Initsializatsiya qilmasdan e’lon qilish – bu holda massiv toifasi va nomi ko’rsatilib kvadrat qavs ichida uning elementlari soni ko’rsatiladi: int A[50].
Initsializatsiya qilish orqali e’lon qilish – bu holda massiv toifasi ko’rsatilib elementlariga qiymat o’zlashtiriladi. Masalan, A[5]={1,2,3,5,4}
Massiv elementlari bir toifaga tegishli bo’lgani uchun ular hotiradan bir xil hajmli joyni egallaydi va ular operativ hotirada joylashadi. Massiv dasturda foydalanilayotgan o’rniga qarab global yoki lokal bo’lishi mumkin.
Global turda bo’lganda dasturni boshida, ya’ni asosiy dastur tanasidan oldin, int main() dan oldin e’lon qilinadi, lokal turda esa dasturni kerakli qismida e’lon qilinadi. Lokal massivdan foydalanilganda uni chegaralari dastur davomida aniqlanadi va qism dasturdan tashqarida bu massivdan foydalanib bo’lmaydi.
Quyida matritsa quyi uchburchak elementlarini aniqlab ularni no’lga aylantiruvchi dastur kodi keltirilgan(C++ tilida ):
int main() { int n,m,i,j; cin>>n>>m; int a[n][m]; cout<<"kiriting: "< for(i=0;i for(j=0;j cin>>a[i][j];} for(i=0;i for(j=0;j if(i>j) a[i][j]=0;} for(i=0;i for(j=0;j cout< cout< return 0; getch(); } Dastur natijasi: