umumiy va qisman.
Odamlar hayoti va salomatligi uchun xavf mavjud ekanligi aholini evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi. Evakuatsiyani o‘tkazish haqida qarorga kelish huquqiga hududida favqulodda vaziyat yuz bergan yoki prognoz qilinayotgan hokimliklar, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari (Fuqaro muhofazasi boshliqlari) ega bo‘ladi.
Aholi evakuatsiyasini ta’minlash rejalari tegishli doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Aholi evakuatsiyasi ishlab chiqarish-hududiy yoki hududiy tamoyilga muvofiq rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Evakuatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida xabar olinganidan so‘ng quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- evakuatsiya organlari, korxona, tashkilot rahbarlariga, shuningdek aholiga evakuatsiya boshlangani va o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida xabar berish;
- evakuatsiya organlarini yoyish va shay holatga keltirish;
- xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinadigan aholini yig‘ish va jo‘natishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni shakllantirish va boshlang‘ich punktlarga olib chiqish, transportlarga chiqarish joylariga transport vositalarini keltirish va aholini chiqarish;
- evakuatsiya qilingan aholini avvaldan hayot faoliyatining birinchi navbatdagi turlari ta’minlab qo‘yilgan xavfsiz joylarda qabul qilib olish va joylashtirish.
Favqulodda vaziyatning har bir aniq turida evakuatsiya o‘tkazish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Aholi evakuatsiyasini rejalashtirish, tashkil qilish va o‘tkazish bevosita shaharlar, tumanlar va viloyatlarning evakuatsiya organlari, davlat organlari, favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlari yuklatiladi.
Evakuatsiya organlari:
- evakuatsiya qilish komissiyalari;
- ko‘chiriluvchilarni qabul qilish komissiyalari;
- ko‘chiriluvchilarni yig‘ilish joyi;
- oraliq ko‘chirish punkti;
- ko‘chiriluvchilarni qabul qilish joyi;
- piyoda ko‘chirish yo‘lida boshqaruv guruhi;
- ko‘chiriluvchilarni olib chiquvchi tezkor guruhi.
Evakuatsiya komissiyalari FVDTning barcha darajalarida, ishchi-xizmatchilar va aholi evakuatsiyasi rejalashtirilgan joylarda tashkil etiladi. Hududiy evakuatsiya komissiyalari tarkibiga tegishli ma’muriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning mas’ul xodimlari tayinlanadi. Evakuatsiya komissiyasining raisi etib, odatda, ma’muriy-hududiy bo‘linma rahbarining o‘rinbosari tayinlanadi. Evakuatsiya komissiyasi a’zolari etib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot organlari, transport tashkilotlari, ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari) hamda garnizon va (yoki) mudofaa ishlari bo‘limlarining vakillari tayinlanadi.
Favqulodda vaziyat hududidan evakuatsiya qilinadigan aholini xavfsiz joylarda qabul qilish, joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash rejasini ishlab chiqish, tashkil etish uchun qabul qilish evakuatsiya komissiyalari tuziladi.
Evakuatsiya rejalarining bevosita ijrochilari bo‘lgan ma’muriy-hududiy tuzilmalar va iqtisodiyot ob’ektlari, evakuatsiya va transport organlari rahbarlar tarkibini tayyorlash alohida o‘rin tutadi.



Download 37,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish