AMALIY MASHG‘ULOTLAR:
I – MAVZU. Detallarni bir qatlamli qilib biriktirish
Mashg`ulotning maqsadi: Yupqa metall listni bir qatlam qilib birlashtirish
usullarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi: Yupqa metall listlar ikki usulda biriktiriladi. Ularni
bir qatlamli qilib payvandlash biriktirish deyiladi. Listlarni bir qatlamli qilib
biriktirishda ikki bo`lak yupqa metall listning qirralari bir-biriga nisbatan teskari
tomonga bukiladi. Bukish (egish) usuli va qulf-kalit qilib biriktirishda listlarning
bukilgan qismlaridan biri ikkinchisiga kiritiladi (102-rasm).
Ikkalasini birgalikda uzunligi bo`yicha bukib, yog`och to`qmoq bilan urib
chiqiladi. O`qituvchi ana shularni tushuntirgach, o`quvchilarga doska oldiga
104
qo`yiladigan tunuka quticha yasashni tavsiya etadi. Buning uchun o`quvchilar
avval qutichaning texnik chizmasini chizib, o`lchamlarini qo`yib chiqadilar, ishga
oid asbob va moslamalarni tayyorlab oladilar. Tunuka qutining yoyilmasi 103-
rasmda ko`rsatilgan.
II – MAVZU. Yupqa metall listdan yasalgan buyumlarni pardozlash
Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga egov bilan metall chiqindilarini
tozalashni, yupqa metall listlarni silliqlash va moyli bo`yoq bilan bo`yashni
o`rgatish. 2. Yupqa metall listlarni kesish, teshish, bukish detallar yig`ish bo`yicha
o`tilgan hamma mashg`ulotlarni yakunlash, o`quvchilarning bilim va malakalarini
baholash.
Mashg`ulotning borishi. Metall materiallarni oksidlanishdan saqlash uchun
bo`yaladi yoki loklanadi. Buning uchun avval buyumning sirti tozalanadi. Agar
buyum detallari tekis bo`lmasa, egov bilan tozalanadi. So`ng jilvir bilan
ishqalanadi.
Buyumlar sirti gruntovka bilan tekislanadi. Bo`yoqni kamroq sarflash uchun
buyum sirtiga olif surtiladi.
Yupqa metall listdan yasalgan buyumlar vazifasiga qarab bo`yaladi.
O`quv ustaxonalarida metall buyumlar asosan qo`l bilan pardozlanadi. Bu
esa o`quvchilar mehnatiga qo`yiladigan talablariga aynan muvofiqdir.
O`qituvchi yuqoridagi ishlar qanday bajarilishini hisobga olib,
o`quvchilarning mehnatini baholaydi. So`ng ularga yuqori sinflarda ham metall
materiallarga ishlov berish bo`yicha mashg`ulotlar o`tkazilishini aytadi.
O`quvchilar yasagan buyumlarning yaxshi, sifatli chiqqanlaridan sinf, maktab
ko`rgazmasiga ajratib qo`yiladi.
III – MAVZU. Simlardan yasaladigan buyumlarning texnik rasmi va eskizini
chizish
102 – rasm Yupqa metall listlarni bukish
103 - rasm Tunuka qutining yoyilmasi
105
Mashg`ulotning maqsadi: 1.O`quvchilarga simlardan tayyorlanadigan
buyumlarning eskizi va texnik rasmi haqida ma'lumot berish. 2. Eskizda diametr va
radiusning belgilanishini tushuntirish. 3. Buyum eskizini bajarish usullarini, simni
kesish va to`g`rilash ishlarini o`rganish.
Mashg`ulotning borishi. O`quvchilarga simlar po`latdan, misdan,
alyuminiydan tayyorlanishi aytilib; ularning namunasi ko`rsatiladi, so`ng
Buyumning texnik rasmi va eskizi nima degan savol beriladi. Bu savolga
o`qituvchining o`zi javob
qaytaradi.O`quvchilarga simlardan
tayyorlangan bir necha buyum va uning texnik
rasmlari ko`rsatilib, simlar bilan ishlash
texnologiyasi foydalaniladigan asbob va
moslamalarning tuzilishi
tushuntiriladi.O`quvchilarga knopkani chiqarib
oladigan asbob yasashni tavsiya etib, buning
uchun simning bir uchini doyra shaklida bukish
(104-rasm, a) ikkinchi uchini sandon ustida
pachoqlab, ikki qirrali egov bilan ajratish (104-
rasm, b) keyin uning ajratilgan uchini biroz
egish (104-rasm,v) kerakligi tushuntiriladi.
IV – MAVZU. Buyumlar yasashda
ratsional ketma-ketlikni aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi: 1. O`quvchilarga simlarni to`g`rilash, kesish va
tejab ishlatishni o`rgatish. 2. Ularni batartib ishlashga odatlantirish.
Mashg`ulotning borishi:
O`quvchilarga turli yo`g`onlikdagi
simlardan buyumlar yasash uchun
buyumning har bir detaliga
qanchadan sim ketishini aniqlash
kerakligi aytiladi. Buning uchun
buyumning texnik rasmini chizish,
unda detallarning o`lchamini
ko`rsatish zarurligi, ishlashda
simlarni tejash, ratsional
usullardan foydalanish, asosan ijtimoiy, foydali buyumlar yasash lozimligi
tushuntiriladi. Buyum detallarini yasashda avval simlarni to`g`rilab olish, buning
uchun o`quv ustaxonasida 105-rasmdagi moslamalardan foydalanish kerak.
Yumshoq simlar yog`och to`qmoq bilan ham to`g`rilanadi.
105-rasm Foydalanish uchun
moslamalar
104 – rasm. Simlardan yasaladigan
buyumlar
a b v
106
Mashg`ulotda o`qituvchi simdan bitta
buyum namunasini, masalan, samolyot
yasashni tavsiya etadi. Buning uchun ikkita 1,6
metrli sim olib (106-rasm), ularning o`rtasidan
buklanadi (a), buklangan joyidan ingichka sim
bilan mahkam bog`lanadi (b), buklangandan
keyingi birinchi sim samolyotning asosini,
ikkinchi va uchinchi simlar uning qanotlarini,
to`rtinchi sim kabinasini yasashga xizmat qiladi
(v).
V – MAVZU. Simlarni kesish, to`g`rilash va egish
Mashg`ulotning maqsadi: 1. Buyum yasash uchun simlarni kesish, to`g`rilash
va egish operatsiyalarini bajarish. 2. Simdan turli buyumlar yasashni o`rganish.
Mashg`ulotning borishi:
Simdan qanday buyum yoki uning
detali yasalmasin, albatta oldin
simni to`g`rilash, kerakligini kesib
olish va rejalab chiqish lozim.
Simlarni kerakli o`rinlaridan,
to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli,
o`tmas burchakli, aylana, yarim
aylana va boshqa shakllarda
bukish mumkin. O`qituvchi ana
shularni ko`rgazmali yo`sinda
tushuntirgach, simlarni to`g`rilash,
kesish va bukish bo`yicha bitta ish
ajarishni,qo`g`irchoq uchun mebel
yasashni
tavsiya etadi.
Qo`g`irchoq mebeliga diametri 2
mm li sim ishlatiladi. Uning
oyoqlari sim, o`tirg`ich
va
suyanchig`i faner yoki kartondan
qilinishi mumkin. Masalan, stul
yasashda avval simlar
kesib
olinadi va undan stul qismlari buklanadi (107 - rasm), uchlari bir - biriga
payvandlanadi. Stulning o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan
tayyorlanadi, ularing ichki sim yoki mix parchin bilan mustahkamlanadi. Mebel
stoli ham ana shu yo`sinda, rasmda ko`rsatilgandek yasaladi. 107-rasm.
106-rasm. Simdan yasalgan
samalyotning umumiy ko`rinishi.
a
b
v
107-rasm Mebel stolini yasalishini korinishi.
107
VI – MAVZU. Svetofor modelini yasash
Mashg`ulotning maqsadi. O`quvchilarga svetoforning elektr sxemasini
chizishni o`rgatish.
Bu mashg`ulotni svetofor modeli yog`och yoki metall materialdan yasalishini
hisobga olib tegishli o`quv ustaxonasida o`tkazish mumkin.
O`qituvchi o`quvchilarga svetofor modeli (108-rasm) ni ko`rsatib, uni yasash
boshqa mehnat obektlaridan farq qilishini, 108-rasm. Svetofor modeli:
u uchta qismdan iboratligini,
1uning uchun uni yasashda yog’och
va metall materiallar bilan ishlash,
elektr sxemasini tuzish operasiyalari
bajarilishini aytadi. So’ng
svetoforning vazifasini qisqacha
tushuntirib, uning modelini doskaga
chizadi. O`quvchilar diqqatini
svetoforning elektr zanjiri
sxemasiga qaratadi. Svetoforning
oldingi va ketingi qopqog’ini yasash
tartibni ko’rsatadi.
Svetofor modeli ko’p detaldan
iborat. Uni to’liq yasab ulgurish
uchun har uch o’quvchiga bittadan model yasashni topshirish maqsadga
muvofiqdir. O`quvchilar model detallarini taqsimlab olib yasaydilar va hamma
detallarni biriktirib svetofor modelini yig`adilar.
O`quvchilar hamma ishni o’qituvchining bevosita ko’rsatmasi bo’yicha
bajaradilar. Bunda simlarni ulash, lentalar bilan o’rash, o’tkazgichlarning uchlarini
kavsharlash, jilvir bilan tozalash, simlarni metall plastinka ustiga qo’yib, erigan
qo’rg`oshin bilan birlashtirish va boshqa ishlarni bajaradilar.
108
I – ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |