6-amaliy mashg’ulot. Sublimatsiyali quritkichlar



Download 1,04 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#295605
Bog'liq
6-aмалий Қуриткичлар


6-amaliy mashg’ulot. Sublimatsiyali quritkichlar.

Turli materiallardagi muz agregat holatidagi namligini vakuum ostida bug’ga aylantirib suvsizlantirish jarayoni sublimatsiyali quritish deyiladi. Sublimatsiyali quritish yuqori vakuum, qoldiq bosim 133,3…13,3 Pa (1,0…0,1 mm sim. ust.) bo’lgan oraliq va past temperaturalarda olib boriladi.

Sublimatsiyali quritkich quritish kamerasi, kondensator-muzlatkich va vakuum nasosdan tashkil topgan. Ishlash jarayoni quyidagicha: plita ichida issiq suv nasos yordamida tsirkulyatsiyali harakat qiladi. Plita va tovalar orasida ma’lum havoli bo’shliq bo’ladi. Plitalardan tovalarga issiqlik nurlanish usuli (radiatsiya) hisobiga o’tadi. Sublimatorda hosil bo’lgan suv bug’i va havo aralashmasi kondensator-muzlatkichga o’tadi. Bug’-havoli aralashma qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalar bo’shlig’ida (ichida), trubalararo bo’shliqda esa ammiak tsirkulyatsiyali harakat qiladi.

Qurilma trubalarida suv bug’lari avval kondensatsiyalanadi, undan so’ng muzlaydi. Sublimatsiyali quritkichlarda 2 ta kondensator-muzlatkich bo’ladi. Ular navbatma-navbat ishlaydi, ya’ni bittasida kondensatsiya va muzlatish sodir bo’lsa, ikkinchisida hosil bo’lgan muz eritib yo’qotiladi.

Materialdan namlik 3 bosqichda chiqariladi:


  1. Quritish kamerasida bosim pasayishi bilan namlik o’z-o’zidan muzlaydi va materialdan chiqqan issiqligi hisobiga muzdan bug’ga aylanadi. Bu bosqichda 15%namlik yo’qotiladi;

  2. Namlikning asosiy qismi o’zgarmas tezlik davrida sublimatsiya quritish bilan yo’qotiladi.

  3. Qoldiq namlik materialdan issiqlik yordamida yo’qotiladi.

Sublimatsiyali quritishda oz miqdorda past temperaturali (40…500C) issiqlik eltkich sarflanadi. Umumiy energiya va ekspluatatsion sarflari boshqa quritish usullariga nisbatan yuqori (dielektrik quritishdan tashqari).

Shuning uchun, bu quritish usuli qimmatbaho moddalar, yuqori temperaturaga chidamsiz va biologik xossalari uzoq muddat davomida saqlanib turishi kerak bo’lgan materiallarni (meditsina va farmatsevtika mahsulotlari, savzavot, go’sht, meva) quritish uchun ishlatiladi.





1-rasm. Sublimatsiyali quritkich: 1- quritish kamerasi; 2- plita; 3- tunuka tova; 4- kondensator-muzlatkich.

Termoradiatsiyali quritkichlar.

Bunday quritkichlarda material tarkibidagi namlikni bug’latish uchun zarur issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi. Issiqlik infraqizil nurlanishga moslangan lampalar yoki o’ta qizdirilgan keramik yoki metal yuzalardan tarqaladi. Infraqizil nurlanishli lampalar oddiy yoritish lampalaridan qizdirish temperaturasi bilan farqlanadi. Nurlanish oqimini nam materialga yo’naltirish uchun parabola shaklli reflektorlar ishlatiladi.

Kontaktli quritishga qaraganda ushbu usulda quritish davrida material yuza birligiga vaqt birligida ancha ko’proq issiqlik to’g’ri keladi. Natijada jarayon intensivlashadi. Masalan, yupqa qatlamli materiallarni infraqizil nurlar yordamida quritish davomiyligi 30…100 marotabagacha qisqaradi.

Gaz bilan isitiladigan radiatsiyali quritkich ishlash jarayoni:

Bunday quritkichlar tuzilishi sodda, lampali quritkichga nisbatan arzon.

Nur tarqatuvchi qurilmaning pastki qismida gaz yoqiladi. Gaz yonishi natijasida nur tarqatuvchi qurilma qiziydi, so’ngra infraqizil nurlarni tarqatadi. Nur tarqatgich nam material xossalariga qarab tanlanadi. Yuqori sifatli mahsulot olish uchun murakkab jarayonlardan (masalan, radiatsiyali va konvektiv usullarni bir vaqtda qo’llash) foydalaniladi.

Termoradiatsiyali quritkich tuzilishi ixcham, yupqa qatlamli materiallarni quritishda yuqori samara beradi. Lekin uning energiya sarfi nisbatan ko’p, ya’ni 1 kg namlikni bug’latish uchun 1,5…2,5 kVt∙soat energiya zarur.



2-rasm. Radiatsiyali quritkich: 1- konveyyer; 2- gazoduvka; 3- gaz yondirgichi; 4- nur tarqatgich; 5- chiqish trubasi.

Yuqori chastotali (dielektrik) quritkichlar qalin qatlamli materiallarni quritish uchun mo’ljallangan. Bu quritish usulida materialning yuzasi va qalinligi bo’ylab temperaturava namlikni rostlash mumkin. Ushbu quritkichda plastmassa va dielektrik xossalarga egabo’lgan materiallarinihamda oziq-ovqat mahsulotlarini quritish mumkin.





-rasm. Yuqori chastotali quritkich:

1- kondensator plastinkasi; 2- quritish kamerasi; 3- lentali konveyyer; 4- lampali, yuqori chastotali generator; 5- to’g’rilagich.

Dielektrik quritkichlar lampali yuqori chastotali generator, quritkich va lentali konveyyerdan tarkib topgan (-rasm).

Chastotasi 50 Gts li o’zgaruvchan tok to’g’rilagich orqali generatorga uzatiladi. Generatorda tok yuqori chastotali tokka aylantiriladi. So’ng, bu tok lentali konveyyerning ikki tomonida joylashgan kondensator plastinkalariga yuboriladi.

Kondensator plastinalari zaryad ishoralari o’zgarishi bilan yuqori chastotali maydon ta’sirida material ion va elektronlari sinxron ravishda harakat yo’nalishi o’zgaradi. Dipol molekulalar aylanma harakatlansa, elektr zaryadlar siljishi tufayli qutbsiz molekulalar qutblanadi.

Natijada materialda issiqlik ajralib chiqadi va qiziydi. Elektr maydon kuchlanishini o’zgartirib quritish tezligi rostlanadi. Bu usulda namlik va temperatura gradiyentlarining yo’nalishi bir xil bo’ladi. Natijada, namlikning diffuziyasi tezlashadi.



Dielektrik quritish jarayoni uchun ko’p miqdorda energiya zarur. 1 kg namlikni bug’latish uchun 2,5…5 kVt∙soat energiya sarflanadi. Bu turdagi quritkichlar tuzilishi murakkab va qimmat. Shuning uchun, yuqori chastotali quritkichlar qimmatbaho materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatish maqsadga muvofiq, ya’ni iqtisodiy jihatdan samarali.
Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish