Tarbiya prinsiplari. Unga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishi, mazmuni, metodlari va tashkiliy
shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga ko‘yiladigan asosiy
talablarni ifodalaydigan dastlabki koidalardir.
Ular:
1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy xayot bilan boglab olib borish prinsipi.
2.Mexnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida
tarbiyalash prinsipi.
Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada o‘kuvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlariga bardosh berish
prinsipi.
5.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
6.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish prinsipi.
7.Tarbiyaviy ta’sirlarni muntazam olib borish va ketma - ketligi prinsipi.
Endi tarbiya prinsiplarining mazmunini taxlil qilishga o‘tamiz.
Tarbiyani turmushning ijtimoiy xayoti bilan boglab olib borish prinsipi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib ulgayishiga va shaxsining shakllanishiga xayot
va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolalarni tarbiyalashdan
maksad uni turmush uchun, ijtimoiy - iktisodiy xayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab
va tarbiya muassasalarida olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari turmush bilan mustaxkam
boglangan bo‘lishi kerak. Tarbiyaning bu prinsipi o‘tmish avlodlarning ko‘rsatmalaridan
kelib chikadi: «Agar ta’lim - tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina olib
borilib, mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas edik» deb yozgan
buyuk mutaffakkirlardan biri.
1.O‘quvchilarni xayot bilan tanishtirish yo‘llari va shakllari xilma - xildir. Avvalo o‘kuvchilarni
mamlakatimizda va chet ellarda ro‘y berayotgan ijtimoiy - siyosiy va iktisodiy vokealar bilan
muntazam ravishda tanishtirish zarur. O‘kuvchilar orasida siyosiy axborotlar o‘tkazish, gazeta
materiallari bilan tanishtirishni yo‘lga ko‘yish, radio eshittirishlari, teleko‘rsatuvlaridan
foydalanish lozim.
2.
Mehnat
yordamida,
ijtimoiy
foydali
faoliyat
jarayoniga
tayyorlash
prinsipi.
Mexnatning tarbiyaviy ta’sir kuchi goyat kattadir. Mexnatda ishtirok etish va unumli
mexnat qilish bilan shaxs o‘z kobiliyati va iktidorini namoyon kiladi va kamolga yetadi. Demak
mexnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir.
O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mexnat o‘kuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi. Bu ikki
faoliyatning ko‘shiluvi bolani aktivlashtiradi, tashabbuskor kiladi va xukuk birligini ta’minlaydi.
Mexnatda va mexnat orkali tarbiyalash prinsipi o‘kuvchilarning psixologik va yosh
xususiyatlarni xisobga olishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yoshlar serharakat bo‘ladilar va faoliyatga intiladilar. Ular o‘z kuch va kuvvatlarini turli
mashgulotlarga, avvalo mexnatga sarf kiladilar. Passivlik, sustkashlik, ishsiz o‘tirish o‘kuvchi
tabiati uchun yoddir. Mexnatda insonning kuchi, imkoniyati, xarakteri, o‘z bilimini amalda
ishlatish ko‘nikmasi ro‘yobga chikadi va rivojlanadi.
3.
Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.To‘gri tashkil etilgan jamoa odamlarning kobiliyat va iste’dodning rivojlanishi uchun
keng yo‘l ochib beradi. Fakat jamoagina xar tomonlama rivojlanish uchun keng imkoniyatga ega
bo‘ladi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan ko‘sha bilish, bir - biriga o‘zaro yordam berish kabi
kimmatli fazilatlar avvalo jamoda tarbiyalanadi va mustaxkamlanadi. O‘kuvchilar jamoasida xar
bir shaxsning kamolga yetishi uchun xamda gurux, umuman kollejda do‘stlik alokasini
mustaxkamlash uchun juda yaxshi sharoit vujudga keladi.
O‘qituvchi va tarbiyachi o‘zining tarbiyaviy ishlarida xamma vakt o‘kuvchilar jamoasiga va ular
orasida faol o‘kuvchilarga tayanmogi, o‘kuvchilarni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga
odatlantirilib jamoda yashash va ishlashga o‘rgatib borish lozim.
4.Tarbiyada
o‘kuvchi
shaxsini
xurmat
qilish
va
talabchanlik
prinsipi.
Bolalarni tarbiyalashda akl bilan ish ko‘radigan moxir pedagoglar
tarbiyalaridagi bolalarning shaxsiy fazilatlarini juda yaxshi biladilar va bundan keyin uning xakida
nimalarga erishmokchi ekanliklarini anik tasavvur ztadilar.
Ba’zi murabbiylar, o‘kituvchilar va sho‘x bolalarning salbiy xislatlariga ortikcha urgu berib, katta
xatoga yo‘l ko‘yadilar. Bolalarning zaif tomonlari va nuksonlari doim tankid kilinaversa, bolaning
o‘ziga ishonchi yo‘koladi, umidsizlikka tushadi. Ayni chogda unda o‘kituvchi va tarbiyachiga
nisbatan kandaydir bir nafrat xissi paydo bo‘ladi. O‘kuvchilardagi nuksonlar, xato va
kamchiliklarni tuyadek bo‘rttirib, ularning yaxshi fazilatlarni kadrlamaydigan murabbiy va
o‘qituvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar.
5.O‘quvchilarni
tarbiyalashda
ularning
yosh
va
individual
xususiyatlar
xisobga olish prinsipi.Bolalarning yoshi ulgaygan sari ularga talab xam orta boradi. Shu tufayli
o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustakilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi
Tarbiya jarayonining moxiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan muayyan
konuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki axlok va munosabatlarni aks ettirishidir.
Milliy pedagogika o‘kituvchi, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi
emas, balki tarbiyachilarning anik bir maksadga karatilgan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligini
ta’kidlaydi. Zero, tarbiya mukammal shaxsni kuvvatini, kobiliyatlarini, mafkuraviy, ma’naviy -
madaniy sifatlarini, ongi va axlokini shakllantirishni nazarda tutadi.
Tarbiya jarayonida kishining turli kobiliyatlari rivojlanadi, xarakter xislatlari, goyaviy - axlokiy,
irodaviy, estetik, sifatlari shallanadi, olamga, tabiatga, jamiyatga ilmiy karashlar tizimi tarkib
topadi, jismoniy, akliy, kuchlar mustaxkamlanadi, xarakat sifatlari va ko‘nikmalari rivojlanadi.
Xar tomonlama garmonik rivojlangan barkamol inson tarbiyasi uchun imkon yaratiladi.
Tabiat yoki jamiyatdagi xar kanday murakkab xodisa obyektiv ravishda mavjud bo‘ladigan
alokalar kuzatiladi. Bu alokalar konuniyat deb ataladi. Bu konuniyat tarbiya jarayonida xam
mavjud bo‘lib, u birinchi tomondan ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi
tomondan shaxsning rivojlanishi bilan boglik.
Tarbiya printsiplari deb, tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini o’zida aks ettiruvchi, tarbiyachi
tarbiyaviy ishda amal qilishi zarur bo’lgan asosiy qoidalarga aytiladi. Printsip so’zi lotincha bo’lib,
asos, hatti-harakatning asosiy qoidasi, yetakchi g’oya, talab ma‘nolarini anglatadi. Tarbiya
printsip-lari bu tarbiya jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Tarbiya printsiplari Sharq va Markaziy Osiyoning faylasuflari, donishmandlar, pedagoglarning
fikrlari, milliy pedagogika erishgan yutuq-larga asoslanadi.
Tarbiya printsiplari quyidagilar:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi;
- shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash printsipi;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik prin-tsipi;
- tarbiyada o`quvchilarningyoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish printsipi;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, tizimliligi, hamda birligi printsipi.
Tarbiya g’oyat murakkab jarayon bo’lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini o’zida
aks ettiradi.
Uning vosita omillari asrlar davomida shakllanib, takomillashadi. Tarbiyada har bir xalqning o’z
udumi, tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo’ladi. Shuning uchun
tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Mustaqil O`zbekiston sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyoti yo’lidan bormoqda. Bu yo’l milliy xususiyatlar,
qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimizni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolatga erishish yo’lidir. Bu esa milliy ong, g’urur, milliy
odob, milliy etiqod, iymon-diyonat kabi fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirishni dolzarb
vazifa qilib qo’ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo’nalish
yuzaga keldi. Milliy
tarbiya-O`zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O`zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor
shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o’z
milliy madaniyati, tili, tarixi, urf-odatlari, an‘analari, hayot tarzi asosida tarbiyalashdir.O`zbekiston
maktablari o`quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan,
shaxsning milliyligiga aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib chiqadi.Milliy tarbiya
mezonlarini belgilashda mustaqil O`zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lgan ijobiy sifatlar:
Milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, iymon-e‘tiqod, milliy
istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalarni singdirishni; ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar; milliy befarqlik,
xoinlik, vatanfurushlik, millatchilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafrat uyg’otish zarur.
O`quvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari, mezonlari qaysilar bo’lishi kerak? Bu
ko’rsatkichlar quyidagilar:
O`zbekiston vatanim mening. Vatanparvarlik; O`zbekistonning tabiiy, milliy, ma‘naviy
xususiyatlarini bilish; vatanimizning o’tmish tarixi, hozirgi hayoti va kelajagi haqida tushunchalarga ega
bo’lish; o’zbek xalqining qahramon farzandlarini bilish, davlat ramzlarini bilish. Milliy g’urur asoslari.
O’zining o’zbek millatiga mansubligi anglash, faxrlanish; milliy burchlarini anglash, ona tilini sevish;
Milliy odob. Barchani sizlash, o’zidan kattalarga xurmat, ota-onalarga xurmat; Vatanni sevish-iymondandir
va boshqalar.
Milliy urf-odatlarimizni yaxshi bilish, qadrlash va boshqalar.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalarini aytib bering.
2. Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Tarbiya jarayoning asosiy qonuniyatlari deb nimaga aytiladi?
4. Tarbiya printsiplari deb nimaga aytiladi?
5. Milliy tarbiya o’ziga xos qanday xususiyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |