6-AMALIY MASHG‘ULOT:
Mavzu: Vektorli grafika bilan ishlash. CorelDraw dasturida sohani bo‘yash. Bo‘yoq (zalivka) uslublari va ularni sozlash.
Nazariy qism
COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko‘rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko‘rinishdagi kompozitsiyalarni taxrir qilish bilan bog‘liq amallarni bajarish mumkin. COREL DRAW muharrirni ishga tushirish uchun COREL DRAW ning belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki ENTER klavishini bosish kerak. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu ob’ektlar bilan ishlash. Ob’ekt deb, ustida xar xil amallarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi.
Talabalar musiqa sanoati jarayonlari obyektlari bilan ishlash jarayonida ular ustida xar amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Obyektlar bilan quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Belgilash
O‘chirish
Nusxa olish va nusxani qo‘yish.
Bir nechta obyektlarni belgilash.
Kattalashtirish va kichraytirish.
Obyektni siljitish.
Belgilashni olib tashlash.
.
COREL DRAW boshqa grafik muharrirlariga nisbatan matnlar bilan yaxshi ishlaydi, ya’ni nashriyot sistemalarida, masalan, yumoristik yoki boshqacha kitoblarni har xil va turli o‘lchamdagi harflar bilan yozish mumkin.
Siz o‘zingiz fotosuratingizni skanerdan o‘tkazib, COREL DRAW yordamida shu rasmingizni chiroyli portretga aylantirishingiz mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki bunday professional murakkab grafik muharririda fayllarning kengaytmasi filt.cdr ko‘rinishda bo‘ladi.
COREL DRAW ko‘pgina shakllar ustida amallar bajarish uchun qulay. Masalan, uchburchak, yulduzcha ellipslar ustida turli amallar bajarish mumkin. Lekin bunda ko‘pburchaklar qavariq ko‘pburchaklar bo‘lishi kerak. Ko‘pburchaklarni chizish uchun maxsus ekran panellari mavjud. Ko‘pburchaklar bilan ishlaganda panel atributlaridan foydalanish kerak bo‘ladi.
Topshiriqlar.
Ixtiyoriy obektlarni tanlang va ularga ishlov bering.
Obyektni instrumentlar paneli yordamida ajrating
Shakllar yasang.
Nazorat savollari
COREL DRAW da ranglar bilan ishlash instrumentlari
COREL DRAW ob'ektlar bilan ishlash instrumentlari.
COREL DRAW ajratish instrumentlari
COREL DRAW bajarilgan amallarni boshqarish. Yangi bo‘yash chyotkasi yaratish tartibi
COREL DRAW dasturi nima uchun mo‘ljallangan?
COREL DRAW da qatlam(sloy) shakli va o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
M. Aripov. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari». Toshkent, “O‘zMU”. -2001., 2007.
Ayupov R.X. «Informatika» fanidan muammoli ma’ruza matnlari to‘plami. - T.: TMI, 2005.
Qosimov S.S. Axborot texnologiyalar, T., 2007.
Katherine M. First look office 2010. MicrosoftPress.Podrazdelenie korporatsii Maykrosoft. One Microsoft Way. Redmond, Washington 98052-6399. © KorporatsiyaMaykrosoft (Microsoft Corporation), 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |