6.1-jadval
Mol-mulk solig‘ini Respublika va mahalliy byudjet tushumlari tarkibidagi ulushi (%)
t/r
|
Soliq nomi
|
Yillar %
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
1
|
Mol mulk solig‘ini jami soliq tushumlari tarkibidagi ulushi
|
4,6
|
4,3
|
3,3
|
3,1
|
2,7
|
3,0
|
2
|
Moli-mulk solig‘ini mahalliy byudjetdagi ulushi
|
33,4
|
32,2
|
21,3
|
28,7
|
29,9
|
30,7
|
3
|
Mol-mulk solig‘i jami mahalliy byudjetda shundan:
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
3.1
|
Yuridik shaxslardan mol-mulk solig‘i
|
94,1
|
94,8
|
93,0
|
81,9
|
82,0
|
78,1
|
3.2
|
Jismoniy shaxslardan
mol-mulk solig‘i
|
5,9
|
5,2
|
7,0
|
18,1
|
18,0
|
21,9
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari tahlili ko‘rsatganidek, 2011 yilda mahalliy byudjet daromadlarida jami mol-mulk solig‘ining 94,1 foizi yuridik shaxslar xissasiga to‘g‘gi kelgan bo‘lsa, 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich 78,1 foizni yoki 16,7 foiz punktiga kamaygan. Shuningdek, jami soliq tushumlari tarkibida mol-mulk solig‘i salmog‘i 2011 yilda 4,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib 1,6 foiz punktiga kamayib 3,0 foizni tashkil qilgan. Ushub holatni umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchilarning soni kamayishi va jismoniy shaxslarning mol-mulklari 2012 yildan boshlab inventarizatsiya qiymatining ko‘tarilganligi hamda soliq stavkalarining o‘sishi bilan izohlash mumkin.
2. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilari, soliq ob’ekti, bazasi va soliq stavkasi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar quyidagilardir:
-O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
-O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z mulkida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, shu shaxs soliq to‘lovchidir.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati Soliq kodeksning 20-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi:
-notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi;
- soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliqqa tortishning alohida rejimi o‘rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, jumladan yagona yer solig‘ini to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi miqrofirma va kichik korxonalar hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shuningdek notijorat tashkilotlar uchun ularning asosiy faoliyati bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lash tatbiq etilmaydi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |