6-Ma’ruza. Dielektrikning fizik xossalari
Reja:
1.
Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish
2.
Dielektriklarning issiqlik xossalari
3.
Ba’zi dielektriklarning issiqlik o’tkazish koeffitsientlari
Dielektrikning zichligi
ni bilish mahsulot tayyo’rlashda materialga bo’lgan
ehtiyojni, uning hajm yoki massasini aniqlash uchun zarurdir. Zichlik jism massasi
(m)
ning uning hajmi
V
ga nisbati orqali aniqlanadi:
(6.1)
Organik materiallarda
anorganikda esa bu qiymat bir oz
yuqoriroq:
Materialning
gigroskopikligi
jismni
(namunani) ma’lum vaqt suvda ushlab turish orqali aniqlanadi:
(6.2)
bunda:
m1
– quruq namunaning massasi,
r; m2
– namunaning suvda ma’lum
vaqt ushlagandan keyingi massasi,
r.
Bu kattalik dielektrikning namga
chidamliligini baholashda yordam beradi. Ko’pgina dielektriklar ma’lum darajada
gigroskopik bo’lganligi sababli, izolyatsiyani namdan himoya qiladi.
Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish.
Shimdirish
usulida izolyatsiya
bo’shliqlari gigroskopik bo’lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq
dielektrik bilan to’latiladi. Shimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay,
ma’lum vaqt o’tgandan so’ng bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan
materiallar o’ziga nam olmaydi. Masalan, shimdirilgan marmarda
qiymati uzoq
vaqt o’zgarmay turadi. Tolali shimdirilgan material (qog’oz, karton, mato
sellyuloza) larda esa
qiymati asta-sekin pasaya boradi. Shimdirilmagandagi kabi
shimdirilgan qalin qog’oz (karton) da ham namlik materialga
asta-sekin singib
boradi va ma’lum vaqtdan so’ng
W
qiymati ikkala qog’ozda deyarli bir xil
qiymatga ega bo’ladi. Havo bo’shliqlari bo’lgan va shimdirilgan matolar qisqa
muddatli namlikka bardoshli bo’lib, ularda
Et
qiymati
quruq shimdirilgan
materillarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Izolyatsiya harakteristikasini o’zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini
kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan
tashqari, loklash usulidan ham
foydalaniladi. Bunda, shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lok qatlami bilan
qoplanadi. Lekin bu usul namlik 80% dan ortganda o’zini oqlamaydi.
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2 mm
bo’lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday qoplamaning mexanik
harakteristikalari lok qoplama mexanik mustahkamligidan ancha yuqori bo’ladi.
So’nggi usul mahsulotning havo namligi 90% gacha bo’lgan hollarda
ishonchli himoya qiladi. Mahsulot yuzasini qoplash usullaridan biri ishlov
beriladigan yuzaga tayyorlangan kompaund quyish usulidir.
Bunda detalning
tashqi qismiga mos qilib maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plastmassa
to’ldiriladi. Masalan, epoksid smolasidan tayyorlangan qoplamaning qalinligi 10-
20 mm qilib olinadi. Mahsulot suyultirilgan kompaundga botirib olinadi. Bu usul
dielektriklarni 95% gacha namlik ta’siridan himoya qiladi.
Barcha hollarda ham jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar
qo’llaniladi. Bu materiallar gigroskopik xususiyatga ega bo’lgani uchun o’zidan
namlikni o’tkazadi. Istalgan organik dielektrik qandaydir miqdorda nam
singdiruvchanlikka ega.
Ba’zi organik dielektriklar uchun nam singdirish koeffitsienti
quyidagichadir:
Parafin … … … … 5
10
-10 s
Polietilen … … … … 3
10
-10 s
Epoksid smolasi … … … 5
10
-9 s
Neftli bitum … … … … 1
10
-8 s
Dielektrikni namlikdan ishonchli himoya qilish maqsadida bosim ostida
quyish usuli qo’llaniladi. Chunki bu usulda olinadigan qoplamaning qalinligi kata
qiymatga ega bo’ladi va mahsulotni namlikdan yaxshi himoya qiladi. Agarda
himoya qoplamasida darz yoki yemirilish sodir bo’lsa,
namlik qoplama ichiga
tezda kirib boradi. Vakuumda zichlash usulida himoya qilinadigan mahsulot metall
qobiqqa joylashtiriladi va qopqoq bilan kavsharlanadi. Metall qoplama dielektrikni
namdan a’lo darajada himoya qiladi. Qog’oz izolyatsiyali yuqori kuchlanishli
kabellarni namdan muhofaza qiladigan himoya qoplamasi sifatida izolyatsiya
yuzasiga uzluksiz qoplanadigan metall (qo’rg’oshin, alyuminiy, po’lat)
qoplama
ishlatiladi. Bu qoplamalar izolyatsiya yuzasiga maxsus presslarda qoplanadi. Elektr
mashinalarining izolyatsiyasi namlik ta’siridan loklash, shimdirish va kompaund
quyish usullari orqali himoya qilinadi. Uzluksiz ishlaydigan elektr mashinasi
namlikka chidamli bo’ladi. Bu mashinaning muttasil ish mobaynida qizishi
natijasida izolyatsiyasining namlanmasligi bilan tushuntiriladi.
Uzoq muddat
ishlamagan (omborda saqlangan) elektr dvigateli yoki generatorlarning izolyatsiya
holati tekshirilib, zarur holatlarda ularning izolyatsiyasi quritilishi shart.