8.3-rasm. Marshrutizatorlar yordamida tarmoqni mantiqiy strukturalash.
Marshrutizator dastur va qurilma ko‘rinishida bo‘ladi. Dastur ko‘rinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga o‘rnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi marshrutizator ortiqcha mablag talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi. Chunki kompyuterni har doim ham yoqig‘ holatda saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qurilma
ko‘rinishidagi routerlar afzaldir.
Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo‘ladi. Biri WAN port hisoblansa, ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli texnologiyalarga mansub tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi.
Hozirgi kunda router ishlab chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog‘lab beradi, balki lokal
tarmoqni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib beradi. Ularda tarmoq ekrani – firewalllar mavjud bo‘lib, ular yordamida tarmoqqa ruhsatlarni berishi mumkin. Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil ko‘rinishda bo‘ladi: dinamik marshrutizasiya va statik marshrutizasiya. Dinamik marshrutizasiya, ko‘rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o‘ziga ulangan barcha qurilmalar tog‘risida maʻlumotni saqlaydi. Vaqti
– vaqti bilan tarmoqqa paketlar jo‘natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni xotirasida quradi. Ammo bu routerni ko‘proq ishlashiga sabab bo‘ladi (yuklama ko‘payadi). Xavfsizlik jihatda ham mukammal deb bo‘lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan yozib qo‘yiladi. Barcha paketlar ushbu route (marshrut) bo‘yicha harakat qiladi.
Routerlar maʻlumotlar paketini qayerga yo‘naltirishni aniqlash uchun marshrutlash jadvaliga tayanadi. Marshrutlash jadvallari maʻlumotlar paketini havolalar orqali va manzilga yo‘naltirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan maqsad, kirish, interfeys, ko‘rsatkichlar va marshrutlar haqidagi maʻlumotlarni o‘z ichiga oladi.
Belgilangan manzil - Maʻlumotlar paketlari yakuniy manzilning IP-manzilini o‘z ichiga olgan sarlavhani o‘z ichiga oladi. Ushbu maʻlumot juda muhim, chunki u paketni qayerga yetkazish kerakligini aniqlaydi.
Keyingi o‘tish - maʻlumotlar paketining sarlavhasidagi maqsad IP manziliga asoslanib, keyingi maʻlumotlar o‘z manziliga yetib borishi kerak bo‘lgan joyni belgilab beradi.
Interfeys - bu maʻlumotlar paketini keyingi manzilga yuborishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tarmoq interfeysi turi.
Metrika - maʻlumotlar paketi uchun mumkin bo‘lgan marshrutlarning samaradorligini belgilab beradi. Bu maʻlumotlar paketini iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha taqsimlash uchun eng samarali usul hisoblanadi.
Marshrutlar - bu maʻlumotlar belgilangan manzilga yetib borishi mumkin bo‘lgan liniyalarni belgilaydi.
Barcha marshrutizatorlar Internet va tarmoqqa ulangan mahalliy qurilmalar o‘rtasida maʻlumotlarni qabul qilish va jo‘natishning asosiy funktsiyasini bajaradi. Biroq, qurilmalarga
qanday ulanishi yoki tarmoqda qanday ishlashiga bog‘liq bo‘lgan turli xil marshrutizatorlar mavjud. Xususan, quyidagi turdagi routerlar odatda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |