14. Fitrat she’rlarining maktabda o‘rganlishi haqida gapirib bering.
Abdurauf Fitrat she’riyati haqida so‘z ketganda shuni aytish kerakki- shoir ilk she’ridan boshlab Turk Dunyosini, Turkiston birligi, istiqlol g‘oyasini ilgari surdi, u turk dunyosiga millatparvar va yoniq shoir sifatida tanilgan edi. Bu haqda unga zamondosh tanqidchilardan Abdurahmon Sa’diy shunday yozadi: “Fitrat – hozirgi o‘zbek she’riyatida arab, fors so‘zlariga yo‘lni berkitdi. O‘zbek she’r tuzilishining rivojlanish yo‘llarini belgilay borib, ko‘pgina yosh shoirlarni o‘zining uslubi va tili bilan ergashtira oldi, atrofiga yosh shoirlarni to‘plab ularga til va uslubdan yo‘l ko‘rsatmakdadir.” Shu orqali uning asarlari, she`rlari qalblarga kirib , uning nozik torlarini chertdi va o`quvchiga juda katta ta`sir ko`rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |