Parchin mixli birikmada kesilish
Bitta parchin mix bilan ikkita listni biriktirilgan holatni (6.2-rasm) ko‘ramiz. Hisob ishlarida listlar orasidagi ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi.
a) b)
6.2-rasm. Parchin mixli birikmada kesilish
a) kesilish deformatsiyasida urinma kuchlanish; b) kesilish tekisligidagi kuchlanish.
Parchin mixli birikmaning buzilishi kesish tekisligi deb ataluvchi A–A tekislik bo‘yicha ro‘y berishi mumkin (6.2b-rasm).
Kesish tekisligida τdF ga teng elementar ichki kuchlar hosil bo‘lib, ularning teng ta’sir etuvchisi kesuvchi kuch Q ga teng bo‘ladi. Urinma kuchlanish τ kesish tekisligida tekis taqsimlangan deb hisoblanib, uni
Q
Р
F ёки F deb olishimiz mumkin.
Bu yerda F – parchin mixning ko‘ndalang kesim yuzasi.
Urinma kuchlanish τ parchin mix materiali uchun kesilishda ruxsat etilgan urinma kuchlanish [τ]k dan kichik bo‘lishi kerak. [τ]k – qiymatini 6.1-jadvaldan olish mumkin.
Agar parchin mixlar bitta emas n ta bo‘lsa u holda bir parchin mixda hosil bo‘ladigan kuchlanish ruxsat etilgan urinma kuchlanishlardan «n» marta kichik bo‘lishi kerak, chunki siljituvchi zo‘riqishlar birikmalar oralig‘ida tekis taqsimlanadi deb qabul qilinadi. Agar parchin mixli birikmalar 2 va undan ortiq paket deb ataluvchi listdan iborat bo‘lsa (6.3-rasm), u holda parchin mixda bitta emas «m» ta kesish tekisligi hosil bo‘lib, barcha kesish tekisliklarida kuchlanishlar o‘zaro teng deb faraz qilinadi. Kesish tekisliklarining soni «m», paketdagi bog‘lanuvchi listlar sonidan birni ayrilganiga teng bo‘ladi. Masalan 6.3-rasmda ko‘rsatilgan birikmada listlarning soni 4 ta, demak kesish tekisliklarini soni 3 ga teng bo‘ladi.
148
Parchin mixli va boltli birikmalar uchun kesilish va ezilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymatlari
6.1-jadval
Birikma turi
Kuchlanish turi
Ruxsat etilgan kuchlanish kgk/sm2
St. 2 (po‘lat) St. 3 (po‘lat)
Parchin mixli, teshik parmalab teshilgan
Parchin mixli, teshik siqib chiqarilgan
Kesilishda
Kesilishda Ezilishda
[τ]k = 1400
[τ]k = 1000 [σ]e = 2400
[τ]k = 1400
[τ]k = 1000 [σ]e = 2800
Sof boltli
Qora boltli
Kesilishda Ezilishda Kesilishda Ezilishda
[τ]k = 1200 [σ]e = 2800 [τ]k = 800 [σ]e = 1700
6.3-rasm. Parchin mixli birikmadagi kesilish tekisliklari.
Yuqoridagilarni hisobga olib, kesilishga ishlovchi birikmalarning mustahkamlik shartini quyidagicha yozish mumkin:
P 2 k (6.1)
mn 4
Parchin mixli birikmalarni loyihalashda 2 xil variant mavjud: birinchisida birikmaning berilgan parchin mix diametri asosida biriktirish uchun kerakli bo‘lgan parchin mixlar soni mustahkamlik
149
shartidan foydalanib topiladi; ikkinchisida ma’lum parchin mixlarning soni asosida uning diametri topiladi.
Parchin mixning list bilan tutashgan sirtida kesilishdan tashqari ezilish ham hosil bo‘ladi.
Ikkita bir – birini siquvchi jismlar tutashgan joyda hosil bo‘luvchi siqilish ezilish deb ataladi.
Tutashgan yuzalarning o‘zaro kontaktiga qarab, kichik yuzali ezilishga yoki katta yuzali ezilishga ajratish mumkin.
Birinchi holda tutashgan yuzada juda katta mahalliy (tutash) kuchlanishlar hosil bo‘lib, tutashgan joydan uzoqlashgani sari ular kattaroq yuzalarga taqsimlanadi. Shu sababli ezilishning bu turi yaqqol ajralib turuvchi mahalliy (lokal) xarakterga ega bo‘ladi.
Ikkinchi holda tutashgan joydan uzoqlashgan sari kuchlanish tez kamaymaydi, chunki bosim tarqalayotgan yuza keskin ko‘paymaydi.
Birikmada list bilan parchin mixning tutashish yuzalarida kuchlanishlar notekis taqsimlanadi, ammo hosil bo‘ladigan normal kuchlanishlarni parchin mix diametral tekisligi kmnl bo‘ylab yetarli darajadagi aniqlik bilan tekis taqsimlangan deb olish mumkin (6.4-rasm).
6.4-rasm. Parchin mixli birikmada kuchlanishning taqsimlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |