Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti
Reja
1.AGROIQLIMIY RESURSLARI
2.YER RESURSLARI VA SUV RESURSLARI
3. BIOLOGIK VA GEOLOGIK RESURSLAR
Agroiqlimiy resurslar. - Hududlarning turli ekin yetishtirish imkoniyatlari ko‘p jihatdan iqlimga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim imkoniyatlari agroiqlimiy resurslar deyiladi.
Yer resurslari. - Yer inson uchun har jihatdan eng ahamiyatli tabiiy resurs hisoblanadi, chunki aholining kundalik hayotiy ehtiyojlari vositalarining deyarli hammasi yerdan undirib olinadi.
- Hozirgi vaqtda jahon yer fondining umumiy hajmi 13,4 mlrd. gektarga teng.
- Insoniyat uchun eng katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlar jahon umumiy yer fondining 34 % ini tashkil qiladi.
Katta qiyinchiliklar hisobiga o‘zlashtirilgan yerlar asta-sekin
ishdan chiqib bormoqda. Eng avvalo, tuproq yuvilishi, ya’ni eroziya jarayoni har yili qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 6 –7 mln. gektar yerdan mahrum qilmoqda. Yerlarning botqoqlanishi va sho‘rlanishi oqibatida yana 1–1,5 mln. gektar ekin maydonlari ishdan chiqmoqda. Shahar va qishloqlarning kengayishi, sanoat va transport qurilishlarining yildan yilga o‘sib
borishi ham ekin maydonlarining qisqarishiga olib kelmoqda.
SUV RESURSLARI
Ma’lumki, Yer sharidagi mavjud suvning asosiy qismi Dunyo okeani va dengizlarida to‘plangan. Chuchuk suv resurslari esa gidrosfera umumiy hajmining atigi 2,5 % ini tashkil qiladi. Lekin uning asosiy qismi Yer sharining chekka, foydalanish qiyin bo‘lgan Antarktida, Arktika hamda baland tog‘lardagi qor va muzliklarda to‘plangan.
BIOLOGIK RESURSLAR
Biologik resurslar deb, quruqlik va Dunyo okeanidagi o‘simlik va hayvonot boyliklariga aytiladi. Ayniqsa o‘rmon resurslarining xo‘jalik va ekologik ahamiyati nihoyatda katta. Jahonda o‘rmonlar 40 mln. Km KV (4 mlrd. gektar)ni, yoki butun quruqlikning 30 % ga yaqinini tashkil etadi
Geotermal resurslar. Muhim noan’anaviy energiya manbayi sifatida Yerning ichki energiyasi, ya’ni geotermal resurslar hisoblanadi. Geotermal energiyaga, ayniqsa, issiq tabiiy bug‘ va suv tektonik yoriqlar orqali Yer yuzasiga chiqib turadigan hududlar juda boydir. Islandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Filippin, Papua-Yangi Gvineya, Italiya, Meksika, AQSHning g‘arbiy shtatlari, Rossiyaning sharqiy hududlari geotermal resurslarga boy SAVOLLAR - 1. Agroiqlimiy resurslar, asosan, qanday ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi?
- 2. Suv resurslar bilan ta’minlanganlik qanday omillarga bog‘liq?
- 3. Yer resurslarining ko‘payishi va kamayishiga olib kelayotgan jarayonlarni izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |