6-Amaliy mashg’ulot Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar. Reja


ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI



Download 21,23 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2022
Hajmi21,23 Kb.
#548020
1   2   3
Bog'liq
6-амалий

ISh BOShLAShDAN OLDINGI XAVFSIZLIK QOIDALARI
6. Ish boshlashdan oldin teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur:
6.1. soha me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni va saqlagich ko'zoynakni kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga olib qo'yish;
6.2. mahalliy yorug'likni shunday rostlash kerakki, ish zonasi yetarlicha yoritilgan bo'lishi va yorug'lik ko'zni qamashtirmasin;
7.Quyidagilarni tekshirish lozim:
7.1.asbob va moslamalar mavjudligi va yaroqliligini;
7.2. blokirovka, saqlovchi moslamalar, zaminlash yaroqliligini va jihoz sozligini;
7.3. tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar va hokazolar mavjudligini va ishga yaroqliligini, xamda elektr apparaturaning tok uzatuvchi qismlar holatini;
7.4. uchadigan qirindilardan, sovitish suyuqliklaridan saqlovchi moslamalar yaroqliligini;
7.5. asbobni mahkamlash qurilmalar yaroqliligini;
7.6. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini va yaroqliligini;
7.7. stanok ishdan chiqishiga, ishlov berilayotgan detal buzilishiga va odamlar jarohatlanishiga olib keluvchi avariya holatlarida stanokni uzish uchun mo'ljallangan stanokning harakatlanuvchi tugunlarning (stol, ustun, shpindel babkasi) avariya uzgich (ajratgich) ishini;
7.8. harakatlanuvchi qismlar (shpindel babkasi, shpindel pastki chang'isi) ruxsat etilgan holatidan tashqariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan oxirgi uzgichlar ishlashini;
7.9. shpindel babkasi o'z-o'zidan tushishiga yo'l qo'ymaydigan moslama ishini;
7.10. tros uzilgan taqdirda posangi tushib ketishiga yo'l qo'ymaydigan qurilma bilan jihozlangan muvozanatlashtiruvchi mexanizmni;
7.11. elektr energiya ta'minoti to'xtatilgan holatlarda asbobni ishonchli mahkamlash moslamasi ishlashini;
7.12. gidrostansiya ishlashini (gidrostansiya uzilgan bo'lsa stanok ishlamaydi).
8. Stanokni salt yurishda sinab ko'rish va quyidagilarni tekshirish:
8.1. boshqarish organlarining sozligini (asosiy harakat, uzatish, ishga tushirish, harakatni to'xtatish mexanizmlari);
8.2. moylash va sovitish tizimlari sozligini
9. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganida teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar o'z mulohazalarini ustasiga aytish va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmasligi shart.
ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
10. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar ish vaqtida quyidagilarga majbur:
10.1. "Stanok bo'yicha qo'llanma " da stanokka xizmat ko'rsatish va qarovi bo'yicha keltirilgan ko'rsatmalarni, shuningdek stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish;
10.2. detal va kesish asboblarini stanok to'liq to'xtatilganidan so'ng o'rnatish va yechib olish;
10.3. kalitni chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan gaykani siltamasdan tortish;
10.4. ishlayotgan stanok ustidan qanaqa bo'lsa ham narsani (predmetni) uzatmaslik yoki olmaslik, bolt, gayka va boshqa biriktiruvchi detallarni tortib mahkamlamaslik;
10.5. metall qirindisini keskichga yoki parmaga o'ralishidan ehtiyot bo'lish;
10.6. stanokni qirindilardan bevosita qo'l va asbob bilan tozalamasdan, buning uchun maxsus ilgaklardan va cho'tkalardan foydalanish;
10.7. ish joyini va stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini kuzatish;
10.8. ishlov berilayotgan detallardagi g'adirlardan ehtiyot bo'lish;
10.9. titrash paydo bo'lganda stanokni to'xtatish va titrashni bartaraf qilish choralarini ko'rish;
10.11. keskich va detal mahkamlanganligini tekshirish;
10.12. ish joyiga ishga begona shaxslarni qo'ymaslik va usta ruxsatisiz ishlayotgan stanokka boshqa ishchini yo'latmaslik.
11. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektryuritgichni uzish lozim:
11.1. stanok oldidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (agar ikkita yoki undan ortiq stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa);
11.2. ish vaqtincha to'xtatilganda;
11.3. stanokni yig'ishtirganda, moylaganda va tozalaganda;
11.4. jihozda nosozlik aniqlanganida;
11.5.boltlarni, gaykalarni va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib mahkamlaganda;
11.6. detalni o'rnatganda, o'lchaganda va yechganda;
11.7.keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda yoki tekshirganda;
12. Stanokning metall qismlarida kuchlanish aniqlangan (tok sezilsa), elektryuritgich ikki fazada ishlagan (g'uvillasa), zaminlovchi sim uzilgan xollarda stanokni to'xtatish va darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar berish.
13. Detallarga ishlov berganda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish rejimlaridan foydalanish.
14. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart.
15. Og'ir detal va moslamalarni (16 kg dan og'ir) faqat ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish va echib olish zarur.
16. Agar pol sirg'anchiq bo'lsa (yog' yoki emulsiya to'kib yuborilgan) unga qipiq (qum) sepishni talabqilish yoki shu ishni o'zi bajarishi lozim.
17. Ishlaganda oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjaradan foydalanish va uni soz holatda saqlash.
18. Detalni stanokka o'rnatishdan oldin stanokning asos yuzalarini va mahkamlovchi qurilmalarini cho'tka, mato parchasi yoki tozalash materiali bilan artish lozim.
19. Detal o'lchami va massasidan qat'iy nazar uni stanokka ishonchli va mustahkam mahkamlash.
20. Detalni mahkamlashda faqatgina maxsus tagliklardan foydalanish.
21. Detalni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar tagliklarning kamroq miqdordan foydalanish, mayda tagliklarni kamroq miqdordagi balandligi bo'yicha kattaroq tagliklar bilan almashtirish kerak.
22. Detallarni mahkamlashda gaykalari baland (h-1,6d) boltlardan foydalanish. Gaykalar yuzasi toblangan bo'lishi kerak. Urilgan (smyatie) gaykalarni qo'llamaslik.
23. Gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash
24. Agar bir detalga ishlov berilayotgan vaqtda plitaga boshqa detal o'rnatilayotgan bo'lsa bu holda alohida diqqatli va ehtiyot bo'lish kerak. Detal kran bilan uzatilayotgan vaqtda stanokni to'xtatish. Detallarni mahkamlash bo'yicha ishlarni stanok to'xtatilgandan so'ng amalga oshirish.
25. Detalni yaxlit tayanchlari bo'lgan joyidan mahkamlash: bunday mahkamlash detalning deformasiyalanishiga va uzilishiga yo'l qo'ymaydi.
26. Detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshirish.
27. Detalni stanokka o'rnatganda va to'g'rilaganda detalni xavfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'rilash. Bu maqsadda lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular sirg'anib ketishi va shikast yetkazishi mumkin.
28. Detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari chiqarib olish va belgilangan joyga olib qo'yish.
29. Asbobni mustahkam va puxta mahkamlash zarur. Uning qisqich(opravka) quyrug'i konus shpindeliga to'g'rilab o'rnashgan bo'lishini tekshirish.
30. Asbobni shpindel uzilganda o'rnatish.
31. Kesish asbobini detalga sekin, zarbsiz olib kelish kerak. Qul bilan uzatganda surish tezligi va kesish chuqurligini keskin o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik.
32. Asbobni o'tmaslashib qolganda yoki qattiq qotishma plastinalari uvalanganda asbobni almashtirish lozim.
33. Asboblarni almashtirganda asbobni faqat shu maqsad uchun mo'ljallangan va konus o'lchamlariga mos keladigan maxsus ponalar yordamida urib chiqarish.
34. Gidrotizimdagi bosim 10kg/sm dan past bo'lmaganda ishlashga ruxsat etiladi.
35. Ko'zga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan parchalar uchmasligi uchun asbobni jez, qo'rg'oshin yoki toblanmagan (xom) po'lat bolg'alar yordamida urib chiqarish.
36. Asbob quyrug'ini mahkamlovchi ponani shunday tanlash kerakki, pona uchlari bir tekis, ya'ni shpindeldan chiqib turmasligi kerak.
37. Frezalarni o'rnatganda ochiq kesuvchi qismlarni lattalar bilan o'rash. Og'irligi 3kg gacha bo'lgan asboblarni bir ishchi ko'tarishi mumkin, og'irligi 3 kg dan 16kg gacha bo'lgan asboblarni yordamchi bilan va og'irligi 16 kg dan ko'p bo'lgan asboblarni yuk ko'tarish vositalarini qo'llab ko'tarish kerak.
38. Qisadigan boltlari kallaklari va ponalar qisqich (opravka) yuzasidan chiqib turishiga yo'l qo'ymaslik.
39. Frezalarni shpindelning berk teshigida mahkamlash uchun vint va pona bilan mahkamlanadigan oraliq konuslaridan foydalanish.
40. Baxtsiz hodisani oldini olish uchun gorizontal teshik yo'nish stanogining sirg'algichi (polzun) uchini plansupport aylanasidan chiqib turgan holatda qoldirmaslik.
41. Tezlashtirilgan uzatishda teshik yo'nish stanogining yurgizuvchi vintining maxoviklari va tutkichlari qamrab olishidan va zarbidan ehtiyot bo'lish kerak.
42. Massasi katta bo'lgan teshik yo'nish kallaklarini o'rnatganda va yechib olganda ular ostiga stolga taxta tagliklar qo'yish lozim.
43. Dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng oldin uzatmani uzish, stanokni to'xtatish, undan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshirish.
44. Shpindel to'shakka nisbatan yuqori holatda bo'lgan balandlikda ishlaganda, kesish asbobini almashtirishni va o'lchovlarni, shuningdek stanokni boshqarishni faqatgina maxsus surib qo'yilgan maydonchada turib bajarishga ruxsat etiladi.
45. Ko'chma kolonka va lyunet ustuni yoki stanok plita-detalini yangi holatga o'rnatishdan oldin ularni sinchiklab qirindidan va begona predmetlardan tozalash. Ko'chma kolonka va lyunet ustunlarni ishni boshlashdan oldin ishonchli mahkamlash.
46. Ko'chma stollar, plitalar, burchaklar (ugolnik) va hokazolarni detalga mahkamlashdan oldin, ularni stanok stoliga ishonchli mahkamlash.
47. Quyidagilar taqiqlanadi:
47.1. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash;
47.2. kesuvchi asbobni nam latta bilan sovitish;
47.3. ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish;
47.4. asbobni shpilkalar va yasama moslamalar bilan mahkamlash, chunki aylanayotganda ular shpindeldan tashqariga chiqib kiyimni o'rab olishi mumkin.
48. Charxlash stanogida ishlaganda quyidagilar lozim:
48.1. charx tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi;
48.2. ishlov berilayotgan detalni charx toshga siltovlarsiz, zarblarsiz olib kelish,toshga qattiq bosmaslik kerak;
48.3. detalga charx toshning yon (tores) yuzasi bilan ishlov berishga yo'l qo'ymaslik;
48.4. charxlashda asbob yoki detal qo'lqo'ygich (podruchnik) va charx tosh orasida qadalib qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni qo'lda mahkam ushlash, qo'lqoplarda ishlash taqiqlanadi;
48.5. charx tosh yeyilishiga qarab, charxtosh va qo'lqo'ygich orasidagi tirqishni rostlash, u 3mm dan katta bo'lmasligi kerak;
49.Charxlash stanogida ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:
49.1. O'z boshimcha charx toshni almashtirish, xamda charx toshlarni to'g'rilash (bu ishlarni maxsus o'qitilgan ishchi bajarishi kerak);
49.2. Maxsus moslama va qisqichlardan foydalanmasdan mayda detallarni silliqlash va charxlash;
49.3. Aylanayotgan charx toshni begona predmetlarni bosish bilan to'xtatish;
49.4. Himoya ekranining oxirgi uzgichni uzib qo'yish va usiz ishlash;
49.5. kalit xomuzasi (zev) va gayka qirrasi orasiga qistirma qo'yish, gayka kalitlarini quvur yoki boshqa richaglar bilan uzaytirish.



Download 21,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish