6.3. Jaloliddin Manguberdi Vatan qahramoni
Poytaxt Urganchda Jaloliddinga qarshi turli fitnalar tashkil etildi. Natijada u shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Jaloliddin Niso ostonasida 300 dan ortiq qo‘shini bilan uning yo‘lini to‘sib turgan 700 dan ortiq mo‘g‘ul qo‘shinini yengadi. G‘aznaga kelib, yangi kuch to‘play boshlab, mo‘g‘ullar ustidan bir necha bor zafar quchadi. Qandahor shahrini qamal qilayotgan mo‘g‘ullami shiddatli janglardan so‘ng tor-mor qiladi. G‘aznada uning qo‘shiniga har tomondan harbiy kuchlar qo‘shila boshlaydi.
Xalaj qabilasi harbiy boshlig‘i Sayfiddin Ag‘roq, Balx hokimi A’zam Malik, Afg‘on lashkarining sardori Muzaffar Malik va qarluqlar yo‘lboshchisi Al-Hasan qo‘shinlari Jaloliddinga kelib qo‘shildi. U Valiyon qa’lasini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlarini ham yakson qilgach, bu g‘alaba xabari Chingizxongayetib boradi va bundan bezovtalangan xon o‘zining eng sinalgan sarkardasi Shiki Xutuxu no‘yon boshchiligidagi 45 ming kishilik qo‘shinini Jaloliddinga qarshi yuboradi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi.
Ikki yirik qo‘shin Afg‘onistonning Parvona dashti yaqinida to‘qnashadi. Ushbu jangda Sulton Jaloliddin o‘zining harbiy talantini yana bir bor namoyon etadi. Jang shafqatsiz, beomon bo‘ladi. Jangda Jaloliddin qo‘shinlari o‘zidan kuchli bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shinlarini tor-mor qiladi. Parvonadagi jang mo‘g‘ullaming birinchi katta mag‘lubiyati edi. Jaloliddinning Parvonadagi g‘alabasining eng e’tiborli tomonlaridan biri shunda ediki, bir qancha shahar aholisi bu g‘alabadan xabar topadi, undan ruhlanib, mo‘g‘ullarga qarshi isyon ko‘taradi, ularning noiblarini o‘ldiradi.
Biroq g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Nizo tufayli lashkarboshilar Sayfiddin Ag‘roq, Aminlar har biri 20 mingdan ortiq lashkar bilan arazlab ketib qoladi (keyinchalik mo‘glullar ularning barchasini alohida-alohida yengib, qirib tashlashadi). Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi urinishlari naf bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashib boradi.
Sind daryosi bo‘yida bo‘yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ladi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tadi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”, narigi tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qib qilish fikridan qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim”, – degan ekan. Chingizxon bungacha hech bir shoh, hukmdor yoki sarkardaga tan bermagan va hech kimni o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi.
Jaloliddin Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qolgan jangchilarini to‘plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan aloqa o‘rnatishga harakat qildi. Jaloliddin Hindistonda turli jang va fitnalarni boshdan kechirib, uch yil-u yetti oy hukmronlik qiladi. Bu yerda u katta davlat barpo etarkan, unga tevarakatrofdan yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. U o‘z davlat chegaralarini kengaytirib, katta kuch to‘plab, so‘ng mo‘g‘ullar bilan kurash olib borishni rejalashtirgan edi. Shu maqsadda harbiy yurish qilib, Iroqqa lashkar tortadi. Iroq va Eronning obro‘li amaldorlari u tomonga o‘tadi. Misr va Suriya hukmdorlari ham unga tobeliklarini bildirib, elchi yuboradi. 1226-yilgacha Ozarbayjon va Gurjistonni jang bilan egallab, 1227-yil 5-sentabrda Jaloliddin Isfahon yaqinida Eronni mo‘g‘ullardan himoya qiladi va ular ustidan katta g‘alabani qo‘lga kiritadi.
Jaloliddinning bu yutuqlari, uning kuch-qudrati, obro‘-e’tiborining oshib borishi xalifa an-Nosirni bezovta qila boshlaydi va u qanday bo‘lmasin Jaloliddinni yo‘q qilish payiga tushadi. Al-Nosir mo‘g‘ullarga qarshi kuchlarni birlashtirish o‘rniga, Jaloliddinni yo‘q qilishga va boshqa musulmon hukmdorlarni unga qarshi qo‘yishga harakat qildi. Bu harakatlari bilan mo‘g‘ullarga qarshi kurashda yagona qo‘shin tuzilishini imkonsiz qildi. Jaloliddin Xorazmshohlar davlati hududida unga qarshi bo‘lgan ana shunday ichki raqiblar bilan kurashishga ko‘p vaqt va kuch ajratishga majbur bo‘ladi.
1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin Manguberdini ta’qib etishadi. Mo‘g‘ullar uning qarorgohiga uyushtirgan tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutulib Kurdiston tog‘lariga chiqib ketadi. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, o‘ttiz uch yoshida fojiali halok bo‘lgan. U oʻn yil davomida Markaziy Osiyoning turli nuqtalarida moʻgʻullarga qarshi kurashdi. Oʻz xalqi yerining mustaqilligi va ozodligi yoʻlida astoydil kurashdi. Garchi hxalok boʻlgan boʻlsa-da Jaloliddin Manguberdi boʻysunmas Oʻzbekistonparvar, milliy qahramon sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdi.
O‘zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesalar yaratildi, 2000- yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |