99
Abdulov, K. Ro’zmetov, Jalol Jo’rayev. Rahim Obidov, Abdurahmon
Turdiyev,
Baqo Kamolov, Bobonazar Jabborov, Abdulla Hayitov, Salimjon Hamidov va
boshqalar yaratgan asarlari xalqqa xizmat qilmoqda, Tosh o’ymakorlik 98-rasm.
Pichoq., xanjar va boshqalarning dastalari suyakdan ishlanib bezatilgan. XIX asr.
a’zosi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Ortiq
Fayzullayevdir.O’ymakor kundan-kunga yashnayotgan
Toshkentda qurilayotgan
eng yirik ma’muriy binolarning deyarli barchasida o’z ijodi bilan qatnashgan,
desak xato qilmaymiz. U «Toshkent» va «O’zbekiston» mehmonxonalari, san’at
saroyi va «Moviy gumbaz» choyxona yuksak mahoratli Ortiq Fayzullayev P.
Benkov nomli jumhuriyat rassomchilik bilim yurtida o’qituvchilik qilib yurgan
vaqtida o’z san’atining sirlarini yoshlarga sitqidildan o’rgatdi. Ortiq
Fayzullayevning ijodi 50-yillarning ikkinchi yarmida P. Benkov nomidagi Badiiy
maktabni bitirish arafasida boshlangan. 1957 yili u O’zbekiston
yoshlari festivali
munosabati bilan ochilgan ko’rgazmada qatnashdi. Ortiq Fayzullayev
faqat
yog’och o’ymakorligi bilangina shug’ullanmay, o’zbek o’ymakorlari orasida
birinchi bo’lib suyak o’ymakorligini ham chuqur o’rgandi. U Moskva, Kiyev
muzeylari va fabrikalariga borib, suyak o’ymakorligini o’rganib keldi. Suyak
o’ymakorligida, deydi Ortiq Fayzullayev,—»Mamont tishi», «Morj tishi», «fil
suyagi», «mol suyagi» va shoxlari, otning suyagi
va boshqa hayvon suyaklari
ishlatiladi.Suyak o’ymakorligida parma, arracha, egov hamda o’ziga xos
mukammal mexanik asboblar ishlatiladi. Suyak o’ymakorligi texnologiyasi
quyida-gilardan iboratdir. Zarur materialga mos keladigan suyak turi va bo’lagi
tanlanadi. Suyakning ortiqcha bo’laklarini arralab olib tashlanadi. G’adir-budir
joylari egovda tekislanadi. Suyakka qalam bilan gul chiziladi va o’sha chiziq
bo’yicha naqsh ishlanadi hamda yo’ng’ir tosh bilan jilo beriladi. Ish so’ngida
tayyor bo’lgan buyumni bo’r va spirt bilan yaxshilab artib chiqiladi. Ijodkor
yuqorida aytib o’tilgan texnologiya bo’yicha ajoyib asarlar yaratdi. Keyinroq
san’atning bu turida yaratgan asarlari bilan xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasida
qatnashdi. Ko’rgazmaga «Cho’pon», «Lazgi o’yini», «Yakkama-yakka»,
«Kurant», «Navoiy haykali» asarlari taqdim etildi. «Paxta o’yini» deb nomlangan
asarda raqs tushib turgan qizning nozik harakatlari san’atkorona tasvirlangan (99,-
100, 101-rasmlar). Uning atrofiga paxta va turli naqshlar ishlanganligi raqqosa
raqsining muzmunini chuqurlashtiradi, paxta va gullarga boy farovon
O’zbekistonning ramziy obrazi namoyon bo’ladi, «Cho’pon» deb atalgan suyak
o’ymakorligi ham ta’sirli chiqqan. Qo’zilar keng dalada o’tlashib yurishibdi.
Uzoqdan baland tog’lar ko’rinadi, cho’pon o’z bolasini allalayotgan onadek nayda
yoqimli kuy chalmoqda. San’atkor suyakni shu qadar ehtiros
va mohirlik bilan
ishlaganki, uni tomosha qilgan kishiga cho’pon nayining ovozi, qo’y-qo’zilarning
ma’rashi eshitilgandek tuyuladi. Mazkur asarlar uchun Ortiq Fayzullayev
ko’rgazmaning kumush medali va diplom bilan taqdirlandi. Ortiq Fayzullayev
hozirgi vaqtda suyak o’ymakorligining jumhuriyatimizdagi yagona ustalaridan. U
xalq san’atining
qaysi turiga murojaat qilmasin, doimo yangilikka intiladi, bu
janrni ham shaklan, ham muzmunan boyitadi. San’atkor ijodiga xos bu fazilat
uning Toshkentdagi «Sovg’a» fabrikasida bosh rassom bo’lib ishlab yurgan
kezlarida ayniqsa kamol topdi. U yaratgan o’nlab sovg’a buyumlar turli
100
konkurslarda katta muvaffaqiyat qozondi. Bu sovg’a buyumlariga ishlangan
anvoyi bezaklar tekis va qabariq sirtlarga xos kompozisiya tufayli go’yo naqshlar
jonlanib harakatga kelganday tuyuladi. Kezi kelganda, shuni aytish kerakki,
jumhuriyatimiz turistlar o’lkasi. Shunday ekan, milliy naqshlar 100-rasm
.
«Kungaboqar» va «Lazgi o’yini» nomli qalamdon. Suyakdan o’yib ishlangan. O.
Fayzullayev.bilan bezatilgan kichik hajmdagi har xil sovg’a buyumlari ishlab
chiqarishni ko’paytirish lozim. Chunki, ko’pgina sovg’a buyumlarini faqat
ko’rgazmalarda va muzeylarda ko’rish mumkin, xolos. Aksincha, bundam
yodgorlik buyumlariga ega bo’lishni har bir xonadon sohibi jon dili-dan istashi
shubhasiz. Ortiq Fayzullayevning nozik didi, qalb ko’ri, chidam va matonati
tufayli maydonga kelgan san’at durdonalari, madaniyat koshonalari, istirohat
maskanlarining husniga husn qo’shmoqda, qadimiy xalq san’ati
bizning
davrimizda ham obro’ va e’tibor qozonishi mumkinligini isbotlamoqda. San’atkor
yaratgan original va nafis asarlar faqatgina jumhuriyat va mamlakatimiz
muzeylaridagina emas, balki Yaponiya, Germaniya, Polsha, Tursiya, Finlandiya
kabi chet ellardagi 101-rasm
.
O’simliksimon naqsh panjara qalamdon va
«yakkama-yakka olishuv» nomli o’yma kompozisiya.xalqaro ko’rgazmalarda
namoyish qilingan. O’yma-kor O’zbekiston, Butunittifoq jahon kitob
ko’rgazmalarini badiiy bezashda qatnashdi. O. Fayzullayev hozirgacha hammasi
bo’lib 100 ga yaqin jumhuriyat Butunittifoq va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok
etganligi uning tinmay izlanayotganligidan dalolat berib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: