6-LABORATORIYA ISHI PAXTA TOLASI PISHIB YETILGANLIGINI ANIQLASH
Ishning maqsadi:
Taqqoslash usuli bilan paxta tolasini pishib yetilganligini aniqlashni о’rganish.
Ishning bajarilish tartibi:
1.Quyida keltirilgan iboralarning ta’rif va qoidalari yozilsin: -tolaning pishib yetilganligi;
2.Tolaning pishib yetilganligini kо’rsatuvchi etalonlar bilan tanishilsin;
3.Paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash bо’yicha laboratoriya yozilsin.
Laboratoriya ishiga kerak bo’ladigan jihozlar Tarqatma materiallar, paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash etalon, mikroskop, namuna. Umumiy ma’lumotlar Paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash bо’yicha laboratoriya usuli. Bunda o’n dona preparat tayyorlanib, mikroskopda paxta tolasi bо’ylama kо’rinishi bо’yicha qaralsin. Har bir preparatdan 25 donadan tola tasviri ketma-ket qaralib, uning etalon tasvlari bilan taqqoslanib pishib yetilganligi tekshiriladi va olingan natijalar jadvalga yoziladi.
13-rasm. Paxta tolasining pishib yetilganligini aniqlash uchun etalon
Paxta tolasining pishib yetilganlik darajasi deb, tolaning sellyuloza bilan tо’yinganligi bо’lib, tola tarkibidagi sellyuloza moddasini ortib borishi natijasida tola devor qatlamining qalinlashib borishi tushuniladi. Buning uchun har bir tola tasviri ya’ni shakl tuzilishi tolaning etalon tasvirlari bilan taqqoslanadi. Mikroskopdagi namunaning tasviri etalondagi qaysi tolaga о’xshashligi aniqlanadi. Etalondagi tolalar tasviri pishib yetilganlik darajasi bо’yicha joylashtirilgan bо’lib, tolalarning quyi qismida pishib yetilganlik koeffitsiyent (qiymat) lari keltirilgan.
Unga kо’ra 0,0; 0,5; gacha koeffitsiyentlardagi tolalar umuman pishmagan, 1,0; 1,5; 2,0; gacha koeffitsiyentlardagi tolalar pishgan; 2,0; 2,5; 3,0; gacha koeffitsiyentlardagi tolalar meyorida pishgan, 4,0; 4,5; 5,0; gacha koeffitsiyentlardagi tolalar о’ta pishgan kо’rinishlarida ifodalanadi. Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog’liq bо’ladi. Pishmagan (о’lik) paxta tolasi yassi, tasmasimon, yupqa devorli bо’ladi va о’rtasida keng quvuri, bо’shlig’i bor (14-rasm). Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuloza yig’iladi va devorlari qalinlashadi va quvuri torayadi, tolalar buramdor bо’lib qoladi.
Pishgan paxta tolalarining bо’ylama kо’rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Eng pishgan tolalar о’rtasida quvuri kichik bо’lib, tola silindrik shaklida bо’ladi (15-rasm). Paxta tolalari bо’shlig’ining bir tomoni ochiq bо’ladi. Paxta tolasining kо’ndalang kesimi ham pishganlik darajasiga bog’liq. Umuman pishmagan tolalarning kо’ndalang kesim yuzi tasma, pishmaganlarniki esa 46 loviyasimon, pishgan tolaniki ellips va eng yaxshi pishgan tolalarniki esa doira kо’rinishida bо’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |