n o‘lchamli (n>0) massiv berilgan. Massiv elementlarini bir qadam o‘ngga siljitish amalga oshirilsin. (bunda a0→a1 ga o‘tadi, a1→a2, …, an-2→an-1 ga o‘tadi.) Massivning n-1- elementining oldingi qiymati yuqoladi, 0- elementining qiymati 0 ga teng bo‘lib qoladi.
|
n o‘lchamli (n>1) a massiv berilgan. Massivning qo‘shni elementlarini taqqoslash(a0 va a1, a1 va a2 va hokazo) va agar juftlikdagi chap elementdan o‘ng elementi katta bo‘lsa, ularning joylarini almashtirish yo‘li bilan bu harakatni n-1 marta takrorlab, massivning elementlarini oddiy almashtirish usuli(pufakli saralash) bilan massiv o‘sish tartibida tartiblansin.
|
|
n o‘lchamli (n>1) a massiv berilgan. Massiv oddiy tanlash usuli yordamida tartiblansin: “undagi eng katta element topiladi, u massivning n-elementi bilan almashtiriladi. Bu holat qolgan n-1 ta element uchun yana takrorlanadi: Bu harakat jami n-1 marta bajariladi”.
|
|
n o‘lchamli (n>0) butun turga tegishli a massiv berilgan. 2 ta bir xil o‘lchamli b va c massivlar quyidagicha hosil qilinsin: b massivga berilgan massivdagi sonlar seriyalari uzunligi, c massivga esa seriyani tasvirlovchi sonlar yozilsin. (Seriya deganda bir xil sonlarni ketma-ketligi tushuniladi, seriya uzunligi deganda (u 1 ga ham teng bo‘lishi mumkin) ketma-ket keluvchi bir xil sonlarning miqdori tushuniladi).
|
|
n o‘lchamli (n>0) butun turga tegishli a massiv berilgan. Shu massivdagi har bir sonlar seriyasidan oldin 0 elementi joylashtirilsin.
|
|
n o‘lchamli (n>0) butun turga tegishli a massiv berilgan. Shu massivdagi har bir sonlar seriyasidan keyin 0 elementi joylashtirilsin.
|
|
n o‘lchamli (n>0) butun turga tegishli a massiv berilgan. Massivning har bir seriyasiga bittadan mos element qo‘shilsin.
|
|
n o‘lchamli (n>1) butun turga tegishli massiv berilgan. Massivning birinchi seriyasining uzunligi birdan katta bo‘lsa uning barcha seriyalarining uzunligi 1 ga oshirib tasvirlansin, aks holda massiv o‘zgartirishsiz qoldirilsin.
|
|
n o‘lchamli (n>1) butun turga tegishli massiv berilgan. Massivdagi oxirgi seriyaning uzunligi 1 ga oshirilib, so’ngra natijaviy massiv chop etilsin .
|
|
Tekislikda n ta (n>0) nuqtadan iborat A to‘plam va B nuqta (nuqtalar o‘zlarining x va y koordinatalari bilan) berilgan. A to‘plamdan B nuqtaga eng yaqin bo‘lgan nuqta topilsin. (Nuqtalar orasidagi masofa r quyidagi formula bilan aniqlanadi: )
|
|
Tekislikda n (n>0) ta nuqtadan iborat A to‘plam (nuqtalar x va y koordinatalari bilan) berilgan. To‘plam nuqtalari orasidan 2-chorakda yotuvchi va koordinata boshidan eng uzoqda joylashgan nuqta koordinatalari, agar bunday nuqta bo‘lmasa, nol chiqarilsin.
|