6-cинфлар учун



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/64
Sana03.03.2022
Hajmi4,73 Mb.
#481630
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Bog'liq
texnologiya va dizayn metallarga ishlov berish texnalogiyasi

O`YMA TURLARI
O’ymakorlikda o’ymalar o’zining xarakteriga ko’ra olti turga bo’linadi: 
chiziqli, zanjira, yassi, chuqur, panjarasimon va hajmli o’ymalar.
Chiziqli o’yma 
— eng qadimgi va eng oddiy o’yma turi hisoblanadi. Chiziqli 
o’yma buyumga o’tkir asbob bilan tirnash asosida chiziladi. Chuqurroq chiziq 
gravyurani eslatadi, shuning uchun ham ustalar uni gravyura deb ataydilar. 
Yog`och o’ymakorligida naqshlarni yoki biror tasvirni mebel, quticha, qalamdon 
va boshqa narsalarni bezashda qo’llaniladi. Tosh o’ymakorligida kichik narsalarni 
naqsh va biror tasvir bilan bezashda juda keng foydalaniladi. Ganchkorlikda 
chizma pardoz deb yuritiladi. Suyak o’ymakorligida va kandakorlikda 
chiziqli 
o’yma juda ko’p qo’llaniladi.
Zanjira o’yma
— qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turi, Bu zaminsiz 
o’yma hisoblanadi. Tosh, yog’och, metall o’ymakorligida zanjira o’yma turi keng 
ishlatiladi. Tosh o’ymakorligida namoyon, lagan va boshqa narsalarni chetiga 
zanjira o`yma ishlatiladi. Ganch o’ymakorligida eshik, namoyon, deraza, izora va. 
boshqalarning chetiga ko’pincha zanjira o’yma bajariladi. Zanjira sodda bo’lsada 
jozibali ko’rinishga ega. Geometrik shakllar o’yilganda soya, yorug’ va yarim 
soyalar o’ziga xos nafis ko’rinishga ega bo’lib, kishida ajoyib taassurot
95 – rasm. Sitorai Mohi-xosa 
hovlisidagi marmardan ishlangan sher. 


96 
Yassi o’yma
— eng ko’p qo’llaniladigan o’yma turidir. Bu o’yma taxminan 
1—1,5 sm chuqurlikda bo’lib, uning relyefiga har xil pardoz beriladi. Tosh, 
yog’och, mis va boshqa o’ymakorlikda yassi o’yma juda kam qo’llaniladi.
Chuqur o’yma 
— naqsh yoki biror tasvir juda chuqur o’yiladi. O’yma xuddi 
hajmli ko’rinish berib, zamini qoramtir, relyef esa oq bo’lib kontrast ko’rinishga 
ega bo’ladi. Tosh o’ymakorligida binolar o’yma pannolar bilan bezatiladi. 
Masalan, Toshkentdagi A. Navoiy nomli opera va balet katta teatri binosida ajoyib 
chuqur tosh o’ymakorligi namunalari bor.
Panjarasimon o’yma 
— juda qadimdan rivojlanib kelayotgan o’yma 
turlaridan biri. Bu boshqa o’yma turlaridan farq qilib o’yilayotgan ganch taxtani 
ikkinchi tomonidan teshib o’yib o’ziga xos pardoz turi beriladi. Panjarasimon 
o’yma qadimdan qo’llanilib uni Varaxsha (VIII) binolarida, Shoxi Zinda 
kompleksidagi (XIX asr), Mir Arab, Abdulloxon (XVI asr) Go’ri Amir 
maqbarasidagi o’yma marmardan ishlangan geometrik panjara va boshqalar misol 
bo’la oladi.
Hajmli o’yma 
— haykalsimon, ya’ni hajmli o’yilgan biror narsa. Hajmli 
o’yma qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turlaridan biri bo’lib, tosh, suyak, 
yog’och va boshqa materillardan o’yib ishlangan hajmli narsadir. Buxoro 
yaqinidagi Sitorai Mohi Xosadagi ikki sher haykali marmardan o’yib ishlangan 
hajmli o’ymadir. Toshdan ishlangan har xil estalik sovg’a buyumlari, ko’za, lagan 
va boshqalar ham hajmli o’ymaga kiradi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish