6- sinf Tarix fanidan “Bilimlar bellashuvi” tanlovi uchun tuzilgan savollar.
1. Ma’mun akademiyasi.
“Bayt ul -hikma”- olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa 9 asr boshlarida xalifa Xorun ar-Rashid Bag’dodda tashkil etadi. Ma’mun davrida o’ziga xos ilmiy maktabga aylangan. Uning tarkibida juda katta va boy kutubxona bo’lgan. Kutubxonada Hind, Yunon, Suriya, Arab, Fors tillarida 400 ming jild qo’lyozma kitoblar saqlangan. Uni Platon akademiyasi bilan qiyoslash mumkin.
2. Farobiy
U 873- yil Sirdaryo bo’yida joylashgan Forob(o’tror) shahrida harbiy oilasida tug’ilgan. 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan ularning ayrimlari o’zbek, qozoq, rus va boshqa tillarda chop etilgan. U ko’pgina yunon olimlarini asarlariga sharhlar yozib qoldirgan.Uning jahon fani xususan falsafa, matematika, fizika, kimyo, tilshunoslik, musiqashunoslik kabi fanlarga qo’shgan hissasi benihoya kattadir.
2. “Avesto” eng qadimiy manba.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi . “Avesto” so’zining ma’nosi “qat’iy belgilangan qonun qoidalar” degani.Zardusht va’zlari matnlarining hammasi Ml.avv. III asrda 21 ta kitobga jamlangan .”Avesto” matnlariga sharh “zand” deyiladi. “Avesto”ning ilk qismlari Ml.avv. 9-8 asrlarda paydo bo’lgan.
4. Qadimgi sharq va o’rta osiyo.
Qadimgi sharqda ilk davlat Ml.avv 4-ming yillik boshlarida paydo bo’lgan.Nil daryosi o’rta yer dengiziga borib quyilishini yunonlar Delta deb atashgan. Misrliklarning dehqonchilik asosiy mashg’uloti bo’lgan.Misrda shahar davlatlar “nom ” deyilgan.Ml.avv 4- ming yillikda Mesopatamiyada Uruk, Umma,Lagash, va Ur shaharlari vujudga keladi. Ml.avv II ming yillikda old Osiyoda Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu,Finikiya shahar davlatlari vujudga keladi.
5. Buyuk ipak yo’li.
Bu yo’l Ml. avv II asrda vuyjudga kelgan. “Buyuk meridian yo’l” deb atalgan.Bu yo’lga “Ipak yo’li” degan nom 1877 yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Karvon yo’li qadimgi Xitoydagi Xuanxe daryosi bo’yida joylashgan Sian shahridan boshlangan. Yo’lning ikki yo’nalishi bo’lgan birinchi yo’nalish Xitoydan Samarqandgacha, Samarqanddan Orta dengizgacha brogan.Ikkinchi yo’nalish Xitoydan boshlanib, Pomir, Tyanshan tog’ tizmasidan o’tib Farg’ona orqali Afg’onistonga undan Hindistonga borgan .
7- sinf Tarix fanidan “Bilimlar bellashuvi” tanlovi uchun tuzilgan savollar.
1.Ulug’bek rasadxonasi.
M Ulug’bek 1424-1428 – yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida rasadxona qurdiradi. Imoratning balandligi 31 m. Rasadxona joylashgan joy aholi o’rtasida “Naqshi jahon” deb shuhrat qozongan.G’iyosiddin Jamshid boshchiligida rasadxonaning asosiy o’lchov asbob uskunasi –ulkan sekstant o’rnatilgan. Rasadxona qoshida boy kutubxona tashkil etilgan.Bu kutubxonada hamma sohaga oid 15 ming jild kitob saqlangan.
2. Abu Rayhon Beruniy.
Abu Rayhon Beruniy Xorazmning kat shahrida tug’ilgan. U Xorazm ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Astranomiya, fizika , matematika, geodeziya va boshqa fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy olgan. Olim 200 ga yaqin ilmiy asar yozgan va tarjimalar qilgan. Globusni dunyoda birinchi bo’lib yasagan . “Hindiston”, “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarining muallifi.
3. Eftaliylar davlati.
V asr o’rtalarida vujudga kelgan . Eftal degan nom ilk bor “Xeptal” shaklida arman manbalarida uchraydi. Eftaliylarga qarshi sosoniylar uch marta yurish qiladi.484 –yil uchinchi marta yurish sosoniylar shohining mag’lubiyati bilan tugaydi.Keyinchalik Eftaliylar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo’tan, Qoshg’ar shaharlarini ham egallaydi. Shunday qilib V asrning II – yarmi va VI asr boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron , Shimoliy Turkiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan, ilk o’rta asrlarning qudratli davlati Eftaliylar davlati vujudga keladi.
4. Arab xalifaligining vujudga kelishi.
Muhammad Payg’ambar vafotidan keyin uning safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifalikka saylanadi. Undan keyin Umar (634-644) . Usmon (644-656). Ali (656-661). Arab xalifaligi 632-1258 yillarda faoliyat yuritgan . Unda Ummaviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) hukmronlik qilgan.
5. Buyuk ipak yo’li.
Bu yo’l Ml. avv II asrda vujudga kelgan. “Buyuk meridian yo’l” deb atalgan.Bu yo’lga “Ipak yo’li” degan nom 1877 yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Karvon yo’li qadimgi Xitoydagi Xuanxe daryosi bo’yida joylashgan. Sian shahridan boshlangan. Yo’lning ikki yo’nalishi bo’lgan. Birinchi yo’nalish Xitoydan Samarqandgacha, Samarqanddan O’rta dengizgacha borgan.Ikkinchi yo’nalish Xitoydan boshlanib, Pomir, Tyanshan tog’ tizmasidan o’tib Farg’ona orqali Afg’onistonga undan Hindistonga borgan .
8- sinf Tarix fanidan “Bilimlar bellashuvi” tanlovi uchun tuzilgan savollar.

Do'stlaringiz bilan baham: |