93-rasm. Uzluksiz ishlaydigan D-5 tipidagi hidsizlantirish qurilmasi.
1- korpus; 2- ustki qopqog`; 3- ostki qopqog`; 4- zmeyevik; 5- kamera; 6, 10- patrubka; 7- qopqog`; 8- tomchi qaytargich; 9- zmeyevik; 10- patrubka; 11- o`tkir bug` tarqatish kamerasi; 12- forsunka; 13- jo`mrak.
|
94-rasm. D-5 tipidagi hidsizlantirish qurilmasini o`tkir bug` tarqatish barbatyori.
1- korpus; 2- tarqatish trubasi; 3- patrubka; 4- forsunka;
5- teshik-teshikli sektor.
|
|
95-rasm. Hidsizlantirish qurilmasi.
1- zmeyevik; 2- barbotyor; 3- barbotyorga bug` yuborish trubasi; 4- gazlift; 5- trubalar panjarasi; 6, 7- trubalar biriktiriladigan panjara; 8- qalpoq; 9- g`ilof; 10, 18- qaytargich, 11, 12- qaytargich, 13- ajratish bo`shlig`i; 14- ustki kamera; 15- qopqog`; 16- gazliftni ko`tarish trubasi; 17- gazliftga bug` yuborish trubasi.
|
Qurilmada o`rtacha 1 tona moyni hidsizlantirishda 100kg o`trik bug` va 200 kg isitish bug`i sarf bo`ladi.
Yog`-moy sanoati korxonalarida moyni uzluksiz usulda hidsizlantirish uchun A1-MND tipidagi, «De Smet» va «Alfa-Laval» firmalarida ishlab chiqarilgan qurilmalar ishlatilmoqda. Bunday qurilmalarning ish unumdorligi 80 ton/sut dan 150 ton/sut ga teng. A1-MND uzluksiz usulda hidsizlantirish liniyasini texnologik sxemasi 96-rasmda ko`rsatilgan.
|
96-rasm. Moylarni uzluksiz usulda hidsizlantiradigan A1-MND liniyasini texnologik sxemasi.
1, 5, 8, 15- nasos; 2- sarf o`lchagich; 3, 6- qizdirgich; 4- deaerator;
7- hidsizlantirish qurilmasi; 9- sovutgich; 10- tomchi ushlagich; 11- bug`-ejektorli vakuum nasos; 12- barometrik kondensator; 13- sirtiy sovutgich; 14- oraliq sig`im.
|
Bunda rafinsiyalangan moy sig`imdan 1 nasos va 2 sarf o`lchagich orqali o`tib ikki yo`lli g`ilofli 3 qizdirgichga beriladi, bu qizdirgichda dastlabki qizdirilgan moy 4 dearator-qizdirgichga beriladi va bu yerda tepadan pastkka tomon yupqa plyonka qavatida oqib tushib, zmeyevikdan o`tayotgan hidsizlantirilgan moy yordamida 130-1800C gacha qizdiriladi. Bu qurilmada vakuumda moy dearasiyalanadi va moy 5 nasos yordamida 6 qizdirgichga yuboriladi va bu yerda bug` yordamida hidsizlantirish haroratigacha qizririladi. Qizdirgichda 180-2200C gacha qizdirilgan moy 7 hidsizlantirish qurilmasining ustki qismdagi sachratgich orqali qurilma ichiga sepilidi. Hidsizlantirilgan moy qurilmaning ostki qismidagi jo`mrakdan 8 nasos orqali uzluksiz chiqarib turiladi. Qurilmaning vakuum sistemasiga 10 tomchi ushlagich o`rnatilgan bo`lib, u moy tomchilarining bug`dan ajratish uchun xizmat qiladi. Qurilma vakuum besh bosqichli bug` ejektorli vakuum nasos yordamida hosil qilinadi. Bu liniyada o`rnatilgan hidsizlantirish qurilmasi 97-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, u vertikal silindr shaklidagi qurilma bo`lib, u uch qismdan: I bosh qismi maxsus sachratish uskunasi bilan, II o`rta qismi va III kengaygan qsmdan tashkil topgan.
Qurilmaga qizdirilgan moy 0,1 mPa bosim bilan 1 jo`mrak orqali 2 sachratgichga uzatiladi. Sachratgichdan moy 3 yarim trubaga biriktirilgan 38 dona 4 plastinkalarga sepildi. Bu plastinkalarda moy yupqa plyonka holida harakatlanib pastdan yuqoriga ko`tarilayotgan o`tkir bug` yordamida qizdiriladi va moy 7 markaziy trubaga oqib tushadi va undan oltitaga ajratilgan 11 kameralarga o`tadi. Ostki qismdagi har bir kameraga 8 bug` injektori bo`lib, ularga o`tkir bug` 10 kollektor orqali uzatiladi. Ostki kameralarning uchtasiga 12 zmeyevikli qizdirgich o`rnatilgan. Qurilmadan moy 9 jo`mrak orqali chiqariladi. Qurilmaning butun korpusi tashqarisidan zmeyevik bilan o`ralgan bo`lib, undan bug` o`tib turadi. Ostki qismiga 6 kuzatish oynasi va 14 trubka bo`lib unga nazorat o`lchov uskunalar o`rnatiladi. Qurilmaga 15 sig`imdan uzluksiz usulda 20%li limon kislotasini oksidlanish jarayonlarini borishiga yo`li qo`ymaslik uchun berib turiladi.
Qurilmaning bir sutkalik ish unumdorligi 80 tonnaga teng. Keyingi yillarda yog`-moy sanoatida kolonna tipidagi hidsizlatirish qurilmasi bo`lgan texnologik liniyalar ishlatilmoqda, bunday texnologik liniyalarga «Alfa-Laval» va «Spomaash» (PXR) 98,99-rasm liniyalarini ko`rsatish mumkin. Bu liniyalarda o`rnatilgan hidsizlantirish qurilmalarining konstruksiyasi 100, 101-rasmlarda ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |