Lipidlarning zanjirli oksidlanishi. Lipidlarning zanjirli oksidlanish reaksiyasi hujayra patologiyasida muhim orin tutadi. Ushbu jarayon gidroksil radikallari zaryadlanmagan va olchamlari kichik bolgani tufayli lipid qoshqatlamining girofob qismiga kirib boradi, songra fosflipidlarning tarkibiga kiruvchi toyinmagan yog kislotalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida membrananing lipid qoshqatlamida lipidli radikallar paydo boladi: HO· + LH -> H2O + L·
Yuqoridagi reaksiyada LH bilan gidroksil radikali bilan reksiyaga kirishuvchi toyinmagan yog kislotalari belgilangan. Lipid radikali (L·) muhitdagi erigan molekulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishadi, natijada yangi erkin radikal lipoperekis radikali (LOO·) hosil boladi: L· + O2 -> LOO·
Songra LOO· radikali qoshni fosfolipid molekulalaridan biri bilan, aniqrogi toyinmagan yog kislotalari bilan reaksiyaga kirishadi:
LOO· + LH - > LOOH + L·
Natijada lipid gidroperekisi LOOH va lipidlarning yangi radikali (L·) hosil boladi. L· yuqoridagidek yana molekulyar kislorod bilan reksiyaga kirishadi. Korib chiqqan oxirgi ikki reaksiyaning ketma-ket almashinuvi lipidlarning perekisli oksidlanishining zanjirli reaksiyasini ozida ifodalaydi.
Muhitda ikki valentli temir ionlarining bolishi lipidlarning perekisli oksidlanishining sezilarli tezlashuviga olib keladi. FeІ+ ionlarining lipidlar gidroperekislari bilan o‘zaro ta’siri natijasida zanjirning tarmoqlanishi kuzatiladi:
FeІ + LOOH - > Feі + HOˉ + LO·
LO· radikalining hosil bo‘lishi lipidlar oksidlanishining yangi zanjiriga asos bo‘ladi va zanjir tarmoqlanadi:
LO· + LH -> LOH + L·;
L· +O - > LOO· - > va hakozo.
Biologik membranalarda zanjir reaksiyalar o‘n va undan ko‘proq zvenolarga tarmoqlanishi mumkin. Ammo oxir oqibat antioksidantlar yoki metallar ionlari ishtirokida zanjir uziladi.
LOO· + Fe2+ + H+ -> LOOH + Fe3+
LOO· + InH - > In· + LOOH
Ushbu reaksiyada antioksidant molekulasi InH bilan ifodalangan.
LOO· + LOO· - > molekulyar maxsulotlar va foton.
Shunday qilib, zanjir reaksiya uziladi yoki to‘xtaydi. Oxirgi reaksiya nurlanish bilan borishi xarakterlidir, ushbu nurlanish xemilyuminessensiya deb ataladi.
Nurlanish intensivligi membranalardagi erkin radikallar konsentratsiyasining kvadratiga togri propotsionaldir, lipidlarning perekisli oksidlanish tezligi esa erkin radikallarning konsentratsiyasiga togri proporsionaldir. Demak, reaksiya borishida hosil boladigan kuchsiz nurlanishning intensivligi organilayotgan membranalarda lipidlarning perekisli oksidlanishning tezligini ifodalaydi. Shu asosda erkin radikallar ishtirokida boradigan reaksiyalarni organish usuli xemilyuminessensiya usuli ishlab chiqilgan. Xemilyuminessensiya usuli biologiyada va tibbiyotda keng qollaniladi. Masalan, qon hujayralari va peritoneal makrofaglarda kislorodning faol shakllarini hosil bolishini organishda keng qollaniladi.
Organizmda nekroz ochoqlari paydo bolganida hujayralarning xemilyuminessensiya intensivligi bir necha marta ortadi, bu esa nekroz jarayonida zanjir reaksiyalar borishini bildiradi. Masalan, infarkt miokardidan song.
Toqima gipoksiyasida esa xemilyuminessensiya kamayadi. Shuning uchun hujayra xemilyuminessensiyasidan turli kasalliklarni aniqlash maksadida foydalanish mumkin.
Antiradikal himoyalarning hujayra tizimlari. Normal sharoitlarda lipidlarning perekisli oksidlanish jarayoni hujayralar fermentativ va nofermentativ tizimlarining jiddiy nazorati ostida buladi, shuning uchun uning tezligi katta emas. Lipidlarning perekisli oksidlanish tezligiga tasir etuvchi kimyoviy birikmalar va fizik tasirlar prooksidantlar va antioksidantlarga bolinadi.
Prooksidantlar perekisli oksidlanish jarayonini tezlashtirsa, antioksidantlar ushbu jarayonning borishini seknlashtiradi yoki butunlay toxtatadi. Hujayrada kislorodning yuqori konsentratsiyasi (masalan, bemorning uzoq vaqt giperbarik oksigenatsiyalanishi), superoksid radikallarni generatsiya qiluvchi ferment tizimlari, masalan, ksantinoksidaza, fagotsitlar plazmatik membranasi fermentlari va boshqalar, shuningdek ikkivalentli temir ionlari prooksidantlarga misol boladi.
Shu narsa diqqatga sozovordir, lipidlarning perekisli oksidlanishi jarayoni membrana va lipoproteinlarning lipidli fazasida zanjirli reaksiya korinishida rivojlansa ham, bu murakkab reaksiyalar tizimi boshlangich stadiyasi suv fazasida otadi. Hujayralar himoya tizimining bir qismi ham lipidli fazada joylashgan bolsa, bir qismi suv fazasida joylashagan. Shunga bogliq holda suvda eruvchi va gidrofobli antioksidandlar togrisida gapirish mumkin. 10.2-jadvalda bazi antioksidantlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |